Filip Novák

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Filip Novák
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-iyun 1990-yil (1990-06-26) (33 yosh)
Tavallud joyi Přerov, Czechoslovakia (now Czech Republic)
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fenerbahçe
Raqami 37
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Zlín 58 (9)
2011—2015 Jablonec 106 (14)
2015—2018 Midtjylland 73 (10)
2018—2020 Trabzonspor 74 (15)
2020- Fenerbahçe 38 (4)
Milliy terma jamoa
2009 Czech Republic U19 4 (0)
2011 Czech Republic U20 1 (0)
2011—2012 Czech Republic U21 6 (1)
2015- Czech Republic 27 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may 2022-yil uchun)

Filip Novák (1990-yil 26-iyunda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Superliganing „Fenerbaxche klubi va Chexiya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[1]. U 2014-15-yilgi mavsumda 11 ta gol urib, himoyachilar tomonidan bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida Fortuna Liga rekordlariga kiritilgan[2].

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novák dastlab oʻzi tugʻilgan shahar Přerovning futbol jamoalarida oʻynay boshlagan. U 2007-yilda Zlin shahriga koʻchib oʻtadi va 2011-yilga kelib esa „Jablonec“ bilan shartnoma imzolaydi.

Zlin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novák birinchi marta 18 yoshida Chexiya premer-ligasida Pribramga[3] qarshi oʻyin oʻtkazadi. Keyin, 2008-09-yilgi mavsum oxirida jamoasi ikkinchi ligaga tushib ketgunga qadar u faqat bitta oʻyinda maydonga tushadi.

Jablonec[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil iyul oyida Novák Jablonec jamoasiga oʻtadi. U Fortuna Ligadagi ilk golini 2012-yil 1-oktabrda Praganing Dukla darvozasiga kiritdi[4]. 2013-yil 17-may kuni Novák Jablonec bilan final oʻyinini oʻtkazib, penaltilar seriyasida gol urib, Chexiya kubogini qoʻlga kiritadi[5]. U 2013-yil 12-iyul kuni „Jablonec“ bilan liga chempioni „Viktoriya Plzen“ ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, Chexiya Superkubogini ham qoʻlga kiritadi[6]. Oʻtgan mavsumda Chexiya kubogini qoʻlga kiritgan Jablonec UEFA Yevropa ligasiga yoʻllanmani ham qoʻlga kiritgan edi. U yerda uchinchi saralash bosqichida Strømsgodset IF ni magʻlub etib, Play-off bosqichida Real-Betis jamoasiga magʻlubiyatga uchragan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novákning Chexiya terma jamoasidagi debyuti 2015-yilning 31-martida toʻgʻri keladi. Shu kuni Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u oʻyinning soʻnggi 10 daqiqasida maydonga zaxiradan tushirilgan edi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

21 May 2022.
Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zlín 2008-09 Czech First League 3 0 0 0 3 0
2009-10 2. liga 26 1 0 0 26 1
2010-11 2. liga 29 8 0 0 29 8
Jami 58 9 0 0 58 9
Jablonec 2011-12 Czech First League 18 0 2 0 3 0 23 0
2012-13 Czech First League 29 3 5 1 34 4
2013-14 Czech First League 27 0 7 0 3 0 1 0 38 0
2014-15 Czech First League 29 11 8 1 37 12
2015-16 Czech First League 3 0 4 0 7 0
Jami 106 14 22 2 10 0 1 0 139 16
Midtjylland 2015-16 Danish Superliga 23 2 0 0 8 1 31 3
2016-17 Danish Superliga 34 5 4 1 7 3 45 9
2017-18 Danish Superliga 16 3 2 1 3 0 21 4
Jami 73 10 6 2 18 4 97 16
Trabzonspor 2017-18 Süper Lig 15 3 15 3
2018-19 Süper Lig 29 5 3 1 32 6
2019-20 Süper Lig 30 7 5 2 7 1 42 10
Jami 74 15 8 3 7 1 89 19
Fenerbahçe 2020-21 Süper Lig 18 1 2 0 20 1
2021-22 Süper Lig 20 3 1 0 6 0 27 2
Jami 38 4 3 0 6 0 47 3
Faoliyatida jami 348 51 29 7 41 5 1 0 429 63

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filip Novak tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2017-yil 8-oktabr Doosan Arena, Plzen, Chexiya  San Marino 4-0 5-0 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2021-yil 11-noyabr Andrův stadioni, Olomouc, Chexiya  Quvayt 5-0 7-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jablonec

  • Chexiya kubogi : 2012-13
  • Chexiya Superkubogi : 2013-yil

Trabzonspor

  • Turkiya kubogi : 2019-20

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Filip Novak ile 2,5 yıllık sözleşme imzalandı“ (turkcha). Trabzonspor (19-yanvar 2018-yil). 2021-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2018-yil.
  2. „Jablonecký obránce Novák vylepšil svůj rekord na jedenáct gólů“ (cs). ČTK. Czech News Center a.s. (30-may 2015-yil). Qaraldi: 29-avgust 2015-yil.
  3. „FC Tescoma Zlín - 1. FK Příbram 2:0“ (cs). idnes.cz. Mladá fronta DNES (18-aprel 2009-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2013-yil.
  4. „FK Dukla Praha - FK Baumit Jablonec 2:2“ (cs). idnes.cz. Mladá fronta DNES (1-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2013-yil.
  5. „FK Baumit Jablonec - FK Mladá Boleslav 2:2, pen. 5:4“ (cs). idnes.cz. Mladá fronta DNES (17-may 2013-yil). Qaraldi: 23-iyun 2013-yil.
  6. „FC Viktoria Plzeň - FK Baumit Jablonec 2:3“ (cs). idnes.cz. Mladá fronta DNES (12-iyul 2013-yil). Qaraldi: 13-iyul 2013-yil.