Foydalanuvchi:Madaminov G'ayratbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madaminov G'ayratbek Rahmonberganovich
Ism Familiya: Madaminov G'ayratbek Rahmonberganovich

Madaminov G'ayratbek Rahmonberganovich, 1994 yil Xorazm viloyati, Urganch tumanida tug'ilgan, millati O'zbek, 2001 yilda Xorazm viloyati, Urganch tumanida joylashgan 38 sonli o'rta umumata'lim maktabiga 1 sinfga qabul qilinadi va shu maktabni 2010 yilda a'lo baholar bilan tugatadi, so'ngra 2010 yildan Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi Sanoat kasb hunar kollejining buxgalteriya fakultetiga qabul qilinadi. 2013 yilda mazkur kollejni a'lo baholar bilan tugatadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013 yilning iyul oyidan internetdagi karyerasi boshlaydi, 2013 yilning oktabr oyida TAS-IX tizimida universal media portal yaratadi shu bilan birgalikda 2014 yilda NOD32.uz, UZHITS.net saytlariga asos soladi.

2015 yilda esa YOUTUBE videohostingiga qiziqishi ortadi va YOUTUBE videohostingida birinchi kanalini ya'ni TURFA OLAM nomli kanalini ochadi. Ushbu kanal hozirda 1 milliondan oshiq obunachiga ega bo'lib O'zbekistondagi eng tez obunachi yig'gan kanallardan biri hisoblanadi. 2016 yilda G'ayratbek yigitlik burchini o'tash uchun 1 yillik harbiy hizmatga otlanadi. Hizmatni 2017 yilda oliy darajada o'tab keladi va o'zining YOUTUBE karyerasini qayta tiklaydi.

2017 yilda internetda pul ishlash yo'nalishi bo'yicha MONEYCLUB kanallariga asos soladi, so'ngra 2019 yilning 21 iyun kunida O'zbekistonda birinchilardan bo'lib o'yinlar o'yinlar yo'nalishida FEZOT nomli kanalga asos soladi, FEZOT kanalida butun dunyo o'yinlarini kulguli va qiziqarli sharlari bilan kuzatuvchilar e'tiboriga tushadi. Hozirgi kunga kelib G'ayratbek Madaminovning FEZOT kanali o'sishda davom etmoqda.

Intervyular[tahrir | manbasini tahrirlash]