Dor Peretz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dor Peretz
Peretz Maccabi Tel Aviv safida 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-may 1995-yil (1995-05-17) (28 yosh)
Tavallud joyi Hod HaSharon, Isroil bayrogʻi Isroil
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Isroil Maccabi Tel Aviv
Raqami 42
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Maccabi Tel Aviv
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2021 Maccabi Tel Aviv 148 (17)
2017Hapoel Haifa (ijara) 14 (0)
2021—2022 Venezia 18 (0)
2022- Maccabi Tel Aviv 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Israel U16 7 (0)
2011 Israel U17 6 (0)
2012—2013 Israel U18 7 (2)
2012—2013 Israel U19 8 (1)
2015—2017 Israel U21 10 (1)
2015- Israel 30 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-iyun uchun)

Dor Peretz (1995-yil, 17-mayda tugʻilgan) — isroillik professional futbolchi, Tel-Avivning Maccabi klubi va Isroil terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peretz Isroilning Hod-HaSharon shahrida, sefarad yahudiy oilasida tugʻilgan[1]. U Portugaliya pasportiga ham ega[2]. Uning akasi isroillik futbolchi Reef Peretzdir.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peretz (oʻrtada) Maccabi Tel Aviv safida 2015-16-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi Chelseaga qarshi oʻyinda

Maccabi Tel Aviv[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 12-avgustida Peretz Maccabi Tel Avivda Toto kubogi doirasida Netanyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2014-yil, 10-sentyabrda u oʻzining birinchi golini Hapoel Petah Tikvaga qarshi oʻyinda (6:0) kiritgan. Kattalar jamoasidagi birinchi mavsumida u barcha musobaqalarda 28 oʻyin oʻtkazdi. 

2015-yil, 26-sentabr kuni Peretz oʻzining kattalar safidagi ilk golini Maccabi Haifaga qarshi liga oʻyinida kiritdi. 

Hapoel Haifa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 27-yanvarida u mavsum oxirigacha ijara asosida Hapoel Haifaga oʻtdi[3].

Venezia[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil, 16-iyun kuni Peretz Italiyaning Venezia klubi bilan uch mavsumga shartnoma imzoladi va u jamoaga A Seriyaga koʻtarilishiga yordam berdi[4]. U 2022-yil, 5-iyulda oʻzaro kelishuvga koʻra Veneziani tark etdi[5].

Maccabi Tel-Avivga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 15-avgustida Peretz Tel-Avivning Maccabi klubi bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peretz 16 yoshgacha boʻlgan yoshdan beri Isroilning barcha yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2015-yil, 7-iyunda u Lixtenshteynga qarshi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan Isroil U-21 terma jamoasida debyut qildi.

2015-yilda Peretzni Isroil terma jamoasi bosh murabbiyi Eli Guttman kattalar jamoasiga chaqirdi. 2018-yilning 11-oktabr kuni u Isroil terma jamoasi safida birinchi golini UEFA Millatlar ligasining 2018-19-yilgi mavsumida Shotlandiyaga qarshi uy uchrashuvida kiritgan va oʻyin Isroilning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Isroilning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Peretzning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[7].
Dor Peretz tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Son Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil 11-oktyabr Sammy Ofer stadioni, Hayfa, Isroil  Shotlandiya 1-1 2-1 2018-19-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
2 2021-yil 28-mart Bloomfield stadioni, Tel-Aviv, Isroil  Shotlandiya 1-0 1-1 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2021-yil 12-noyabr Wörthersee Stadion, Klagenfurt, Avstriya  Avstriya 2-1 2-4 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4 2021-yil 15-noyabr Netanya stadioni, Netanya, Isroil  Farer orollari 3-2 3-2 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2022-yil 13-iyun Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya  Islandiya 2-2 2-2 2022-23-yilgi UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maccabi Tel Aviv

  • Isroil Premer-ligasi: 2014-15, 2018-19, 2019-20
  • Isroil davlat kubogi: 2014-15, 2020-21
  • Isroil Toto kubogi: 2014-15, 2017-18, 2018-19, 2020-21
  • Isroil Superkubogi: 2019, 2020

Individual

  • ONE jurnali oyning eng yaxshi futbolchisi: 2016-yil dekabr[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „I24NEWS“.
  2. „באיטליה אישרו: דור פרץ במו"מ עם ונציה“ (14-iyun 2021-yil).
  3. „Dor Peretz Goes On Loan To Hapoel Haifa Until The End Of The Season“. Maccabi Tel Aviv F.C. (28-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 28-iyun 2017-yil.
  4. Amir. „ישראלי חדש בסרייה א': דור פרץ חתם בוונציה“ (ivritcha). One (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  5. „DOR PERETZ DEPARTS VENEZIA FC“. Venezia (5-iyul 2022-yil). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  6. „Dor Peretz returned to Maccabi and signed a 3-year-deal“. Maccabi Tel Aviv (15-avgust 2022-yil). Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.
  7. „Peretz, Dor“. National Football Teams. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  8. „אתם קבעתם: דור פרץ נבחר לשחקן השבוע“ (5-yanvar 2018-yil).