Eron kalendari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eron kalendariquyosh yil hisobiga asoslangan bo‘lib,  torix-e hejri-ye shamsi deb nomlanadi. Eron kalendaridagi 12 oyning birinchi oltitasi 31 kundan, keyingi beshtasi 30 kundan va 12- oy 29 kun (kabisa yili) 30 kun.  Bir yil 365 ( 366 ) kunga to‘g‘ri keladi. Bu kalendar 1925- yilda rasmiy ravishda Majlis tomonidan Eronning asosiy davlat kalendari deb belgilandi va 1304-yil hijriy-shamsiyning 1 farvardin oyi (ya’ni 21- mart 1925- yil) yangi yilning birinchi kuni deb e’lon qilindi. Eron kalendarida yangi yil  no ‘uruz (navro‘z) bayrami bilan boshlanadi. Haftada dam olish kuni jo ‘m ’e ( juma) kuni bo‘ladi.Eron kalendaridagi hijriy-shamsiyni Yevropa yil hisobiga aylantirish uchun ko‘rsatilgan yilga 621 sonini qo‘shish kerak. Masalan, hijriy-shamsiyning 1347- yili Yevropa kalendarining 1968-yiliga to‘g‘ri keladi. Eron kalendarining oxirgi oylari Yevropa kalendarining kelasi yilgi yanvar, fevral va mart oylarini o‘z ichiga olgani uchun,hijriy-shamsiyning ma’lum bir yilini Yevropa yil hisobiga aylantirganda odatda ikki yil bilan ishora etiladi. 1347=1968-1969. Yevropa yilini hijriy yili bilan belgilanganda ham shu hol saqlanadi: 1968=1346-1347. Hijriy-shamsiyda berilgan yilning oy va kunlari bilan to‘la Yevropa yil hisobiga aylantirish lozim bo‘lsa, maxsus jadvaldan foydalanish tavsiya qilinadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. M.Abdusamatov Fors-tili