Maykl Faradey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Faradey Maykldan yoʻnaltirildi)

Maykl Faradey (1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni taʼlimoti asoschisi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1824). Peterburg FA aʼzosi (1830). London Qirollik jamiyati intida assistent (1913), lab. direktori (1825), kimyo kafedrasining prof. (1833—62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induksiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va b.ni kashf etgan. Elektr zaryadining saklanish qonunini eksperimental tasdiklagan (1843). F. gʻoyalari va uning ilmiy yutuklari fizika fanining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan.