Eʼtirof xochi ordeni
Eʼtirof xochi ordeni | ||
---|---|---|
| ||
Asl nomi | Atzinības krusts | |
Shior |
Pour les bonnêtes gens (hurmatli odamlar uchun) | |
Mamlakat | Latviya | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi |
1710 Qayta taʼsis etilgan 1938 Qayta taʼsis etilgan 2004 | |
Eʼtirof xochi ordeni (latv. Atzinības krusts) – Latviya davlat mukofoti.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eʼtirof xochi odening (l’Ordre de la Reconnaissance) dekoratsiyasi 1710-yilda Kurlandiya va Semigaliya gersogligida gertsog Frederik Uilyam tomonidan taʼsis etilgan. Ordaning ustaviga koʻra, u „Butun borliqning Xudosiga Shimoliy urushdan keyin Kurlandiyani tiklashga minnatdorchilik bildirish uchun“ („et in memoriam recuperatae Curlandiae“) tashkil etilgan. Bu orden oliy maʼlumotli fuqarolik va harbiy yutuqlari uchun berilgan[1]. Fridrik Vilyam 1711-yil yanvar oyida vafot etdi. Uning oʻlimigacha 18 kishi bu orden va uning xochini olgan. Uning oʻlimidan soʻng, boshqa hech qanday orden taqdim etilmadi[1].
Eʼtirof xochi odeni 1938-yilda Latviya Respublikasi tomonidan qayta tasis etildi. Beshta daraja va uchta faxriy medal joriy etildi, shuningdek medal uchun alohida birinchi daraja joriy etildi[1].
Latviyaning Sovetlar tomonidan okkupatsiya qilish boshlanganida, bu ordenni berish toʻxtatilgan.
2004-yilda Latviyaning mustaqilligi tiklanganidan soʻng, Eʼtirof xochi odenini berish qayta tiklandi[1][2].Bu orden davlat, madaniyat, fan, sport va taʼlim sohasida buyuk xizmatlari uchun latviyaliklar va chet elliklarga beriladi.
Orden darajlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi daraja | Birinchi daraja ayollar uchun | Ikkinchi daraja | Ikkinchi daraja ayollar uchun |
---|---|---|---|
Uchinchi daraja | Uchinchi daraja ayollar uchun | Toʻrtinchi va beshinchi daraja | Lenta chiziqlari |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 State awards.
- ↑ Robertson. „Republic of Latvia: Cross of Recognition“. Medals of the World. Qaraldi: 2011-yil 12-noyabr.