Fridrix Shlegel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fridrix Shlegel
Tavalludi 1772-yil 10-mart
Vafoti 1829-yil 11-yanvar
Drezden, Saksoniya
Kasbi yozuvchi, shoir, faylasuf, lingvist, tanqidchi, pedagog
Ijod qilgan tillari Nemis tili[1]
Fuqaroligi Gannover qirolligi, Braunshveyg-Lyuneburg
Ota-onasi Iogan Adolf Shlegel, Ioanna Xristiana Erdmuta Hyubsh

Karl Vilgelm Fridrix fon Shlegel (nemischa: Friedrich Schlegel) — nemis yozuvchisi, shoir, tanqidchi va faylasuf, lingvist, pedagog. Falsafa va estetika boʻyicha bir necha asarlari bilann mashhur. „Lyusinda“ romani muallifi. Fridrix va uning akasi Avgust Vilgelm „Yens romantizmi“ nazariyasining asosiy namoyondalari edi.

Yoshligi va antik madaniyatga qiziqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fridrix Shlegel Gannoverda, ruhoniy Iogan Adolf Shlegel va matematika professorining qizi boʻlgan Ioganna Xristiana Erdmuta Hyubsh oilasida dunyoga keladi. Fridrix oilada oʻninchi farzand edi: ota-onasi ungq yoshligida vafot etgan ilk farzandlari ismini qoʻyishadi[2]. Otasining koʻrsatmasiga koʻra u dastlab savdo faoliyati bilan shugʻullanadi: 1787-yilda Fridrix Leypsigdagi „Shlemm va kompaniya“ savdo uyida taʼlim oladi. Keyinchalik Leypsigda huquqshunoslikni oʻrganadi. 1792-yilning yanvarida u Novalis bilan tanishadi va bu doʻstlik butun umr davom etadi. 1793-yilda Fridrix uning dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsata olgan inson, akasining xotini — Karolina Bomer bilan uchrashadi. Keyinchalik u Gettingen shahrida oʻz akasi Avgust bilan filologiyani oʻrganish bilan shugʻullana boshladi. Uning asosiy diqqati qadimgi tillar va adabiyotni oʻrganishga qaratiladi. Mashgʻulotlar yakuniga koʻra u Drezden shahriga koʻchib oʻtadi va antik madaniyat bilan shugʻullanishni davom etadi.

Shlegel. 1790-yil (Karolina Rerberg rasmi).

Yunon sanʼati va chiroyini tushuntirgan va uning tarixini ilmiy asoslab bergan Vilkelman ijodi bilan qiziqqan Fridrix keyinchalik xuddi shunday tartibda yunon sheʼriyati haqida ilmiy ish qilishni niyat qiladi. „Berlin oy jurnali“ (nemischa: Berlinische Monatsschrift)ning 1794-yil noyabr oygi sonida uning „Yunon sheʼriyati maktablari haqida“ (nemischa: Von den Schulen der Griechischen Poesie) nomli maqolasi eʼlon qilinadi. Shlegel yunon sheʼriyati tarixini 4 bosqichga: ionik — epos va tabiat hissi ustun boʻlgan davr, doriy — lirika ustun boʻlgan davr, attik — tragediya ideallikka erishgan davr va aleksand davri — evrilish va yoʻqolish davriga boʻladi. Shu holatda Shlegel ilk marotaba oʻzining aniq va yorqin xususiyatlarini namoyish etadi. U antik va zamonaviy sheʼriyatni taqqoslaydi: anarxiya va xaos[3].

„Yunon komediyasining estetik qiymati“ nomli ikkinchi maqolasida Shlegel Aristofan komediyalarini tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan analiz qiladi. „Goʻzallikning choʻqqisi“ nomli keyingi maqolasida u Shillerning estetika haqidagi xatlariga asoslangan holda fikr yuritadi. Soʻngra Aristofan komediyalari haqidagi va „Yunon sheʼriyatidagi ayol personajlar haqida“ nomli maqolalarini eʼlon qiladi. Shlegel ushbu mavzuni Platonning „Pir“ asaridagi donishmand getera sababli „Diotima haqida“ deb nomlagan maqolasida davom ettiradi.

Tarixni oʻrganish davomida Shlegel doimo zamonaviy adabiyotga nazar tashlagan va ikkisini taqqoslagan. U nemis sheʼriyatini yunon sheʼriyati kabi mukammallikka erishishini orzu qilgan. Shu sababli u qadimgi davr sheʼriyatini chuqur oʻrganish tarafdori boʻlgan va talab qilgan. „Yunon sheʼriyatini oʻrganish haqida“ nomli maqolasida u yangi sheʼriyatni qoralaydi: yunon sheʼriyati boʻlsa, ayniqsa Sofokl tragediyalarida naturalizm oʻz choʻqqisiga yetganligi, erkinlik, goʻzallik va obyektivlik oʻziga xos tarzda tasvirlanganligini taʼkidlaydi.

Yens toʻgaragi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1796-yilda u Drezden shahrida Yens shahriga, oʻz akasi yoniga koʻchib oʻtadi. Yensda u Reyxardtning „Germaniya“sida akasi Avgust Shlegelning qarshiliklariga qaramay Shillerning „Muzalar almanaxi“ga retsenziya yozadi. Ushbu maqolasida u Gyoteni buyuk shoir ekanligini taʼkidlaydi, Shillerni esa nafaqat shoir sifatida, balki oddiy inson sifatida ham juda qattiq tanqid qiladi. „Sheʼriyatni oʻrganish haqida“ nomli maqolasida u Shillerga nisbatan keskin tanqidini unga aytilgan maqtovlar bilan oʻzgartirmoqchi boʻladi, lekin juda kech edi. Shu tufayli Shiller va Shlegel oʻzaro aloqalari barham topadi.

Vena[tahrir | manbasini tahrirlash]

1827-yilda u Venada falsafa tarixidan maʼruzaxlar oʻqiydi, 1828-yil kuzida esa Drezdenda til va soʻz falsafasidan maʼruzalar oʻta boshlaydi. 1829-yilning 11-yanvarda 12-yanvarga oʻtar kechasi Shlegel qoʻqqisdan Drezdenning Stadt Berlin mehmonxonasida jiyani Avgusta qoʻlida vafot etadi.

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fridrix Shlegel. Estetika. Falsafa. Tanqid. 2 tomda. M., 1983;
  • Shlegel. K. V.F. Hayot falsafasi. Tarix falsafasi. — M.: Quadrivium, 2015. — 816 s. — ISBN 978-5-716-40628-5;
  • Shlegel. K. V.F. Til va soʻz falsafasi. Lyusinda. — M.: Quadrivium, 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Friedrich Schlegel-Handbuch / Ed. J. Endres. J. B. Metzler, Stuttgart 2017, ISBN 978-3-476-02522-7.
  3. Popov Yu. N. Filosofsko-esteticheskie vozzreniya Fridrixa Shlegelya // Fridrix Shlegel. Estetika. Filosofiya. Kritika. V 2-x tt. M., 1983. T. 1. S. 7-37.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]