Edin Terzich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edin Terzich (1982-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — nemis-bosniyalik  professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Germaniya Bundesligasida Dortmundning „Borussiya“ klubi bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.

Nemis futbolining quyi ligasida hujumchi sifatida oʻynaganidan soʻng , Terzich „Borussiya Dortmund“da skaut va yoshlar boʻyicha yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan. Slaven Bilichning yordamchisi boʻlib ishlagandan soʻng, u 2018 yilda UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi va Dortmundga bosh murabbiy sifatida qaytib, 2021-yilda Germaniya kubogi (DFB-Pokal) gʻolibi boʻldi.

Dastlabki yillar va shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edin Terzich 1982 yil 30-oktyabrda Gʻarbiy Germaniyaning Menden shahrida Yugoslaviyadan koʻchib kelgan ishchi oilasida tugʻilgan .  Uning otasi bosniyalik , Doganovchidan, onasi esa Osijekdan boʻlib, Xorvatiya fuqaroligiga ega .  Uning katta akasi Alen ham Dortmundning „Borussiya“sida skaut sifatida va 2019-20-yilgi Regionalliga Gʻarbiy mavsumida Dortmundning „Borussiya II“ klubida vaqtinchalik menejer boʻlib ishlagan .

Terzich Bochum Ruhr universitetining Sports Science fakultetida oʻqigan. U futbolchilik faoliyati davomida Germaniyada toʻrtinchi darajali ligada oʻynagan.  SC Westfalia Herne bilan u 2006-yilda Vestfaliya kubogini qoʻlga kiritgan. Uning jamoasi Delbryuker SC klubi ustidan finalda 6-4 hisobida gʻalaba qozongan. Terzich ushbu oʻyinda ikkita gol urgan.

Murabbiylik karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-2013 yillarda Terzich Dortmundning „Borussiya“ klubi yoshlar akademiyasida skaut va yordamchi murabbiy sifatida Yurgen Klopp jamoasida ishlagan.

Terzich 2013-2015-yillarda „Beshiktosh“ da , 2015-2017-yillarda „Vest Xem Yunayted“ da Slaven Bilichning yordamchi murabbiyi boʻlgan.  Uning Bilich bilan hamkorligi 2012-yilda boshlangan, oʻshanda Terzich Xorvatiyaning Yevro-2012 guruh bosqichida Irlandiyaga qarshi oʻyini oldidan raqiblarning oʻyin uslubi haqidagi tahlili Bilichga yoqib qoladi. Keyinchalik Bilich unga Moskvaning „Lokomotiv“ klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlashni taklif qiladi. Ammo kelishuv barbod boʻladi. Keyinroq BilichTerzichga „Beshiktosh“da yordamchi murabbiy boʻlishni taklif qiladi va Terzich Dortmundning „Borussiya“si bilan maslahatlashganidan soʻng bu taklifni qabul qildi.  U 2015-yilda Bilich bilan birga „Vest Xem Yunayted“ga boradi, Ikki yildan soʻng 2017-yilning 6-noyabrida Slaven Bilich isteʼfoga chiqarilgach, klubni tark etadi.

Terzich Angliya futbol assotsiatsiyasining 18 oylik kursini tamomlagandan soʻng UEFA Pro Litsenziyasiga ega boʻldi/ Bitiruvchilar orasida „Chelsi“ning sobiq murabbiyi Grem Potter, shuningdek, sobiq professional futbolchilar Nikki Batt va Nemanya Vidich bor edi .

Dortmundga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terzich 2018-yilda Borussia Dortmund Lyusen Favrni bosh murabbiy etib tayinlagandan keyin, klubda yordamchi murabbiy sifatida ishlay boshladi. U hamkasbi Manfred Stefes bilan 2018-19-yilgi mavsumda TSG 1899 Xoffenxaymga qarshi uchrashuvda jamoani boshqargan, chunki bosh murabbiy Favr kasallik tufayli oʻyinni oʻtkazib yuborgan.  2020-yil dekabr oyida VfB Shtutgartga qarshi oʻyinda (5:1) magʻlubiyatdan soʻng Favr isteʼfoga chiqarilganidan keyin, Terzich 2020-21-yilgi mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi .  2021-yil 13-may kuni Terzich 2020-21-yilgi Germaniya kubogida „RB Leyptsig“ ustidan 4-1 hisobida gʻalaba qozondi. Uning oʻrnini Myunxengladbaxning „Borussiya“ klubi bosh murabbiyi Marko Rouz egalladi .

Terzich 2021-22 yilgi mavsumda bosh murabbiy yordamchisi lavozimiga qaytish oʻrniga yangi tashkil etilgan texnik direktor lavozimiga egalladi.  Rouz mavsum oxirida oʻzaro kelishuvga koʻra ketganidan soʻng, Terzich bosh murabbiy etib tayinlandi, shartnoma 2025-yilgacha imzolandi. Bundesliganing 2022-23-yilgi mavsumida jamoa „Maynts 05“ bilan oʻz uyida kechgan oʻyindagi 2:2 hisobidagi durangdan keyin toʻplar nisbatiga koʻra „Bavariya“dan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.