Emine Erdoğan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emine Erdoğan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Emine Gulbaran 16- fevral 1955 yil (67 yoshda) Uskudar, Istanbul Turkiya
Millati Turk
Siyosiy partiyasi Adolat va Taraqqiyot partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Rajab Toyyib Erdoğan (1978)
Bolalari Ahmet, Bilal, Esra, Sumayya
Istiqomat joy(lar)i Prezident saroyi
Dini Islom
Vebsayti tccb.gov.tr/emineerdogan

Emine Erdoğan (talaffuzi: Emine Erdoan; qizlik familiyasi Gülbaran[1][2] 1955-yil 16-fevralda tugʻilgan) Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğanning rafiqasidir.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U asli Siirtlik boʻlgan Hayriya va Jamol Gulbaranning qizi boʻlib, uning bobosi Hamdi Ali Gulbaran Siirtdan Istanbulga ko‘chib kelib, Fotihda hayotini davom ettirgan. U taʼlim olishni Zaynab Komil nomli boshlangʻich maktabda boshlagan, keyinchalik Mithatposha nomli kechki sanʼat maktabida davom ettirgan, lekin bu yerda taʼlimni nihoyasiga yetkazmagan. Emine Erdoğan yoshlik yillarida nodavlat tashkilotlar tadbirlarida faol ishtirok etgan. U shuningdek, „Idealist ayollar ittifoqi“ning asoschilaridan biri hisoblanadi. [1][2]

Emine Erdoğan „Idealist ayollar ittifoqi“da faoliyat yuritdi. U bu yerda oʻtkazilgan konferentsiya jarayonida Rajab Toyyib Erdoğan bilan tanishdi va ular 1978 yil 4 iyulda turmush qurishdi. Ularning Ahmet Burak, Nejmettin Bilal, Esra va Sümeyye ismli toʻrt nafar farzandi bor. [2]

Emine Erdoğan koʻngilli faoliyatlarni keng targʻib qilish maqsadida tashkil qilingan „Jamiyat taraqqiyotining koʻngilli elchilari“ loyihasini; bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan loyihani; „7 juda kech“ singari ilk bolalik davridagi taʼlimning muhimligini taʼkidlovchi turli loyihalarni qoʻllab-quvvatlab keladi. [3]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ağabeyi Emine Hanım'ı anlattı“. Sabah (2-avgust 2004-yil). 21-oktabr 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2012. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "sabah" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 „Emine Gülbaran Erdoğan'ın bilinmeyen öyküsü“. ensonhaber.com (21 aralık 2006). 26 kasım 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2012.
  3. „Emine Erdoğan, Elazığ'da“. Hürriyet. 28-oktabr 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2016.