Emelyne Laurent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emelyne Laurent
Laurent Atlético Madrid safida 2021-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emelyne Ann-Emmanuelle Laurent[1]
Tavallud sanasi 4-noyabr 1998-yil (1998-11-04) (25 yosh)
Tavallud joyi Fort-de-France, Martinique, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 1.63 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2013 AS Samaritaine
2013-2016 Montpellier
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Montpellier 1 (0)
2016-2017 Bordeaux 9 (5)
2017-2022 Lyon 25 (5)
2019Guingamp (ijara) 7 (1)
2019-2020Bordeaux (ijara) 10 (1)
2020-2021Atlético Madrid (ijara) 27 (7)
2022- Bayern Munich 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014 France U16 3 (1)
2014-2015 France U17 11 (1)
2016-2017 France U19 16 (5)
2017-2018 France U20 13 (7)
2019- France U23 6 (3)
2018- France 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-aprel uchun)

Emelyne Ann-Emmanuelle Laurent (1998-yil, 4-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Germaniyaning Bavariya klubi va Fransiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub darajasida Laurent Montpellier, Bordoeaux va Lyon klublarida oʻynagan.[2] 2019-yilning yanvarida Emelyne Laurent mavsumning qolgan qismi uchun En Avant de Guingamn klubiga ijaraga berildi.[3][4] Keyinchalik 2019-yilda u Bordeauxga ijaraga berildi. 2020-yilning avgustida u mavsum uchun Atletiko Madridga ijaraga berildi.[5] U 2020/21-yilgi mavsumda Ayollar oʻrtasidagi Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Chelsiga qarshi javob oʻyinida Atletico darvozasini ishgʻol qildi. Atletico oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynadi, ammo umumiy hisobda 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.[6] 2022-yilning may oyida Laurent Germaniyaning Bavariya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.[7]

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laurent Fransiya U-19 terma jamoasining 2017-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionatida uchta gol bilan birgalikda eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.[8] U 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Fransiya U-20 terma jamoasini himoya qilgan.[9][10] Gana U-20ga qarshi oʻyinda u ikkita gol urdi va Fransiya 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.[11]

19 yoshida Laurent oʻzining katta jamoasidagi debyutini oʻtkazdi va Avstraliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi.[12] 2019-yil may oyida Laurent Fransiyada boʻlib oʻtadigan 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chaqirildi. Oʻshanda u Fransiya terma jamoasi safida uchta oʻyinda maydonga tushgandi.[13][14] 2021-yilda u 23 yoshgacha boʻlgan Fransiya terma jamoasida Shvetsiyaga qarshi 23 yoshgacha boʻlgan oʻyinda ikkita gol urdi.[15]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laurent Martinikaning Fort-de-France shahridan.[16] 11 yoshida u AS Samaritaine U-13 safida futbol oʻynay boshladi.[17] Laurent 14 yoshida Fransiyaning Metropolitaniga ko‘chib o‘tdi.[18]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil, 1-dekabr holatiga ko'ra[19]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Fransiya bayrogʻi Fransiya 2018 2 0
2019 3 0
2020 2 1
Jami 7 1

Xalqaro oʻyinlardagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2020-yil, 1-dekabr Stade de la Rabine, Vannes, Fransiya Qozogʻiston 9-0 12-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA Women's World Cup France 2019: List of Players – France“. FIFA.com. FIFA (2019-yil 27-may). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  2. „Emelyne Laurent“ (fr). StatsFootoFeminin.fr. 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  3. „Bleues : Interview d'Emelyne Laurent, l'attaquante prodige de l'Equipe de France“ (fr). 90min.com (2019-yil 1-may). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  4. „Transferts (F) : Emelyne Laurent (OL) prêtée à Guingamp“ (fr). L'Équipe (2019-yil 24-yanvar). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  5. „L'internationale française Emelyne Laurent prêtée par l'OL à l'Atlético de Madrid“. L'Équipe (2020-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  6. „Chelsea knock out Atletico Madrid to progress to Women's Champions League quarter-final“. The Independent (2021-yil 10-mart). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  7. „FC Bayern sign Emelyne Laurent from Olympique Lyonnais“. One Football (2022-yil 26-may). Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  8. „Bleues : Interview d'Emelyne Laurent, l'attaquante prodige de l'Equipe de France“ (fr). 90min.com (2019-yil 1-may). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.„Bleues : Interview d’Emelyne Laurent, l’attaquante prodige de l’Equipe de France“ (Wayback Machine saytida 2019-06-26 sanasida arxivlangan). 90min.com (in French). 1 May 2019.
  9. „Emelyne Laurent : " J'avais la boule au ventre quand j'entrais sur le terrain "“ (fr). L'Équipe (2018-yil 9-oktyabr). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  10. „EA Guingamp. D1F : Emelyne Laurent, un prêt gagnant-gagnant“ (fr). Ouest-France (2019-yil 24-yanvar). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  11. „La jeune martiniquaise Emelyne Laurent au cœur de la coupe du monde de football“ (fr). France Info (2018-yil 17-avgust). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may. U turnirda 4 ta gol urdi, natijada Fransiya terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
  12. „Emelyne Laurent : " J'avais la boule au ventre quand j'entrais sur le terrain "“ (fr). L'Équipe (2018-yil 9-oktyabr). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may."Emelyne Laurent : " J’avais la boule au ventre quand j’entrais sur le terrain "".
  13. „Coupe du monde féminine de football 2019 : la liste des 23 Bleues sélectionnées, sans Marie-Antoinette Katoto“ (fr). L'Équipe (2019-yil 2-may). 2019-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  14. „Fifa Women's World Cup 2019 squad lists guide: latest news and updates“. The Daily Telegraph (2019-yil 24-may). 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  15. „OL : Emelyne Laurent inscrit un doublé avec les Bleuettes face à la Suède (2–2)“ (fr). Olympique et Lyonnais (2021-yil 11-iyun). Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  16. „Emelyne Laurent : " J'avais la boule au ventre quand j'entrais sur le terrain "“ (fr). L'Équipe (2018-yil 9-oktyabr). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may."Emelyne Laurent : " J’avais la boule au ventre quand j’entrais sur le terrain "".
  17. „Bleues : Interview d'Emelyne Laurent, l'attaquante prodige de l'Equipe de France“ (fr). 90min.com (2019-yil 1-may). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.„Bleues : Interview d’Emelyne Laurent, l’attaquante prodige de l’Equipe de France“ (Wayback Machine saytida 2019-06-26 sanasida arxivlangan). 90min.com (in French). 1 May 2019.
  18. „Mondial 2019 : Emelyne Laurent, la benjamine martiniquaise de l'équipe de France“ (fr). La Première (2019-yil 7-iyun). 2019-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
  19. „Equipe de France A - Émelyne Laurent“. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]