Florin Niță

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Florin Niță
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Florin Constantin Niță
Tavallud sanasi 3-iyul 1987-yil (1987-07-03) (36 yosh)
Tavallud joyi Bucharest, Ruminiya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sparta Prague
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994-2001 Steaua București
2001-2005 Rapid București
2005-2006 Astra Ploiești
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2013 Concordia Chiajna 117 (0)
2013-2018 FCSB 87 (0)
2018- Sparta Prague 91 (0)
Milliy terma jamoa
2017- Ruminiya 19 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 16-iyun uchun)

Florin Konstantin Niță (1987-yil 3-iyulda tugʻilgan) — ruminiyalik professional futbolchi, Chexiya birinchi ligasining „Sparta Prague“ klubi va Ruminiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

U oʻzining professional faoliyatini Concordia Chiajnada boshlagan. Niţă bu jamoadagi faoliyati davomida oltita sovrinni qoʻlga kiritgan va 2018-yil boshida Chexiya jamoasi „Sparta Praga“ga oʻtgan.

Niţă Ruminiya terma jamoasi safida ilk bor 2017-yilning noyabr oyida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Concordia Chiajna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bucharestda tugʻilgan Niţă 7 yoshida „Steaua București“ klubida futbol oʻynashni boshlagan[1]. 2001-yilda u mahalliy jamoa Rapid Bucureștiga oʻtadi va bu jamoada toʻrt yil qoladi.

2006-yilda Niţă Concordia Chiajna jamoasiga oʻtadi va Ruminiya liga tizimining uchinchi darajasi boʻlgan Liga IIIda birinchi katta oʻyinlarini oʻtkazadi. U 2011-yilning 25-iyulida I Ligadagi jamoaga qarshi oʻyin o‘tkazadi va o‘z uyida „Sportul Studenşesk“ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ladi[2].

FCSB[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil dekabr oyida Niţă keyingi yilning yozida oʻzining bolalikdagi klubi FC Steaua Bucureștiga qaytishini eʼlon qiladi[3]. U 2015-2016-yilgi mavsumda Roș-albaștrii safida koʻproq maydonga tusha boshlaydi va jami barcha musobaqalarda 32 ta oʻyinda maydonga tushadi.

2016-yilning 16-avgustida Niţă UEFA Chempionlar Ligasi pley-off boshqichida, „Manchester Citi“ ga qarshi oʻyinda 2 ta penaltidan bittasini qaytarib qoladi[4]. 2017-yilning may oyida Niţă FCSB jamoasi bilan 2021-yilgacha Bucarestda qoladigan yangi shartnomaga rozi boʻldi[5][6]. Uning 2017-yildagi yaxshi o‘yini unga Gazeta Sporturilor tomonidan Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

Sparta Prague[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niţă 2018-yil 1-fevralda Chexiyaning Sparta Prague jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga oʻtadi[7][8].

2021-yil dekabr oyida Niţă CSJ assotsiatsiyasi va Gazeta Sporturilor tomonidan Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[9][10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 18-mart kuni Silviu Lung kichik jarohatidan so‘ng bosh murabbiy Kristof Daum tomonidan Daniyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yini uchun Niţă Ruminiya terma jamoasiga kiritild[11]. Chaqirilishidan bir necha kun oldin Ruminiya terma jamoasining sobiq oʻyinchilari Helmut Dukadam, George Xagi va Laurentsiu Regxekampf uning jamoadan chetlatilishida nohaqlikga yoʻl qoʻyilganligi haqida aytgan edi[12][13].

Niţă 2017-yil 9-noyabrda Kluj-Napokada Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 71-daqiqada Kostel Pantilimonning oʻrniga maydonga tushib, toʻliq tarkibda debyut qilgan[14]. Ciprian Tătarusanu 2020-yil oxirida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilganidan soʻng, Niţă 2021-yil mart oyida Shimoliy Makedoniya, Germaniya va Armanistonga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralashining uchta oʻyinida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. Ruminiya oxirgi ikki oʻyinda magʻlub boʻlganiga qaramay, uning oʻyinlari OAV va muxlislar tomonidan olqishlandi[15][16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼalararo Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Concordia Chiajna 2007-08 7 0 ? ? - - - 7 0
2008-09 15 0 ? ? - - - 15 0
2009-10 29 0 ? ? - - - 29 0
2010-11 27 0 0 0 - - - 27 0
2011-12 21 0 0 0 - - - 21 0
2012-13 18 0 2 0 - - - 20 0
Jami 117 0 2 0 0 0 0 0 0 0 119 0
FCSB 2013-14 5 0 3 0 - 0 0 0 0 8 0
2014-15 3 0 1 0 2 0 0 0 0 0 6 0
2015-16 29 0 1 0 1 0 1 0 0 0 32 0
2016-17 29 0 2 0 2 0 9 0 - 42 0
2017-18 21 0 0 0 - 8 0 - 29 0
Jami 87 0 7 0 5 0 18 0 0 0 117 0
Sparta Prague 2017-18 14 0 0 0 - 0 0 - 14 0
2018-19 26 0 0 0 - 2 0 - 28 0
2019-20 11 0 2 0 - 2 0 - 15 0
2020-21 26 0 1 0 - 3 0 - 30 0
Jami 77 0 3 0 - 7 0 0 0 87 0
Faoliyatida jami 281 0 12 0 5 0 25 0 0 0 323 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ruminiya 2017 1 0
2018 1 0
2021 11 0
2022 6 0
Jami 19 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FCSB

  • I Liga: 2013-2014, 2014-2015
  • Kupa Romaniei: 2014-2015
  • Romaniei Superkubogi: 2013-yil
  • Liga kubogi: 2014-2015, 2015-2016

Sparta Prague

  • Chexiya kubogi: 2019-2020

Individual

  • Gazeta Sporturilor tomonidan Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchilari orasida 3-oʻrin: 2021[17]
  • CSJ Gala Fotbalului Romanesk Ruminiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021[18]
  • 1-Ligada mavsumning eng yaxshi jamoasi: 2016-2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"La Steaua n-am avut nicio şansă!" Povestea EMOŢIONANTĂ a portarului care a eliminat liderul din Cupă! Şi-a pierdut părinţii şi casa“. ProSport (2012-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  2. „ETAPA 1, CONCORDIA CHIAJNA – SPORTUL STUDENŢESC“. ProSport (2011-yil 25-iyul). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  3. „Steaua a transferat un portar din Liga 1! Becali a dat deja banii pe el: "Stati linistiti, are Tatarusanu competitie din vara!" Cine a semnat cu Steaua“. Sport.ro (2012-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  4. „Sergio Aguero hat trick as Man City cruise at Steaua Bucharest“. ESPN FC (2016-yil 16-avgust). Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  5. „FCSB i-a prelungit contractul lui Florin Niță până în 2021“. DolceSport (2017-yil 19-may). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  6. „Veste uriaşă pentru Niţă!“. Digi Sport (2017-yil 19-may).
  7. „Florin Nita přichází na Letnou“ (Czech). Sparta Prague (2018-yil 1-fevral). 2018-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  8. „Florin Nita, despartire emotionanta de FCSB – Portarul va evolua la Sparta Praga“. Hotnews.ro (2018-yil 1-fevral). Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  9. „Gala Fotbalului Românesc 2021 | Edi Iordănescu, cel mai bun antrenor! Florin Niță, cel mai bun fotbalist român. Toate premiile“ (ro). Digi Sport (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
  10. „VIDEO GALA GSP 2021 » Gazeta a decernat Superlativele anului 2021 și a premiat 5 Legende: iată cine sunt laureații!“ (ro) (2021-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  11. „OFICIAL! Florin Niţă a fost convocat la echipa naţională, în locul lui Silviu Lung“. Digi Sport (2017-yil 18-mart). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  12. „EXCLUSIV Niţă, sfătuit să renunţe la echipa naţională: "În locul lui, aşa aş face! Nu are rost!"“. ProSport (2017-yil 14-mart).
  13. „Cum a comentat Reghecampf faptul că Daum nu l-a luat pe Niță la "națională"“ (2017-yil 17-mart).
  14. „România-Turcia, 2 – 0. Gheorghe Grozav a marcat de două ori pentru echipa națională“. Pro TV (2017-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  15. „"Am pierdut un meci, dar am castigat un portar!" Nita, laudat de un fost antrenor dupa paradele exceptionale! "A castigat respectul intregii tari"“. Sport.ro (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
  16. „Complimentul carierei pentru Niţă. A fost lăudat după meci de marele Manuel Neuer: "Felicitări! A avut intervenţii bune!"“. Telekom Sport (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
  17. „VIDEO GALA GSP 2021 » Gazeta a decernat Superlativele anului 2021 și a premiat 5 Legende: iată cine sunt laureații!“ (ro) (2021-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
  18. „Gala Fotbalului Românesc 2021 | Edi Iordănescu, cel mai bun antrenor! Florin Niță, cel mai bun fotbalist român. Toate premiile“ (ro). Digi Sport (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.