Foydalanuvchi:Durdona.Choriyeva/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shanliurfa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq orasida qisqacha ismi urfa,yoki eski zamonlarda Edessa nomi bilan tanilgan Turkiyaning eng gavjum sakkizinchi shahri.2020-yilga ko'ra aholisi 2.115.256 ni tashkil etadi.Shahar sharqdan Mardin,g'arbda Gazientep ,shimolda Adiyaman,Shimoli-sharqda Diyorbakir shaharlari va janubda Suriya bilan chegaradosh.Shanliurfaning 13ta tumani bor.Hududi 19.451 km kvadrat bo'lib, Turkiyaning payg'ambarlar diyori deb tanilgan eng katta yettinchi shahri hisoblanadi."Mustaqillik urushi"paytida xalqining ko'stargan qahramonliklari uchun 1984-yil "Shanli" unvonini olgan.

Shanliurfada tarixda bir qancha davlatlar va bekliklar hukm surgan.Har xil madaniyatlar to'plangan nuqta bo'lgan.Ilk va O'rta asr eski svilizatsiya markazlaridan bo'lgan Mesopotamiya va arab o'lkalari bilan Yevropa orasidagi ba'zi yo'llar Shanliurfadan o'tgan. Shanliurfa sharq-u g'arb bilan bog'langan bir qancha tijoriy, tarixiy va askariy yo'llar ustida joylashganligi sababli o'tmishda va hozirgi kunimizda ham muhim ahamiyatga ega shahar bo'lib kelmoqda

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanliurfa shahrida kontinental iqlim hukm suradi. Yozlar uzun va juda sovuq ,qishlari ham judayam sovuq havo kuzatiladi.Yoz bilan qish,kecha bilan kunduz orasida farq juda katta. Nam miqdori oz bo'lganligidan, Turkiyaning eng issiq o'lkasi bo'lishiga qaramay ,havolar bo'g'uvchi emas.Yillik o'rtacha yog'ingarchilik 331 va 473mm orasida.Yilning 25 kuni issiqlik 0 gradusdan past bo'ladi.Eng issiq daraja +46,5 gradusdir.1957- yil 2-avgustda Shanliurfada issiqlik +46,5 gradus bo'lib,Turkiyaning issiqlik rekordi yangilandi.