Foydalanuvchi:Sherzod1980

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

== SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING TARIXIY ILDIZLARI

Samarqand ilm-fani va madaniyati jahonga tanilishida Samarqand davlat universitetining oʻrni beqiyosdir. Bugungi kunda SamDU Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yirik oliy talim muassasalaridan biri boʻlib, u hozirgi koʻrinishda rasmiy ravishda XX asrning boshlaridan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsada, uning tarixiy ildizlari Mirzo Ulugʻbek davriga borib taqaladi (XV asr). Ilmu-fan, ma’naviyat va ma’rifat targʻibotchilari boʻlgan temuriylar xukmronligi davrida Movarounnahr hududida, xususan, Samarqand shahrida fan va ta’lim taraqqiyoti uchun toʻliq asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur, uning farzandlari va nabiralari tomonidan bunyod etilgan qator madrasalar diniy va dunyoviy bilimlar beruvchi ziyo maskanlari edi. Ayniqsa oʻzbek ilmining faxri boʻlgan Muxammad Taragʻay Ulugʻbekning yaratgan ilmiy maktabi, uning salohiyati buyukligi bugungi kunlarda jahon ilm axli tomonidan e’tirof etilgan.

Registon maydonidagi Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasi, shak-shubhasiz, Samarqand dorilfununining «beshigi», uning tashkiliy asosi va negizidir. Ushbu «Alma-mater»da Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ali Qoʻshchi, Mavlono Nafis Samarqandiy. Badaxshiy kabi mavlonolar tahsil olishgan va keyinchalik tolibi ilmlarga saboq berishgan. Mirzo Ulugʻbek astronomik maktabining vakillari Gʻiyosiddin Koshiy, Jamshid ibn Ma’sud, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi Muxammad Xavofiylar madrasa dorilfununda matematika, astronomiya, hisoblash asoslari, geografiya kabi dunyoviy fanlardan dars berganlar. Shunday qilib, Samarqand Davlat universitetining ildizlari Mirzo Ulugʻbek davriga borib taqaladi. Buning isboti sifatida nufuzli adabiyotchi olimimiz, akademik Boturxon Valixujayevning «Mirzo Ulugʻbek davri madrasalari» risolasida Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulugʻbek madrasasi oliyasining bevosita vorisi boʻlib, uning ta’sis etilish tarixi ham Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasining ta’sis etilish tarixiga (1420 milodiy yil) borib taqaladi degan ilmiy xulosasini keltirish joizdir. Temuriylar davridagi oliy ta’lim an’analari keyingi asrlarda oʻz davomini madrasalar bagʻrida topdi va bolsheviklar davrigacha uzluksiz ta’lim olish dargoxi sifatida xizmat kildi. 1918-yili Toshkentda tashkil toptan dorulfununning oʻziga xos ta’lim jabxalari Samarqandda ham yuzaga kela boshladi va nihoyat 1927-yil 3-yanvarda Samarqand oliy pedagogika institutini ta’sis etilishi toʻgʻrisida qaror e’lon qilindi. Dastlabki yillarda bu oliy dargohda ijtimoiy-siyosiy fanlar fizika, texnika, tabiatshunoslik, filologiya boʻlimlari mavjud edi. Oliy ta’lim muassasasi oʻzining faoliyati davomida bir necha yuz minglab. yuqori malakali mutaxassislarni yetkazib berdi. Binobarin Ibrohim Moʻminov. Sulton Umarov, Ubay Oripov, Yaxyo Gʻulomov, Alovuddin Baxovuddinov, Vohid Abdullayev, Akbar Otaxoʻjayev, Akobr Adhamov, Toshpoʻlat Shirinqulov, Boturxon Valixoʻjayev, Sayid Shermuhammedov, Shavkat Vohidov, Tolib Moʻminov, Muxsin Ashurov kabi akademik olimlar shular jumlasidandir. Hamid Olimjon, Uygʻun, Mirtemir, Usmon Nosir, Habib Yusufiy, Sharof Rashidov, Asqad Muxtor kabi oʻnlab ijodkorlar hamda davlat, madaniyat va fan arboblari mana shu universitetda voyaga yetganlar. Universitet bagʻridan Samarqanddagi qishloq hoʻjaligi, tibbiyot, kooperativ, chet tillar institutlari oʻsib chiqib mustaqil oliy uquv yurtlariga aylandilar. Oliy ta’lim muassasamizning bugungi kundagi rivoji va tarixi turli vaqtlarda rektorlik qilgan N.Merkulovich, K.Abdullayev, A.Valiyev, H.Fayzullayev, M.Moʻmipov, R.Olimjonov, K.Zokirov, A.Toʻlaganov, V.Abdullayev, Yo.Toʻraqulov, A.Otaxoʻjayev, Sh.Alimov, M.Joʻraqulov, T.Moʻminov, J.Sattorov, T.Shirinov, O.Xalmuxamedov va R.Xalmuradovlarning faoliyatlari bilan bevosita bogʻliqdir. 1991 yil 31 avgust - halqimizning asriy va millatimiz tarixida unutilmas sana boʻlib qoldi. Mana shu muqaddas kundan e’tiboran millat va Vatan hayotida tub burilish, oʻz taqdirini oʻzi belgilash, mustaqillik davri boshlandi. Bu tarixiy burilish Samarqand universiteti zimmasiga katta mas’uliyat va butunlay yangi vazifalar yukladi. Mustaqillik yillarida SamDUning oʻquv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyati shaklan va mazmunan yangilandi. Hozirgi paytda SamDU tarkibida oʻn toʻrtta fakultet, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, halqaro aloqalar markazi, akademik liseylar, oʻquv va muammoviy ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, zamonaviy kompyuter sinflari, qator muzeylar, oranjeriya va botanika bogʻi, ilmiy kutubxona, yotoqxonalar, dam olish va davolanish maskanlari, sport majmualari mavjud. Universitetimiz talabalari jahon va respublika miqyosidaga sport musobaqalarida ham faol ishtirok etishmoqda. Keyingi oʻn yil ichida universitetda ikki nafar jahon Chempionlari, oʻnga yaqin jahon chempionati sovrindorlari, halqaro olimpiada oʻyinlari ishtirokchilari, oʻndan ortiq Osiyo chempionlari, saksondan ortiq Oʻzbekiston chempionlari, Respublika talabalar universiadasi chempionlari, oʻndan ortiq halqaro toifadagi sport ustalari yetishib chiqdi. Universitetda 35 dan ortiq ta’lim yoʻnalishlarida bakalavriat va 40 dan ortiq yoʻnalishlarda magistrlik mutaxassisliklari boʻyicha jami 13000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularga 80 dan ortiq fan doktorlari va professorlar, 300 dan ortiq fan nomzodlari va dosentlar, jami 800 dan ziyod professor-oʻqituvchilar saboq bermoqdalar.