Diriyah ePrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diriyah ePrix — bu Saudiya Arabistonining Diriyah shahrida boʻlib oʻtadigan elektromobillar poygasi boʻlib, Formula E chempionatining asosiy poygalaridan biri hisoblanadi. U birinchi marta 2018-19-yilgi mavsum doirasida oʻtkazilgan va Yaqin Sharqda oʻtkazilgan birinchi Formula E poygasi edi[1]. Ikkinchi Diriyah ePrix 2019-yil 22 va 23-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Ushbu chempionat 2022-23-yilgi mavsumda ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan[2]. Diriyah ePrixda eng tez aylanish Nyck de Vriesga tegishli (Mercedes-EQ — 2021) — 1:08,811. Diriyah ePrix UNESCO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy choʻl atrofida oʻtkaziladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistonining xalqaro sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha uzoq muddatli rejasining bir qismi sifatida Bosh sport boshqarmasi Saudiya Arabistoni avtomobil federatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida Formula E ePrix musobaqasini oʻtkazish boʻyicha oʻn yillik kelishuvga erishdi. Ushbu poyga bahslari tashkil etilganidan beri Formular E mavsumlarining ochilish oʻyinlarida oʻtkaziladi[3]. Ushbu poygalarda eng koʻp gʻalabaga erishgan avtopoygachilar Sam Bird, Nyck De Vrieslar hisoblanadi. Ularning har ikkisi ikki martadan gʻalabaga erishishgan. Jamoalar oʻrtasidagi natijalar ham shunday va mos ravishda Andretti-BMW i, Mercedes jamoalar bu natijaga erishgan.

Avtodrom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poyga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning shimoli-gʻarbiy chekkasida joylashgan Diriyah shahridagi Riyod trassasida oʻtkaziladi. Trassaning uzunligi 2,495 km va 21 burilishdan iborat. Bu konfiguratsiya ePrixning 2018 va 20190yilgi mavsumlari uchun ishlatilgan, 2021-yilgi mavsumi uchun kichik oʻzgartirishlar kiritilgan[4].

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Trassa Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Oʻrta pozitsiya Tez aylanish Manba
2018 Ar-Riyod trassasi Portugaliya António Félix da Costa Fransiya Jean-Éric Vergne Belgiya Jérôme d'Ambrosio Portugaliya António Félix da Costa Germaniya André Lotterer [5]
2019 1-poyga Birlashgan Qirollik Sam Bird Belgiya Stoffel Vandoorne Germaniya André Lotterer Birlashgan Qirollik Alexander Sims Yangi Zelandiya Mitch Evans [6]
2-poyga Birlashgan Qirollik Alexander Sims Braziliya Lucas di Grassi Belgiya Stoffel Vandoorne Birlashgan Qirollik Alexander Sims Portugaliya António Félix da Costa [7]
2021 1-poyga Niderlandiya Nyck de Vries Shveysariya Edoardo Mortara Yangi Zelandiya Mitch Evans Niderlandiya Nyck de Vries Belgiya Stoffel Vandoorne [8]
2-poyga Birlashgan Qirollik Sam Bird Niderlandiya Robin Frijns Portugaliya António Félix da Costa Niderlandiya Robin Frijns Niderlandiya Nyck de Vries [9]
2022 1-poyga Niderlandiya Nyck de Vries Belgiya Stoffel Vandoorne Birlashgan Qirollik Jake Dennis Belgiya Stoffel Vandoorne Yangi Zelandiya Nick Cassidy [10]
2-poyga Shveysariya Edoardo Mortara Niderlandiya Robin Frijns Braziliya Lucas Di Grassi Niderlandiya Nyck de Vries Birlashgan Qirollik Sam Bird [11]

Gʻoliblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻolib Avtopoygachi Yil
2 Birlashgan Qirollik Sam Bird 2019-yil (1-poyga), 2021 (2-poyga)
2 Niderlandiya Nyck De Vries 2021-yil (1-poyga), 2021 (1-poyga)
Manba:[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Formula E set to revolutionize motorsport fans’ experience at Ad Diriyah E-Prix in Saudi Arabia“ (inglizcha). Arab News (5-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  2. „Formula E is returning to Saudi Arabia this year“ (inglizcha). Esquire Middle East. Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
  3. „Formula E to race in Ad Diriyah for opening round of Season 5“ (inglizcha). FIA Formula E. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
  4. Thukral, Rachit; Vinel, Benjamin „Formula E makes last-minute Diriyah track layout changes“ (en). www.motorsport.com (16-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
  5. „2018 Saudia Ad Diriyah ePrix“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  6. „2019 Saudia Ad Diriyah ePrix Race 1“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  7. „2019 Saudia Ad Diriyah ePrix Race 2“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  8. „Formula E 2021 Diriyah ePrix 1 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  9. „Formula E 2021 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  10. „Formula E 2022 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  11. „Formula E 2022 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  12. „Formula E Winners List (Drivers)“. Formula E Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.