Ebenezer Assifuah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ebenezer Kofi Assifuah-Inkoom (talaffuzi: Ebenezer Kofi Assifua-Inkum) 1993-yil 3-iyulda Gananing Akkra shahrida tugʻilgan. Futbolchi „Po“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydigan futbolchi. Gana terma jamoasida o'ynagan

Ebenezer Assifuah Футбол
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Ebenezer Kofi Ebenezer Assifuah-Inkoom

Tugʻilgan

3-июл 1993-yil(1993-07-03)[1] (29 yosh)
Аккра, Гана

Fuqaroligi

Флаг Ганы Гана

Boʻyi

171 см

Vazni

71 кг

Позицияsi

hujumchi

Hozirgi jamoasi
Клуб

Флаг Франции По

Raqami

18

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ebenezer Assifuah o'z faoliyatini vatanida boshlagan va u yerda „Sekondi Wise Fighters“ va „Liberty Professionals“ klublarida muvaffaqiyatli o'ynagan. Yoshlar o‘rtasidagi Afrika kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng unga Italiyaning “Udinese” klubi qiziqib qoldi. 2013-yilning yozida, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng, Ebezener Shveytsariyaning „Sion“ jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 25-sentyabr kuni Shveysariya Superligasida „Lozanna“ga qarshi debyut qildi[2]. 28-sentabr kuni „Bazel“ga qarshi bahsda Ebenezer Assifuah „Sion“ safida ilk golini urdi[3]. 2015-yilda Ebezener klubga Shveysariya kubogini yutishda yordam berdi. 1-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida AngliyaningLiverpool“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[4].

2017-yilning 18-yanvarida Ebenezer Fransiyaning „Gavr“ klubiga o‘tib, 3,5 yillik shartnoma imzoladi.

2020-yil 5-iyunda u „Po“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5][6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Gana yoshlar terma jamoasi tarkibida Ebenezer Assifuah Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo'ldi. Amerikaliklar, iroqliklar, chililiklar va fransuzlarga qarshi bahslarda Ebenezer oltita gol urdi va musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

2016-yilning 27-may kuni Ebenezer Assifuah Gana terma jamoasi safida Mozambikka qarshi 2017-yilgi Millatlar Kubogi saralash o‘yinida debyut qildi[7].

2017-yilda Ebenezer Assifuah Gabonda bo'lib o'tgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushirilmagan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Yillar
Sekondi Eleven Wise Gana bayrogʻi Gana 2011-2012
Liberty Professionals Gana bayrogʻi Gana 2012-2013
F. C. Sion Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 2013-2017
Le Havre A. C. Fransiya bayrogʻi Fransiya 2017-2020
Pau F. C.[8] Fransiya bayrogʻi Fransiya 2020-hozirgacha

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ebenezer Assifuah // Transfermarkt.com (мн.) — 2000.
  2. „Сьон VS. Лозанна 2:1“ (en). soccerway.com (2013-09—25). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
  3. „Базель VS. Сьон 2:2“ (en). soccerway.com (2013-09—28). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
  4. „Ливерпуль VS. Сьон 1:1“ (en). soccerway.com (2015-10—01). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
  5. Clément Maillard. „Officiel - Ebenezer Assifuah rejoint Pau en provenance du Havre“ (fr). maligue2 (2020-yil 4-iyun). 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-iyun.
  6. Gyimah, Edmund Okai „Exclusive: Ebenezer Assifuah joins Pau FC“ (en-gb). Graphic Online. 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  7. „Ebenezer Assifuah: Ghanaian forward marks Black Stars debut against Mozambique — Sports — Pulse“. 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
  8. Andoza:Cita web