Foydalanuvchi:Navro'z2000/Tarixdagi tushunchalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixdagi tushunchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Tarix fanining bilish obyekti – insoniyat tarixining barcha davrlarida sodir bo’lgan voqealar, jarayonlar, voqeliklar (ko’rinishlar)ning majmuasidir. Alimova D. Tarix fani metodologiyasi. – T., 2018. – 56 b. 2. Determinizm tamoyili - Sababiylik g‘oyasi yangi davrda o‘rta asrlardagi uyg‘onish davriga xos bo‘lgan bashoratchilik g‘oyasi va voqyealarning "tasodifiyligi" g‘oyasi o‘rniga paydo bo‘ldi. Alimova D. Tarix fani metodologiyasi. – T., 2018. – 52 b 3. Tizimlilik tamoyili - XX asrga kelib barcha fanlar tadqiqotlarida tizimlilik usulidan foydalanish asosiy o‘rin tutib bora boshladi, bunda tadqiqot ob'ektiga sababiylik va kelib chiqishidagi hamda vazifaviy aloqadorligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab tuzilmali tizim sifatida qaraldi. Shodmonova S. tarixiy tadqiqotlarning metodologiyasi va zamonaviy usullari. – T., 2018. 33 b. 4. Tarix falsafasi- tushunchasi tarix fani metodologiyasining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Yangi davrda «tarix falsafa¬si» atamasi ham paydo bo‘lgan. Mazkur ibora ilk bor 1765-yil- da tarixchi tarixiy voqealarni shunchaki tavsiflabgina qolmasdan, balki tarixiy jarayonni falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma’rifatchisi Volter (1694— 1778) tomonidan qo'llanilgan. Nazrulla Jo’rayev “Tarix falsafasi” Toshkent- 1999 Umumiy hajmi-192 bet