Denni Avdić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denni Avdić
Avdić 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Denni Robin Avdić
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1988-yil (1988-09-05) (35 yosh)
Tavallud joyi Huskvarna, Shvetsiya
Boʻyi 1.92 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vasalund
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Husqvarna FF
-2005 Brøndby
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2011 Elfsborg 104 (26)
2011-2013 Werder Bremen 7 (0)
2011-2012 Werder Bremen II 12 (0)
2012-2013PEC Zwolle (ijara) 23 (8)
2013-2015 AZ 13 (0)
2014-2015Heracles Almelo (ijara) 22 (4)
2016-2018 AIK 55 (5)
2019 AFC Eskilstuna 16 (1)
2021- Vasalund 20 (2)
Milliy terma jamoa
2003-2004 Shvetsiya U17 15 (8)
2005-2007 Shvetsiya U19 18 (4)
2007-2010 Shvetsiya U21 24 (7)
2009 Shvetsiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-noyabr uchun)

Denni Robin Avdić (talaffuzi: Denni Avdich; 1988-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, „Vasalunds IF“ klubida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.

IF Elfsborg bilan professional faoliyatini boshlagan Germaniyada Werder Bremen, Gollandiyada PEC Zwolle, AZ Alkmaar va Heracles Almelo jamoalarida oʻynagan. 2016-yilda Shvetsiyaga qaytgan. Denni Shvetsiya terma jamoasi safida bir marta gʻalaba qozongan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avdić Shvetsiyaning Huskvarna shahrida tugʻilgan. 15 yoshida Daniya Superliga klubi Brøndby IF bilan shartnoma imzoladi. Daniyaning uchinchi darajali ligasi vakili Brondbyning zaxira jamoasida oʻynagan, ammo klub bilan katta oʻyinlarda qatnashmagan[2]. 2006-yilda Avdić Shvetsiyada oilasiga yaqinroq yashashni xohlagani uchun Brondby tark etdi[3].

IF Elfsborg[tahrir | manbasini tahrirlash]

Denni Shvetsiya Allsvenskan chempionatining IF Elfsborg klubiga oʻtdi. Elfsborg bilan shartnoma imzolaganida, Elfsborg rasmiylari uni Shvetsiya futbolidagi eng buyuk isteʼdodlardan biri sifatida maqtashgan edi[4].

Avdić 2006-yilning noyabrida Elfsborg safida debyut qilgan. Elfsborgning Qirollik ligasidagi ilk uchrashuvida asosiy tarkibda oʻynadi va AIK ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ikkita gol urdi. Allsvenskanning 2010-yilgi mavsumida Avdić oʻz oʻrnini hujumkor yarim himoyachidan hujumchiga oʻzgartirdi. 19 ta gol urib, oʻsha mavsumda 20 ta gol urgan Aleksandr Gerndtdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, oltin butsaga daʼvogar boʻldi. Oʻsha mavsum oxirida 2 million funt sterlingga „Verder“ga transfer qilindi[5].

Verder Bremen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 3-yanvarda Avdić „Verder“ning qishdagi ilk yangi transferi boʻldi, bu haqda Germaniya Bundesliga klubi sayti tasdiqladi. 2014-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Denni Bundesliganing 2011-12-yilgi mavsumida jarohatlari tufayl kam maydonga tushdi[6].

PEC Zvollega ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 29-avgustda Avdić 2013-yilning oxirigacha Erediviziyada Gollandiyaning PEC Zwolle futbol jamoasiga ijaraga oʻtishga rozi boʻldi[7]. 2013-yilning 17-fevralida „Feyenoord“ga qarshi oʻzining 14-oʻyinida Avdić „Zvolle“ga 3:2 hisobida gʻalabaga hissa qoʻshdi va bu uning oʻsha yettinchi goli edi[8]. Mutaxassislar Shvetsiyada yaxshi hujumchilarning kamligi tufayli Dennini Shvetsiya terma jamoasidan joy olishga loyiq deb daʼvo qilishgan[9].

AZ Alkmaar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning yozida Avdić AZ Alkmaarga qoʻshildi[10]. 30-oktyabr kuni KNVB kubogi doirasida Axilles ʻ29 ga qarshi oʻyinda debyut qildi va ikkita gol urdi. Uchrashuvda AZ 7:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Herakl Almeloga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 15-avgustida Heracles Almeloga ijara asosida oʻtdi[11].

Shvetsiyaga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Denni 2016-yilda AIK bilan shartnoma imzoladi va AIK jamoasi aʼzosi sifatida 2018-yilgi Allsvenskan gʻolibi boʻldi[12].

2019-yil fevral oyida OFK Eskilstuna jamoasiga qoʻshildi[13] yil oxirida klubni tark etdi[14]. Uzoq vaqt davomida erkin agent boʻlganidan soʻng, 2021-yilning mart oyida Vasalunds IF bilan shartnoma imzoladi[15].

2021-yil mart oyida Avdić Vasalunds IF jamoasiga qoʻshildi[16]

Terma jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avdić Shvetsiya U17, U19 va U21 jamoalari bilan 57 oʻyinda jami 19 gol urgan va Shvetsiya U21 terma jamoasining 2009-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining yarim finaliga qadar har oʻyinda maydonga tushgan[17]

Denni Shvetsiya terma jamoasi safida 2009-yilning 28 yanvarida Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 66-daqiqada Daniel Nannskog oʻrniga maydonga tushdi[17][18].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

28-fevral, 2019-yilgi holat boʻyicha[19]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Jamoa Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
IF Elfsborg 2007 Allsvenskan 19 0 0 0 6 0 25 0
2008 Allsvenskan 25 4 0 0 1 0 26 4
2009 Allsvenskan 29 3 2 0 6 2 37 5
2010 Allsvenskan 29 19 2 1 4 1 35 21
Jami 102 26 4 1 17 3 123 30
Werder Bremen 2010-11 Bundesliga 7 0 0 0 4 1 11 1
Werder Bremen II 2010-11 3. Liga 1 0 1 0
2011-12 3. Liga 11 0 11 0
Jami 12 0 0 0 0 0 12 0
PEC Zwolle 2012-13 Eredivisie 23 8 4 0 23 8
AZ Alkmaar 2013-14 Eredivisie 13 0 2 2 4 0 19 2
Heracles Almelo 2014-15 Eredivisie 22 4 2 0 24 4
AIK 2016 Allsvenskan 15 2 3 1 5 1 23 4
2017 Allsvenskan 21 3 4 1 4 0 29 4
2018 Allsvenskan 19 0 1 0 3 0 23 0
Jami 55 5 8 2 12 1 75 8
Jami faoliyati 234 43 20 5 37 5 291 53

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

IF Elfsborg

  • Allsvenskan: 2006-yil
  • Svenska Superkubogi: 2007-yil

AIK

  • Allsvenskan: 2018-yil

Individual

  • Allsvenskan eng yaxshi toʻpurari: ikkinchi oʻrin 2010[20]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Denni Avdic“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  2. „Denni Avdic – Statistik“ (da). Brøndby IF. 2011-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-yanvar.
  3. „Avdic vender hjem“. Brøndby IF (2006-yil 6-iyul). 2011-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-yanvar.
  4. „Denni Avdic klar för Blackburn Rovers – kommer från Bröndy och är en utpräglad målskytt“ (sv). Elfsborg IF. 2007-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Denni Avdic Elfsborg“ (sv). expressen.se. 2013-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Denni Avdic klar för Werder Bremen idag“ (sv). IF Elfsborg (2013-yil 3-yanvar). 2016-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  7. „Denni Avdic lånas ut“ (sv). IF Elfsborg (2012-yil 29-avgust). Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  8. Lundh. „Avdic målbäst efter Zlatan: "Kan bara göra mitt jobb"“ (sv). fotbollskanalen.se (2013-yil 17-fevral). Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  9. „Avdic fortsatt stekhet – sänkte Feyenoord“ (sv). fotbolldirekt.se (2013-yil 17-fevral). Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  10. „Zurück in die Niederlande: Avdic wechselt zu Alkmaar“ (de). Werder Bremen (2013-yil 4-avgust). 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
  11. „AZ slijt overbodige en verbannen Zweed aan Heracles: "Een uitstekende speler"“ (nl). Voetbalprimeur (2014-yil 15-avgust). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  12. „Avdic efter tunga åren i AIK: "Guldet gör att det har varit värt det"“ (sv). fotbollskanalen. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  13. Fagerlund, Frida. „Officiellt: Denni Avdic klar för AFC Eskilstuna“ (sv). Aftonbladet (2019-yil 28-fevral). Qaraldi: 2019-yil 28-fevral.
  14. Klart: Denni Avdic och flera spelare lämnar AFC, fotbollskanalen.se, 26 November 2019
  15. „Avslöjar: Denni Avdic klar för Vasalunds IF“ (Swedish). Fotbolltransfers.com (2021-yil 25-mart). Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  16. Denni Avdic har kritat på för Vasalund, vasalundsifsektion.myclub.se, 25 March 2021
  17. 17,0 17,1 „Denni Avdic - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  18. „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  19. „D. Avdić“. Soccerway. Qaraldi: 2016-yil 17-aprel.
  20. „Allsvenska skytteligan: Gerndt i ensam ledning“ (sv). fotbollskanalen.se (2010-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]