Donald Lever

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Donald Lever
Tugʻilgan joyi 14-noyabr 1952-yil (1952-11-14) (71 yosh)
Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Vancouver Canucks
Atlanta Flames
Calgary Flames
Colorado Rockies
New Jersey Devils
Buffalo Sabres
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 3-oʻrindagi tanlov, 1972
Vancouver Canucks
Jamoalardagi faoliyat 1972—1987

Donald Richard Lever (talaffuzi: Donald Richard Lever) (1952 yil 14-noyabrda tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkeychi. Donald Lever chap qanot hujumchisi sifatida oʻynagan. Donald Lever 1972—1973-yilg mavsumdan 1986—1987- yilgi mavsumgacha Milliy xokkey ligasida 15 mavsum faoliyat olib borgan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald Lever 1972-yilgi NHL kirish loyihasida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 3-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Hujumchi Donald Lever „VancouverCanucks“ xokkey klubi safida oltita oʻyinda matdonga tushib, 20 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Donald Lever 1978-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etdi. Donald Lever 1980-yil 8-fevralda Ivan Boldirev va Darcy Rota evaziga Brad Smith bilan birga „Atlanta Flames“ xokkey klubiga almashtirildi. Keyinchalik Donald Lever „New Jersey Devils“ xokkey klubining birinchi raqamli sardori sifatida faoliyat olib bordi. Donald Lever „New Jersey Devils“ xokkey klubi tarixidagi birinchi golni urgan edi. Donald Lever penaltini ijro etish va jamoani boshqarish qobiliyati bilan tanilgan edi. Donald Lever Milliy xokkey ligasidagi (NHL) faoliyati davomida 1020 ta oʻyin oʻtkazib, 313 ta gol va 367 ta golli uzatmani (680 ochko) qayd etdi[1]. 2009-yil 9-martda Guy Carbonneau ishdan boʻshatilganidan keyin Donald Lever Bob Gainey tomonidan „Montreal Canadiens“ xokkey klubi yordamchi murabbiyi etib tayinlandi[2]. Donald Lever 2009-yil 21-oktyabrda „Montreal Canadiens“ xokkey klubini tark etdi. Shundan soʻng, Donald Lever AHLning „Chicago Wolves“ xokkey jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mukofotlar va yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yil: OHA birinchi yulduzlar jamoasi

1972-yil: Red Tilson sovrini (OHA MVP)

1982-yil: NHL Yulduzlar oʻyinida oʻynagan

1990—1991: Louis A. R. Pieri xotira turniri

2006—2007 : „Hamilton Bulldogs“ xokkey klubiga Calder kubogi va AHL chempionatida bosh murabbiylik qildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1969—1970 Niagara Falls Flyers OHA-Jr. 2 0 1 1 4
1970—1971 Niagara Falls Flyers OHA-Jr. 59 35 36 71 112
1971—1972 Niagara Falls Flyers OHA-Jr. 69 61 65 126 69 6 3 1 4 45
1972—1973 Vancouver Canucks NHL 78 12 26 38 49
1973—1974 Vancouver Canucks NHL 78 23 25 48 28
1974—1975 Vancouver Canucks NHL 80 38 30 68 49 5 0 1 1 4
1975—1976 Vancouver Canucks NHL 80 25 40 65 93 2 0 0 0 0
1976—1977 Vancouver Canucks NHL 80 27 30 57 28
1977—1978 Vancouver Canucks NHL 75 17 32 49 58
1978—1979 Vancouver Canucks NHL 71 23 21 44 17 3 2 1 3 2
1979—1980 Vancouver Canucks NHL 51 21 17 38 32
1979—1980 Atlanta Flames NHL 28 14 16 30 4 4 1 1 2 0
1980—1981 Calgary Flames NHL 62 26 31 57 56 16 4 7 11 20
1981—1982 Calgary Flames NHL 23 8 11 19 6
1981—1982 Colorado Rockies NHL 59 22 28 50 20
1982—1983 New Jersey Devils NHL 79 23 30 53 68
1983—1984 New Jersey Devils NHL 70 14 19 33 44
1984—1985 New Jersey Devils NHL 67 10 8 18 31
1985—1986 Rochester Americans AHL 29 6 11 17 16
1985—1986 Buffalo Sabres NHL 29 7 1 8 6
1986—1987 Rochester Americans AHL 57 29 25 54 69 18 4 3 7 14
1986—1987 Buffalo Sabres NHL 10 3 2 5 4
NHL jami 1,020 313 367 680 593 30 7 10 17 26

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1978-yil Kanada Jahon chempionati 10 4 3 7 4

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald Lever va uning rafiqasi Karenning Michael, Sarah va Caitlin ismli uchta farzandi bor[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.legendsofhockey.net/LegendsOfHockey/jsp/SearchPlayer.jsp?player=13385 Legends of Hockey/HHOF. Retrieved January 4, 2007.
  2. „Canadiens fire Carbonneau, Gainey takes over as coach“. The Sports Network (2009-yil 9-mart). Qaraldi: 2009-yil 9-mart.
  3. „Archived copy“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-avgust.