Domenika Fontana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaharsozlik sohasidagi ulkan yutuqlar taniqli meʼmor va muhandis Domeniko Fontanaga (1543-1607) tegishlidir. 1580-yillarda unga Rim shahrini qayta qurish va dekorativ bezatish ishlari topshiriladi, bunga koʻra shahar katolik dunyosining markazi sifatida ahamiyatini oshirishi kerak edi.

Asosiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy ishlari Rimdagi Lateran saroyi (1586-1590), Neapol dagi Palatsso Reale (1600-1602) hisoblanadi. XVI asr oxirlarida Fontana rim papasi Sikst V (1585-1590) buyrugʻiga binoan Rimni barokkoga xos diagonal chiziqli shaharsozlik konsepsiyasi loyihasini yaratadi. Uning asosiy maqsadi Rimdagi nasroniy obidalarga toʻgʻri shoh koʻchalar orqali chiqishni amalga oshirish edi.

Del Popolo maydoni rejasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Domeniko Fontana shahardagi koʻplab meʼmoriy inshootlarni bir-biri bilan bogʻlaydigan hamda ularga aylanma yoʻllardan emas, balki toʻgʻri yoʻllardan oʻtib borishni taʼminlash maqsadida yagona yoʻl loyihasini ishlab chiqadi. Bu loyiha Yevropa shaharsozlik sanʼati tarixidagi birinchi “uch nurli” tizimi hisoblanadi. Ushbu tizim shaharga kirish qismida joylashgan “Del Popolo” maydonida oʻz ifodasini topadi. Del Popolo maydonidan ajralib chiqqan va poytaxtning asosiy kirish yoʻlini markaz va uning asosiy ansambllari bilan bogʻlaydi. Meʼmor koʻchalarning badiiy taʼsirini kuchaytirish maqsadida yakuniy qismini obelisk va favvoralar bilan yakunlaydi. Shu oʻrinda Del Popolo maydonining badiiy xususiyatiga ham alohida etibor qaratadi. . Del Popolo maydoni shaharsozlik kompozitsiyasi markazi hisoblanib, undan nurga oʻxshab uchta magistralni uch tamonga yoʻnaltirib beradi. Bu magistrallar ziyoratchilarning tez vaqt ichida Vatikan, Kapitoliy tepaligi, Venetsiya maydoniga qisqa yoʻllar orqali yetib borishiga yordam beradi. Fontana bu yerda magistrallar boshlanishi va tugallanishi haqida hamda maydon markazlarini koʻrsatib turuvchi shartli belgilardan foydalanishni taklif beradi. Shu maqsadda Fontana obelisklardan foydalanadi. Obelisklar magistrallarni maʼnoli joylariga oʻrnatiladi. Obelisklar Santa Trinita dei Monti maydonida, Eskvilino maydonida, Santa Kroche in Djeruzalemme bazilikasi oldiga, Navona va Rotonda maydonida oʻrnatiladi. Obeliskning eng kattasi Avliyo Pyotr ibodatxonasi maydonida qad koʻtarib turadi. Mazkur maydon “uch nurli” tizimning boshlanish nuqtasi boʻlib, maydon markazida 25 mertlik Qadimgi Misr obeliski oʻrnatilgan, maydonga kirish darvozasi va ikkita bir xil koʻrinishdagi Santa Mariya in Montesanto cherkovi va Santa Mariya dei Mirakoli cherkovidan iborat. Keyinchalik 1823-yilda obelisk tagida toʻrtta sher tasviri tushirilgan favvora oʻrnatiladi. Umumiy yaxlit kompozitsiya goʻyoki effektlarga boy, takrorlanmas teatr sahnasiga oʻxshab ketadi. Del Popolo maydoniga shimoliy kirish qismida qad rostlagan darvoza 1691-yili barpo etiladi. Qadimgi Misr obeliski Domeniko Fontana tomonidan Rim shahri qayta loyihalashtirilayotgan vaqtida 1585-1589-yillarda Papa Sikst V ning buyrugʻi bilan oʻrnatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Umumsan'at Tarixi" Abdullayev Obidjon Oripovich Toshkent-2020