David Price (bokschi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David Price

Price in 2013
Statistikasi
Vazni Heavyweight
Tavalludi 6-iyul 1983-yil (1983-07-06) (40 yosh)
Liverpool, England
Uslubi Orthodox

David Price (1983-yil 6-iyulda tugʻilgan) — britaniyalik sobiq professional bokschi, 2009-2019-yillarda musobaqalarda faol qatnashib kelgan. Mintaqaviy miqyosda u 2012-yildan 2013-yilgacha Buyuk Britaniya va Hamdoʻstlik unvonlarini oʻz ichiga olgan ogʻir vazn toifasida bir nechta chempionatlarni oʻtkazgan va 2015-yilda bir marta Yevropa chempionligi uchun kurash olib borgan bokschidir. Havaskor sifatida u 2008-yilgi Olimpiadada bronza medalini, 2006-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida va 2008-yilgi Yevropa Ittifoqi chempionatida esa oltin medalni va uchta ABA unvonini qoʻlga kiritgan edi. Bu oʻtkazilgan barcha oʻyinlarning hammasi super ogʻir vazn toifasida boʻlib oʻtgan.

Havaskorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshida Price Long Lane ABC uchun mablagʻ yetishmasligi sababli, Solsberi ABC uchun boks bilan shugʻullangan va 2003-yilda 19 yoshu 272 kunligida superogʻir vazn toifasida ABA tarixidagi eng yosh chempion boʻlishga urgirgan bokschi edi[1]. U bir qator xalqaro turnirlarda Angliya termasi uchun kurashgan, 2003-yilda AQShga qarshi oʻyinda Travis Kauffmanni ikki marta Angliya turnirida magʻlub etgan. 2003-yilning avgust oyida Kuala-Lumpurda shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik Konfederatsiyalari turnirida pokistonlik Muzzafar Iqbolni 21:9, avstraliyalik Jastin Waithedni 22:6 hisobida magʻlub etadi. Keyin u Liverpoolda Angliya-AQSh duelida Gregori Korbinni ochkolar boʻyicha magʻlub etib yutadi.

2006-yil Hamdoʻstlik oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Price 2006-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida boks boʻyicha terma jamoa sardori boʻldi va u yerda uch marta nokdaunga uchraganiga qaramay, hindistonlik Vargeze Johnsonni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritib qaytadi[2].

2007-yil havaskor boks boʻyicha jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Chikagoda bo‘lib o‘tgan havaskor boks bo‘yicha jahon chempionatida bokschi uch raqibini, jumladan xorvatiyalik Marko Thomasovicni 23:11, fransiyalik Muhammad Samudiyni to‘xtatgan, Primislav Dimovskini (Skopye) 20:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan, biroq qo‘lidagi jarohati tufayli Robertoga qarshi jangda maydonga tusha olmaydi. GB bosh murabbiyi Terry Edwards shunday dedi: „Devid ushbu jahon chempionatida juda yaxshi boks qildi va shuning uchun u Chikagoda avtomatik ravishda Olimpiya saralashiga qatnasha olmagani katta umidsizlikdir, bu huquq uchun kurashgan“ deya kokschiga nisbatan oʻz fikrini aytib oʻtgan edi.

2008-yilgi Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamdoʻstlik oʻyinlaridagi muvaffaqiyatidan ikki yil oʻtgach, Price 2008-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun Pekinga borgan GB jamoasi sardori boʻlib, Ruminiyalik yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Cristian Ciocanuni saralash uchun magʻlub etadi. Price Olimpiadaning birinchi raundida Yevropa chempioni Islom Timurziev bilan uchrashgan va Timurzievni raundda ikki marta zarba berib, ikkinchi raundda uni to‘xtatgan, o‘shanda hisob 2:2 bo‘lgan holatda durang hisobda boʻlib qolgan. Keyingi bosqichda Price litvalik Yaroslavas Yakshitoga qarshi o‘ynadi, biroq Jakshito birinchi raund oxirida jarohat olib, nafaqaga chiqqanidan so‘ng, Price keyingi bosqichga chiqadi. Eng kamida bronza medali kafolatlangan David Price italiyalik jahon chempioni Roberto Cammarelle bilan uchrashishi kerak edi, bu bahsda hakam ikkinchi raundda yakuniy Olimpiada oltin medali sovrindori Cammarellega 10:1 hisobida foyda keltirganida hakam toʻxtadi. Angliyalik sportchi Olimpiadadagi ajoyib yurishini 91+kg hisobidagi superogʻir vazn toifasida bronza medali bilan yakunlab oldi. Bronza medalini qoʻlga kiritib, oʻzi xohlagan oltinga erisha olmaganidan soʻng, u professionalga aylanish niyatini ommaga eʼlon qildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Eurosport
  2. „Stunning comeback seals Price win“. BBC News (2006-yil 23-mart).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]