Eshon Satratdin Maxsim Najmiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eshon Satratdin Maxsim Najmiddinov — 1898-yili tugʻilgan, Andijon shahridan, oʻzbek, diniy maʼlumotga ega. 1932-yili muhojirlikda boʻlgan, 1933-yil ommaviy surgun qilish tadbirlariga qarshi turganligi uchun qamalgan. Turmada 4 oy oʻtirib chiqqan, hibsga olingunga qadar diniy xizmatda boʻlgan. 1933-yili xorijdan kelib muhojir-ruhoniylar koʻrsatmasi boʻyicha Koʻshtepa qishlogʻida musulmon ruhoniylaridan aksilinqilobiy, isyonchi guruh tashkil etganlikda sovet hokimiyatiga qarshi kurashuvchi va Oʻzbekistonda burjua davlati barpo etish uchun aksilinqilobiy xodimlar tayyorlash bilan shugʻullangan, degan ayb qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 38-39 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.