Foydalanuvchi munozarasi:Sadoqat shaymanova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/1519—1530). „Boburiya“, „Voqeoti Bobur“, „Voqeanoma“, „Tuzuki Boburiy“, „Tabaqoti Boburiy“, „Tavorixi Boburiy“ kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa „Vaqoye“ va „Tarix“ degan nomlarni ishlatgan. Boburnomada 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir.

„Boburnoma“ oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishg'ol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, key

boburnoma
b

cin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat.

Boburnoma

</gallery>