Emil Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emil Nazarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emil Vladimirovich Nazarov
Tavallud sanasi 6-fevral 1982-yil
Tavallud joyi Rossiya
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Jamoa
KAMAZ

Emil Vladimirovich Nazarov (1982-yil 6-fevral, Rossiya) – rossiyalik futbolchi, hujumchi pzoitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi, Rossiya birinchi va ikkinchi divizionlarida oʻynagan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelni futbol maktabi bitiruvchisi. 16 yoshidan boshlab u oʻsha davrda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan va avval birinchi, keyinchalik esa ikkinchi ligaga tushib ketgan KAMAZ jamoasining asosiy jamoasida oʻynadi. 2000-yilda forvard 13 uchrashuvda 8 ta gol urdi va mavsum yakunida jamoaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi[1]. 2001-yilda u Chaykovskiyning „Energiya“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va 2003-yilda u qisqa vaqt ichida KAMAZ jamoasiga qaytdi.

2003-yildan beri u Chelnining „Saturn“ jamoasida uch mavsum davomida oʻynadi. Emil dastlab havaskorlar musobaqalarida ishtirok etdi va ikki mavsumda 21 ta gol urdi. 2006-yilda Nijnekamskning „Nefteximik“ jamoasida oʻynagan.

2007-yilda Oʻzbekiston oliy ligasining „Buxoro“ klubiga oʻtdi. U jamoadagi debyutini 2007 yilning 3 martida „Traktor“ ga qarshi birinchi davra oʻyinida oʻtkazdi va 90-daqiqada Alisher Xoliqov oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[2]. Umuman olganda, u 2007-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasida beshta uchrashuvida maydonga tushdi.

Keyinchalik Rossiyaga qaytgach, faqat havaskorlar darajasida Chaykovskiy, Elabuga va Naberejnye Chelni klublarida oʻynadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Profil FootballFacts.ru saytida