Dila tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dila tumani

ډيله
Tuman
32°33′50″N 68°7′52″E / 32.56389°N 68.13111°E / 32.56389; 68.13111 G OKoordinatalari: 32°33′50″N 68°7′52″E / 32.56389°N 68.13111°E / 32.56389; 68.13111 G O
Aholisi
 (2019)
47,023
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
[[File:|290px|Dila tumani xaritada]]

Dila (pushtucha: ډيله ولسوالۍ) — Afgʻonistonning Paktika viloyatidagi tuman. Tumanda Ghilji pashtunlarining Sulaymonxel qabilasi mavjud[1].

2019-yilda tuman aholisi 47 023 kishini tashkil qilgan[2]. Maydoni 600 km2 ga yaqin. Tuman markazi Dila qishlogʻi boʻlib, unda bir necha yuz oila istiqomat qiladi. Hududda yana bir qancha kichik qishloqlar mavjud. Ularda 3-50 oila yashaydi. Kuchi koʻchmanchilari oʻz oilalari, echki, qoʻy va tuya podalari bilan hudud boʻylab koʻchib oʻtadilar. Hududda hukmron qabilalar qatoriga Sulaymon Xel, Sulton Xel, Jalolzay va koʻp sonli qabilalar kiradi. Subgubernator (tuman rahbari) Habibulla, politsiya boshligʻi esa Iyd Gul. Ammo Iyd Gul keyinchalik Doa China tumanidaga oʻtkazilgan. Agar yigʻinlar yetarlicha katta boʻlsa, mahalliy shoʻro 100 dan ortiq oqsoqollarni jalb qilishi mumkin. Ammo shoʻro odatda 30 ga yaqin oqsoqollarni jalb qiladi.

Hududda Vazakhva va Navadan HWY 1gacha boʻlgan bir nechta yoʻnalish mavjud. Ulardan koʻpincha giyohvand moddalar savdosi va isyonchilar harakatida foydalanishadi.

Tumanda, asosan, pushtu tilida soʻzlashiladi. Tumanda oqsoqollik qiladigan mahalliy xalq vakillarining koʻpchiligi oʻqimagan.

Diladagi yerlarning katta qismi kimsasiz. Yoʻllar esa obodonlashtirilmagan. HWY 1 ga boradigan yoʻllarda avtomashina yoki mototsikl bilan 1-4 soat oraligʻida borish mumkin. Qolaversa, yoʻlda mashinalar juda koʻp silkinishiga ham toʻgʻri keladi. Yozda chang va biroz yomgʻir yogʻishi kuzatiladi. Ammo qishda Dilaga koʻp miqdorda qor tushadi. Bu esa qish oxirida yoki erta bahorda koʻp hududlarning loyli boʻlishiga olib keladi. Biroq bularning barchasi aprel oyining oxiridan may oyining boshigacha barham topadi. Bu yerda pashshalar va chivinlar keng tarqalgan. Dilaning shimoliy togʻ etaklari pasttekisliklarga qaraganda yashillikka boy boʻlsa-da, oʻsimliklari buta boʻlib qolmoqda. Daryosi mavsumga qarab koʻtarilib pasayadi. Shuning uchun mahalliy aholi yomgʻir mavsumida undan oʻtish uchun koʻprik boʻlishini xohlaydi. Mahalliy faunadan itlar, toshbaqalar, echkilar, qoʻylar, tuyalar, tovuqlar, ilonlar mavjud.

Bu yerda markaziy elektr tizimi yoʻq. Lekin baʼzi qishloq aholisi masjid karnaylarini va baʼzi shaxsiy turar-joylarni quvvatlantirish uchun ishlaydigan shaxsiy generatorlarga ega.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Paktika Province Tribal Map (Page 11). Naval Postgraduate School.
  2. „Estimated Population of Afghanistan 2019-20“. Central Statistics Organization (18-noyabr 2019-yil). 9-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2022-yil.