Foydalanuvchi:Shirin energetika kolleji1/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirin energetika kolleji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

'''Kollej tarixi''' -  1985-yil 13-avgust № 431 son qarori bilan Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida “Energetika texnikumi” tashkil etilgan.

  2004-yil - Shirin energetika texnikumi va Shirin maishiy xizmat kolleji bilan birlashtirilib Shirin energetika va maishiy xizmat kasb hunar-kolleji maqomi berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF № 5812 sonli qarori asosida Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kollejini Energetika Vazirligi tasarrufidaga o’tkazilib Shirin energetika kolleji maqomi berildi.

Kollej direktori: Xusanov Alfarobiy Xaitmatovich

Shirin energetika kolleji o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosari: Nasiba Alimova

Shirin energetika kolleji ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosari : Rustam Kasimov

Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin energetika kolleji direktori: Xusanov Alfarobiy Xaitmatovich

Shirin energetika kolleji o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Nasiba Alimova

Shirin energetika kolleji ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosari: Rustam Kasimov

Shirin energetika kolleji boshlang'ich professional ta'lim masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari: Dildora Xojimuratova

Kasblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori
  2. Tikuvchi
  3. Elektr stansiya uskunalarini ta'mirlash
  4. Elektromontyor
  5. Payvandlovchi (Elektrogazpayvandlash ishlari)
  6. Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
  7. Komp'yuter tarmoqlari
  8. Elektr uskunalarini ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha elektromontyor
  9. Elektr stansiyalari tarmoqlariga xizmat ko'rsatish bo'yicha elektromontyor
  10. Issiqlik elektrostansiyalari turbina qurilmalarini ishlatish
  11. Elektr tarmoqlar podstansiyalari uskunalariga xizmat ko'rsatish
  12. Bug'- gaz qurilmalariga xizmat ko'rsatish
  13. Elektr uskunalarini ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha elektromontyor (tarmoqlar bo'yicha )
  14. Energoblok va qozon turbinalarini boshqarish

Ijtimoiy va xalqaro tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin energetika kolleji 2020 yildan Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, respublikamizda tashkil qilinayotgan yangi shamol, quyosh va bug‘-gaz energetika tizimi bo‘yicha tashkil qilinayotgan yangi guruhlarga “ACWA POWER” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘quvchilar qabuli amalga oshirildi. Yangi o‘quv yilida kollejga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 50 nafardan ziyod o‘quvchilar o‘qishga qabul qilindi va ular halqaro hamkorlik dasturi asosida o‘qitilmoqda.

2023-2024 o‘quv yili boshida Saudiya Arabistonining Suv va energetika akademiyasi bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, o‘qish va o‘qitishning yangi texnologiyalari bo‘yicha  hamkorlik shartnomasi ishga tushirildi. Joriy yil noyabr  oyining 1-dekadasida akademiyaning ilmiy xodimi Abdulmajid Azouz tashkil qilgan qisqa muddatli kursda 20 nafar kollej o‘qituvchilari qatnashdi va akademiyaning sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Hamkorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin energetika kolleji 2020 yildan Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, respublikamizda tashkil qilinayotgan yangi shamol, quyosh va bug‘-gaz energetika tizimi bo‘yicha tashkil qilinayotgan yangi guruhlarga “ACWA POWER” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘quvchilar qabuli amalga oshirildi. Yangi o‘quv yilida kollejga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 50 nafardan ziyod o‘quvchilar o‘qishga qabul qilindi va ular halqaro hamkorlik dasturi asosida o‘qitilmoqda.

2023-2024 o‘quv yili boshida Saudiya Arabistonining Suv va energetika akademiyasi bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, o‘qish va o‘qitishning yangi texnologiyalari bo‘yicha  hamkorlik shartnomasi ishga tushirildi. Joriy yil noyabr  oyining 1-dekadasida akademiyaning ilmiy xodimi Abdulmajid Azouz tashkil qilgan qisqa muddatli kursda 20 nafar kollej o‘qituvchilari qatnashdi va akademiyaning sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Hududiy elektr tarmoqlari

Issiqlik elektr stansiyalari

Farhod GES unitar korxonasi

Erishilgan yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fan olimpiadalarida kollej o‘quvchilari joriy o‘quv yilida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, informatika va o‘zbek tili fanlaridan 3 nafar o‘quvchi  viloyatda 1,2,3-o‘rinlarni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

12 nafar o‘quvchilarimiz logistika bo‘yicha maxsus dastur asosida o‘qib, sertifikat sohibi bo‘lishdi.

Ingliz tili bo‘yicha Buyuk Britaniyaning Oksford universitetidan maxsus o‘quv dasturlari keltirilib, kollejda tashkil qilingan maxsus o‘quv guruhlarida ingliz tili chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qitilmoqda. O‘quvchilarimizdan o‘tgan o‘quv yili 2 ta, joriy yilda esa 3 nafari IT sertifikatini qo‘lga kiritishgan. 2 nafar Abdurazoqov Doniyor AVM-2-22 R guruhi va Abduaxatova Go‘zal AVM-2-22 A guruhi o‘quvchilari Multilevel ingliz tili bilish darajasidan V2 darajasini olishdi.

Kollej “OPEN BUDJET” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 470 mln so‘mlik o‘quv jihozlari, jumladan, 32 ta monoblok va 10 ta elektron doskalarni yutib olindi.

2023 yil mobaynida kollej binosida 40 KVli Quyosh panellari o‘rnatildi. “ACWA POWER” kompaniyasi bilan hamkorlik ishlarini olib borish natijasida

talabalar turar joyi binosi va ichki dam olish xonalari zamonaviy ko‘rinishda joriy ta’mirlash ishlari uchun qo‘shimcha ravishda jami 260,0 mln so‘mlik mablag‘lar ajratilishida ishtirok etildi, to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

O‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha joriy o‘quv yili boshida kollej rahbari A.Xusanov  “Kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, kollej kutubxonachisi S.Sultonova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Direktorning moliya iqtisod ishlari bo‘yicha  o‘rinbosari R.Abdaliyev Sirdaryo viloyatida yo‘nalishi bo‘yicha viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan tanlovda faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Kollej o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab 2 nafar o‘quvchimiz “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ stipendiyasi ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lib maxsus stipendiya bilan o‘qishmoqda.

Namunali o'qituvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xudoyorov Xolbozor- Men Xudoyqulov Xolbozor Yarmonovich 1958-yil 22-iyulda Samarqand  viloyati Payetdorg’on tumanida (hozirgi Nurobod tumani) tug’ildim. 1965-yili Taetdarg’on tumani Ibroxim qishlog’idagi maktabda 4-sinfgacha va 5-sinfni Anjir qishlog’idagi maktabda borib, 10-sinfni tugatdim. 1975-yili “O’zbekistonning 40-yilligi” sovg’asiga ishchi bo’lib ishga kirdim. 1976-yili o’z hohishim bilan ishdan bo’shadim. 1976-1978-yillarida harbiy xizmatni o’tadim. 1978-1979-yillari Beruniy nomli Toshkent politexnika institutining tayyorlov bo’limida o’qidim. 1979-yili tayyorlov bo’limini tugatib, ushbu institutining “Energetika” fakulteti “Issiqlik energiyasi”ga  o’qishga qabul qilindim. 1984-yili issiqlik mexanik injineri diplomini oldim. 1983-yili Sultonova Sofiyaga uylandim, u hozirgi vaqtda pensioner “Shirin energertika kolleji” kutubxonachisi.

Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.

Kasb – hunar kasb aʼlochisi.

Oʻzbekiston Respublikasining 25 yilil kukrak nishoni.

Sirdaryo issiqlik stansiyaning 50 yillik kukrak nishoni.


Sultonova Sofiya - Men Sultonova Sofiya Nurboyevna 1959-yil 11-iyun kuni Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. Men 1976-yilda o’rta maktabni tugatdim. 1983-yilda A. Nodiriy nomidagi Toshkent madaniyat insitutida o’qishga kirib, 1988-yilda tugatdim. 1987-yil Shirin energetika kasb-hunar kolleji kutubxonasiga kutubxona mudirasi bo’lib ishlamoqdaman. Turmushga chiqqanman, 2nafar farzandim bor. Qizim Maxbuba, Tibbiyot bilim yurtini tugatgan, o’g’lim Anvarjon Sirdaryo IESda injener-muhandis lavozimida ishlamoqda. Oilali, 1nafar farzandi bor. Turmush o’rtog’im Xudoyqulov Xolbozor Yarmonovich 1958-yilda tug’ilgan. Shirin Energetika kollejida o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Mening turar joyim Shirin shahri 1-12-38.

        Sultanova Sofiya Nurbayevna 1959-yil Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan, 1976-yil o‘rta maktabni tugatgan, 1979-1981-yillarda Qarshi madaniyat texnikumi talabasi, 1983-1988-yilar  A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutida kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan.

        Sultanova Sofiya Nurbayevna o‘z mehnat faoliyatini 1979-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Anjirli qishlog‘i kutubxonasiga kutubxonachi sifatida boshlagan. 1983-yildan  Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Ibrohim ota qishlog‘idagi  markaziy kutubxona filialining kutubxona mudirasi, 1986-yildan Sirdaryo viloyati  Shirin shahar  xalq taʼlimi  bo‘limi kutubxonachisi, 1987-yildan Shirin shahar xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli “Bolalar uyi”ning mohir qo‘llar to‘garagi rahbari, 1988-yildan hozirgi kunga qadar Shirin energetika kollejida kutubxonachi, ARM rahbari, kutubxona mudirasi lavozimlarida o‘z mehnat faoliyatini olib bordi. S.Sultanovaning umumiy mehnat staji 45 yildan ortiq.

“Ilm-fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari – Central Asia 2016” 10-xalqaro konferensiyasida ishtirok etib, sertifikat sohibasiga aylangan.

2019-yilda “Eng yaxshi Axborot resurs markazi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi.

Tajribali mutaxassis 2022-yilda bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi Axborot resurs markazi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan.

Shuningdek ona tili va adabiyot hamda informatika fani o‘qituvchilari bilan hamkorlikda, o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, fan oltimpiadasi viloyat bosqichida informatika fanidan Turonov Asadbek 1-o‘rinni, Xudoyorov Elyorjon esa 2-o‘rinni egallagan.

Sultanova Sofiya Nurbayevna ishdan tashqari jamoat ishlarida ham faoldir. 2020-yilda o‘tkazilgan “Eng namunali oila” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida faxrli 1-o‘ringa sazovar bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Viloyat bosqichida ham munosib ishtirok etib, viloyat hokimining faxriy yorlig‘iga ega bo‘lgan.

S.Sultanova ko‘p yillik samarali va halol mehnatlari tufayli, 2023-yil “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu bilan birga o‘rta maxsus, kasb-hynar ta’limi Markazi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyat hokimligi, Shirin shahar hokimligi, Shirin energetika kolleji ma’muriyatining faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

2024-yil 8-mart arafasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.


Zulfonova Nargiza Xoliqulovna 1979-yil 14-may Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Sarmich mahallasi Bobur ko‘chasi 2-uyda ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.Oliy, kasbiy ta’lim, informatika o‘qituvchisi, amaliyotchi psixolog,1996-yil Boyovut tumani 36-maktabda to‘garak rahbari bo’lib ishlagan.1997-yil Guliston davlat universiteti talabasi bo‘lganligii sababli o‘qishga o‘tgan, 2001-yil o‘qishni tamomlab 2002-yil Shirin energetika kasb-hunar kollejiga ishlab chiqarish ustasi lavozimiga ishga olindi. 2002-yil fizika va informatika fani o‘qituvchisi etib tayinlandi va dars bera boshladi. 2009-yil Boyovut tumaniga ko‘chganligi sababli ishini Boyovut tumani 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fizika va informatika o‘qituvchisi sifatida ishini davom ettirdi. 2010-yil uyi yaqinidagi sababli Boyovut tumani 45-maktabning fizika va informatika o‘qituvchisi sifatida ishini davom ettirdi.2017-yil shu maktabning amaliyotchi psixoligi va informatika o‘qituvchisi lavozimiga o‘tdi. 2021-yil qabul qilish imtihonidan o‘tganligi sababli Shirin energetika kollejining “umuta’lim fanlari” kafedra va informatika o‘qituvchisi sifatida ishlab kelmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovna Informatika fanidan viloyatda o’tkazilgan avgust anjumanlarida tashkil etilgan “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi”da o‘zining ilg‘or ish tajribasi bilan ishtirok etib, viloyatdagi barcha aniq va tabiiy fanlari o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik tavsiyalar ishlab chiqilishi va ta’lim jarayoniga tadbiq etilishida faol ishtirok etib kelmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovna guruh rahbar sifatida 2021-2022 o’quv yilida AVM-1-21guruhi va 2022-2023 o’quv yilida AVM-2-21guruhining o’quvchilarini mehnat, estetik, ekologik, axloqiy va huquqiy tarbiya berib,samarili tarbiyalab, guruh bir qancha yutuqlarga erishdi. Shogirdlari turli ko‘rik tanlovlarning viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni  egallagan. Kollejda o’tkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib faxrli 1-o’rinlarni egallab kelishdi, ya’ni Energetiklar kuniga, “Sirdaryo 60 yilligi”ga, yangi yilga, “Zulfiyaxonim qizlari”ga, “Eng yaxshi kitobxon”, Navro’zga bagishlab o’tkazilgan tadbirlarga va boshqa sport musobalariga faol qatnashganligi uchun taqdirlanib kelishdi. Kollejda o’tkazilgan har oyda test sinovlarida ham yuqori ballarni olgan o’quvchilarining ota-onasiga tashakkurnoma va o’ziga faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelindi.

Guruhning o’quvchilar a’lo baholarga o’qib, tadbirlarda  faol bo’lganligi sabali yil davomida “Eng faol guruh” nominatsiyasini olib, kollej tomonidan mukofatiga Samarqandga sayohat tashkil qilib berishdi, guruh o’quvchilari madaniy yodgorliklarni ko’rib, hordiq olib kelishdi. Guruhda ingliz tili bo’yicha M.Xudoboqova IELTS va D.Turdimurodova CEFR olishdi. Shu guruh o’quvchisi Sh. Abduraimov namunali xulqi, tarbiyasi va o’qiganligi uchun Sh. Abduraimovning ota-onasiga umra safariga yollanma bilan taqdirlandi. 2022-2023 o’quv yilida AVM-2-21guruhining 30 nafar o’quvchisi o’qishni yakunlashdi, ulardan 7 nafari imtiyozli va 23 nafari diplom olishdi. Hozirda barchasi bandligi ta’minlashda faol eshtirok etib kelmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovnaning Oliy ta’lim muassasalarida bir qancha shogirdlari tahsil olmoqda. 2022-2023 o‘quv yilida ham uning bitiruvchilaridan 8 nafari Oliy talim muassasalariga qabul qilindi va hozirgi kunda tahsil olmoqada. 1nafari yuridik texnikumda tahsil olmoqada, 17 nafari kollejda 3-kursda o’qishmoqda, 4 nafari o’z-o’zini band qilib, ishlab kelmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovna Hozirgi kunda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tashkil qilingan "Coursera" online o'quv kurslariga kollejning barcha o‘quvchi-yoshlarini jalb qilib, birgalikda o’qib, sertifikarlar olishmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovnaning o‘quvchilari muntazam ravishda “Fanlar olimpiadasi” ning tuman va viloyat bosqichida ishtirok etib kelmoqda. 2022-2023 o’quv yilida 6 nafar o’quvchilari I-bosqich(kollej bosqichida) “Fan olimpiadasida” faxrli o’rinlarni olib, shahar bosqichida qatnashib, 2-o’rinni N.Hazratqulov  va 3- o’rinni E.Xudoyorovlar olishdi va iloyat bosqichida faxrli 3-o’rinni E. Xudoyorov oldi.

2023-2024 o’quv yilida 2 nafar o’quvchilari I-bosqich(kollej bosqichida) “Fan olimpiadasida” faxrli o’rinlarni olib, shahar bosqichida qatnashib, 1-o’rinni A.Turonov  va 2- o’rinni E.Xudoyorovlar olishdi va viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni A.Turonov  va 2- o’rinni E.Xudoyorovlar olishib respublika bosqichiga yo’llanma olishdi

Zulfonova Nargiza Xoliqulovna  «ОБРАЗОВАНИЕ, НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ» deb nomlangan elektron jurnaldaKasb-hunar kollejlarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi” mavzusida maqolasi chop etilgan, o’quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarini egallashda, kasblari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti aniq fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda o‘zining amaliy takliflari va maqolalari bilan konferensiyalarida faol  ishtirok etib kelmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovna viloyatdagi o’qituvchilarga “master-klass” darslar o’tib berib, uning pedagogik faoliyati kollej ma’muriyati hamda viloyat bo‘limi tomonidan informatika fani bo‘yicha ilg‘or ish tajribasi    2023-2024 o‘quv yilida viloyat miqyosida ommalashtirildi. Shu o’quv yilida Astrum IT Academiyasida o’qib, xalqaro tan olingan sertifikat bilan taqdirlanib, 50 % ustama olib kelmoqda.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovnani O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko’p yillik samarali mehnati hamda o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Zulfonova Nargiza Xoliqulovna tajribali yetakchi o’qituvchi va fidoiy inson sifatida yangi pedagogik texnologiyalar asosida yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash va ularga kasb-hunar berish yo‘lida fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan. 2024-yil 8-yanvar kunigi 45-sonli buyrug’iga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi(MDH) miqiyosida tashkil  etilgan “ENG YAXSHI XIZMATLARI UCHUN”esdalik nishoni bilan taqdirlandi.


Muhmudoxunova Xumora - Men Muhmudoxunova Xumora To’rabek qizi 1990-yil 22-noyabr Bekobod shahrida tug’ulganman. Oliy ma’lumotli, mutaxasisligim “Issiqlik energetikasi”.Turar joydan ko’chish.”Sirdaryo IES” “10-toifali injener (muhandis ) sabab yo’q. Oliy maʼlumotli  maxsus fan oʻqituvchisi Maxmudaxunova  Xumoroy  2021-yildan buyon Shirin energetika kollejida  mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi  fani oʻqituvchisi sifatida ishlab, professional taʼlimni rivojlantirish uchun oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻqituvchi dars muqaddas ekanligini chuqur his etgan holda har bir darsni oʻzgacha yangi pedagogik texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, zamonaviy usullarda oʻzi tayyorlagan koʻrgazmali qurollardan foydalanib  olib borayotganligi sababli  izlanishlari oʻz samarasini berib kelmoqda.

Maxmudaxunova  Xumoroy izlanuvchan oʻqituvchi sifatida oʻquv dasturlari va standartlari yaratish ustida ham ijodiy izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, “Elektr stansiya uskunalarini taʼmirlash  boʻyicha chilangar” kasbi boʻyicha namunaviy oʻquv dasturi va malaka talablarini yaratdi.

Maxmudaxunova  Xumoroy  guruh rahbari sifatida 2021-2022 oʻquv yilida ESU-1-21  guruhi va 2022-2023 oʻquv yilida ESU-2-21guruhining oʻquvchilariga   estetik, ekologik, axloqiy va huquqiy tarbiya berib,ularni mehnatsevarlik ruhida samarali tarbiyalashi natijasida guruh bir qancha yutuqlarga erishdi. Shogirdlari turli koʻrik tanlovlarning viloyat bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallagan. Kollejda oʻtkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli  oʻrinlarni egallab kelishdi. Energetiklar kuni, Sirdaryo viloyatining 60 yilligi, Yangi yil, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Eng yaxshi kitobxon”, Navroʻzga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirlar va boshqa sport musobalarida ham Maxmudaxunova rahbarlik qilgan guruh oʻquvchilari  faol qatnashganligi  hamda sovrindor oʻrinlarni egallagani  munosib  taqdirlanib kelindi. Kollejda oʻtkaziladigan har oylik test sinovlarida ham yuqori ballarni olgan oʻquvchilarining ota-onasiga tashakkurnomalar berilgan va oʻquvchilari qoʻlga kiritgan yuqori natijalar uchun  oʻqituvchining oʻzi ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

2022-2023 oʻquv yilida ESU-2-21guruhining 29 nafar oʻquvchisi oʻqishni yakunladi, ulardan 1  nafari imtiyozli  diplom oldi. Hozirda barcha oʻquvchilarining bandligini  taʼminlash borasida faol ish olib bormoqda.

Maxmudaxunova Xumoroyning  bir qancha shogirdlari oliygohlarda tahsil olmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida ham uning bitiruvchilaridan 14 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi va hozirgi kunda tahsil olmoqda.

Maxmudaxunova Xumoroyning oʻquvchilari muntazam ravishda turli koʻrik tanlovlarda  shahar va viloyat bosqichida ishtirok etib kelmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida uning shogirdi  Toshtemirov  Akmaljon ijodkor oʻquvchilar koʻrik tanlovining respublika bosqichida  ishtirok etdi.

Maxmudaxunova Xumoroy  izlanuvchan oʻqituvchi va fidoiy inson sifatida yangi pedagogik texnologiyalar asosida yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash va ularga kasb-hunar berish yoʻlida fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan.