Ditrix Marlen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DITRIX (Diterich) (asl ismi va fam. Mariya Magdalena fon Losh) Marlen (1904.27.12 - Berlin - 1992) - ne-mis va amerika aktrisasi. Kinoda 1922 y.dan, 1930 y.dan Gollivudda ishlagan. "Moviy farishta", "Marokko", "Ayblovchining guvohi", "Nyurenburg protsessi", "Goʻzal jigalo — baxtsiz jigalo", "Shanxay ekspressi", "Qizil imperator ayol" kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Estradada ham taniqli xonanda sifatida koʻpgina mamlakatlarda konsert bergan. Fashizmga qarshi ayovsiz kurashgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil