Foydalanuvchi:Sevinchsayfiddinova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

London Eye yoki Millennium Wheel, konsolli kuzatuv gʻildiraki Londondagi Temza daryosining Janubiy sohilida joylashgan. U Yevropaning eng baland kuzatuv charxpalagi boʻlib, yiliga uch million tashrif buyuruvchilar bilan Buyuk Britaniyaning eng mashhur pullik turist atroksioni hisoblanadi. U ommabop madaniyatda ham koʻp koʻrinish bergan.

Inshoot 135 metr (443ft) uzunlikda boʻlib, gʻildirak diametri 120 metr(394ft)ni tashkil etadi. 2000-yilda omma uchun ochilgan paytda u dunyoning eng katta Ferris gʻildiragi edi. 2022-yil 140 metrli(459ft) Sun of Moscow, 2006-yilda 160metrli (525ft) Star of Nanchang, 2008-yili 165 metrli(541ft) Singapore Flyer, 2014-yil 167metrli(548ft) High Roller(Las Vegas) va 2021-yili 250 metrli(820ft) Ain Dubai uning balandligini ortda qoldirdi. Boshqa balandroq misollardan farqli oʻlaroq, faqatgina bir tomondan A-frame bilan tirab turiladi va unga oʻz operatorlari tomonidan "dunyoning eng katta charxpalagi" degan nom berilgan. 2013-yilning boshlaridagi The Shard ning 72-qavatidagi 245metrli(804ft) kuzatuv palubasi takomillashtirilmaguncha The Eye Londonni kuzatish mumkin boʻlgan eng baland nuqtasi hisoblangan.

London Eye Jubilee Gardensning g`arbiy uchini(oldingi Dome of Discovery) Temza daryosing G`arbiy qirg`og`idagi Westminister Bridge va Hungerford Bridge o`rtasidagi County Hall yonidagi London Borough of Lambethga tutashgan. Eng yaqin metro stansiyasi Waterloo.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dizayn va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

London Eyening dizaynini Marks Barfieldning Julia Barfield va David Marks tomonidan tuzilgan er-xotin jamosi ishlab chiqqan.

Mace qurilish ishlari uchun mas`ul bolib, Hollandia asosiy poʻlat pudratchisi va Tilbury Douglas fuqaro pudratchisi sifatida faoliyat koʻrsatishgan. Maslahatchi muhandislar Tony Gee&Partners fundament ishlarini dizaynlashtirishgan va Beckett Rankine suv ishlarinining dizayni bilan shugʻullanishgan.

Nataniel lichfield va Hamkorlar Tussauds Guruhiga Temzaning janubiy qirgʻogʻidagi devorni oʻzgartirish uchun reja qilish va qurilish roziligini olishga yordam berishgan.Ular yana asl nusxasiga biriktirilgan 106 qismli kelishuvni