Dunyodagi eng kichik kitoblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

▪️Kanadalik ikki aka-uka birinchi marta shunday kichik kitob yaratdilarki, standart mikroskop ostida soʻzlar qanday oʻqilishi uchun sizga “elektron mikroskop” kerak boʻlar edi.

▪️Ularning mittigina kitobi mikrochipga o‘yib yozilgan - "Tiny Ted dan Sholg'om" kitobi edi. Ushbu kitobcha dunyodagi eng kichik kitob  Teeny Tedning 30 sahifali hikoyasining reproduktsiyasi hisoblangan. Unda bosh qahramon har yili sholg'om yetishtirish tanlovida g'olib chiqqani hikoya qilingan.

Uni Malkolm Duglas Chaplin yozgan, uning akasi Robert Chaplin esa Kanadaning Britaniya Kolumbiyasidagi Saymon Freyzer universitetida o'ymakorlikni bajargan[1].

▪️Kitobning aniq o'lchovlari 70 mikrometr 100 mikrometrga teng. Sof kristall kremniy bilan bosilgan, reproduktsiya 15 000 dollar turadi. Ginnesning rekordlar kitobi kitobni eng kichik kitob sifatida tasdiqlangan edi.

Kanadalik aka ukalardan so‘ng, Sibirliklar rekirdni oxirgi marta yangiladi

▪️Sibirlik olim dunyodagi eng kichik kitobni yaratdi[2].

Mikrokitob bir necha sahifalardan iborat bo'lib, ularning har biri millimetrning juda kichik qismlarini o'lchaydi. Sahifalarning aniq o'lchami 70 dan 90 mikrometrgacha yoki 0,07 dan 0,09 millimetrga teng bo‘lib, insonlar uni har doimgi kitoblardek o‘qiy olishmaydi. Kichik kitobga oq bo'yoqni o'ta yupqa plyonkaga yopishtirish orqali yaratilgan varaqlar ularni aylantirish imkonini beruvchi mayda halqa bog'lovchilariga osilgan.

▪️Kitob Moskvadan taxminan 2000 mil uzoqlikda joylashgan Novosibirsk shahridan "mikro miniatyurachi" deb ataladigan Vladimir M. Aniskin tomonidan yaratilgan. Rossiyada o'zining kichik asarlari bilan tanilgan va Sankt-Peterburgda galereyasi bor. Aniskinning aytishicha, kitobni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan texnologiyani ishlab chiqish uchun unga bir necha yil kerak bo'lgan, keyin esa uni yaratish uchun bir oy kerak bo'lgan. Kitob qo‘lda, masofadan boshqariladigan asboblarsiz yaratilgan.

Kitobning ikkita varianti mavjud bo'lib, birida bir nechta "mikro miniatyurachilar" nomlari sanab o'tilgan, ikkinchisida rus alifbosi berilgan. Harflar shunchalik kichikki, ularni o'qish uchun elektron mikroskop kerak bo'ladi.

▪️Aniskin ABC News telekanaliga nima uchun kitob yaratganligi haqidagi savolga: "Men mikro miniatyurachiman, men hamma narsani mayda qilaman", dedi. Uning qo'shimcha qilishicha, bunday kitobchani yaratish uning maqsadi bo'lgan.

Aniskin kelasi hafta kitobni Ginnesning rekordlar kitobiga topshirishni rejalashtirmoqda va u tarixda yaratilgan eng kichik kitob bo‘lishini ham aytib o‘tgan edi.

▪️Hozirgi kunda bosma kitobning dunyodagi eng kichik reproduktsiyasi bo'yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Yapon bosmaxonasi, shuningdek, eng kichik varaqlari atigi 75 mikrometr kenglikdagi original asar ishlab chiqarganini aytdi. Bundan oldin boshqa bir rus kitobi bu rekordni egallashini da'vo qilgan edi.

▪️Anton Chexovning "Xameleon" qissasining 0,9 x 0,9 millimetr o'lchamdagi 30 nusxasi ham Sibirda chiqarilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://abcnews.go.com/International/siberian-man-claims-created-worlds-smallest-book/story?id=37306465
  2. https://www.industrytap.com/guinness-world-record-smallest-book-world-requires-microscope-order-read/23332