Foydalanuvchi:Konstanta0013/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fridrix Shlegel
Tavalludi 1772-yil 10-mart
Vafoti 1829-yil 11-yanvar
Drezden, Saksoniya
Kasbi yozuvchi, shoir, faylasuf, lingvist, tanqidchi, pedagog
Fuqaroligi Gannover qirolligi, Braunshveyg-Lyuneburg
Ota-onasi Iogan Adolf Shlegel, Ioanna Xristiana Erdmuta Hyubsh

Karl Vilgelm Fridrix fon Shlegel (nemischa: Friedrich Schlegel) — nemis yozuvchisi, shoir, tanqidchi va faylasuf, lingvist, pedagog. Falsafa va estetika boʻyicha bir necha asarlari bilann mashhur. „Lyusinda“ romani muallifi. Fridrix va uning akasi Avgust Vilgelm „Yens romantizmi“ nazariyasining asosiy namoyondalari edi.

Yoshligi va antik madaniyatga qiziqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fridrix Shlegel Gannoverda, ruhoniy Iogan Adolf Shlegel va matematika professorining qizi boʻlgan Ioganna Xristiana Erdmuta Hyubsh oilasida dunyoga keladi. Fridrix oilada oʻninchi farzand edi: ota-onasi ungq yoshligida vafot etgan ilk farzandlari ismini qoʻyishadi[1]. Otasining koʻrsatmasiga koʻra u dastlab savdo faoliyati bilan shugʻullanadi: 1787-yilda Fridrix Leypsigdagi „Shlemm va kompaniya“ savdo uyida taʼlim oladi. Keyinchalik Leypsigda huquqshunoslikni oʻrganadi. 1792-yilning yanvarida u Novalis bilan tanishadi va bu doʻstlik butun umr davom etadi. 1793-yilda Fridrix uning dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsata olgan inson, akasining xotini — Karolina Bomer bilan uchrashadi. Keyinchalik u Gettingen shahrida oʻz akasi Avgust bilan filologiyani oʻrganish bilan shugʻullana boshladi. Uning asosiy diqqati qadimgi tillar va adabiyotni oʻrganishga qaratiladi. Mashgʻulotlar yakuniga koʻra u Drezden shahriga koʻchib oʻtadi va antik madaniyat bilan shugʻullanishni davom etadi.

Shlegel. 1790-yil (Karolina Rerberg rasmi).


Yunon sanʼati va chiroyini tushuntirgan va uning tarixini ilmiy asoslab bergan Vilkelman ijodi bilan qiziqqan Fridrix keyinchalik xuddi shunday tartibda yunon sheʼriyati haqida ilmiy ish qilishni niyat qiladi. „Berlin oy jurnali“ (nemischa: Berlinische Monatsschrift)ning 1794-yil noyabr oygi sonida uning „Yunon sheʼriyati maktablari haqida“ (nemischa: Von den Schulen der Griechischen Poesie) nomli maqolasi eʼlon qilinadi. Shlegel yunon sheʼriyati tarixini 4 bosqichga: ionik — epos va tabiat hissi ustun boʻlgan davr, doriy — lirika ustun boʻlgan davr, attik — tragediya ideallikka erishgan davr va aleksand davri — evrilish va yoʻqolish davriga boʻladi. Shu holatda Shlegel ilk marotaba oʻzining aniq va yorqin xususiyatlarini namoyish etadi. U antik va zamonaviy sheʼriyatni taqqoslaydi: anarxiya va xaos[2].

„Yunon komediyasining estetik qiymati“ nomli ikkinchi maqolasida Shlegel Aristofan komediyalarini tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan analiz qiladi. «Go'zallikning cho'qqisi» nomli keyingi maqolasida u Shillerning estetika haqidagi xatlariga asoslangan holda fikr yuritadi. So'ngra Aristofan komediyalari haqidagi va «Yunon she'riyatidagi ayol personajlar haqida» nomli maqolalarini e'lon qiladi. Shlegel ushbu mavzuni Platonning «Pir» asaridagi donishmand getera sababli «Diotima haqida» deb nomlagan maqolasida davom ettiradi.

Tarixni o'rganish davomida Shlegel doimo zamonaviy adabiyotga nazar tashlagan va ikkisini taqqoslagan. U nemis she'riyatini yunon she'riyati kabi mukammallikka erishishini orzu qilgan. Shu sababli u qadimgi davr she'riyatini chuqur o'rganish tarafdori bo'lgan va talab qilgan. «Yunon she'riyatini o'rganish haqida» nomli maqolasida


MATIAS Rust maqolasini boshlash

  1. Friedrich Schlegel-Handbuch / Ed. J. Endres. J. B. Metzler, Stuttgart 2017, ISBN 978-3-476-02522-7.
  2. Popov Yu. N. Filosofsko-esteticheskie vozzreniya Fridrixa Shlegelya // Fridrix Shlegel. Estetika. Filosofiya. Kritika. V 2-x tt. M., 1983. T. 1. S. 7-37.