Dave Scatchard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Scatchard Milwaukee Admirals bilan 2007-yilda
Tugʻilgan joyi 20-fevral 1976-yil (1976-02-20) (48 yosh)
Hinton, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 224 lb (102 kg; 16 st 0 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Oʻynagan jamoalari Vancouver Canucks
New York Islanders
Boston Bruins
Phoenix Coyotes
Nashville Predators
St. Louis Blues
NHLga kirish drafti 42-oʻrin, 1994
Vancouver Canucks
Jamoalardagi faoliyat 1996—2011

Dave Scatchard (talaffuzi: Deyv Skatchard, 1976-yil 20-fevralda tugʻilgan) — kanadalik isteʼfodagi professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi. U Kanada Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Vancouver Canucks, New York Islanders, Boston Bruins, Pheonix Coyotes, Nashville Predators va St. Louis Blues jamoalarida oʻynagan. 2011-yil 22-avgustda u Twitterda nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[1]. Scatchard Alberta shtatining Hinton shahrida tugʻilgan, ammo Britaniya Kolumbiyasining Salmon Arm shahrida oʻsgan[2].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Scatchard Gʻarbiy Xokkey Ligasining (WHL) Portland Winter Hawks jamoasida oʻynagan. Vancouver Canucks jamoasi uni 1994-yilgi NHL draftida 42-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlagan. U professional oʻyinchi sifatida oʻzining birinchi yilini Amerika Xokkey Ligasidagi (AHL) Vancouverning kichik liga filiali Syracuse Crunch jamoasi bilan oʻtkazgan. Scatchard 1997—1998-yilgi mavsumda NHLdagi debyutini oʻtkazgan va mavsum davomida 24 ochko toʻplagan. Scatchard Islanders jamoasi bilan toʻrt yarim mavsum oʻynagan va 2002—2003-yillarda 45 ball toʻplagan. 2005-yil 18-noyabrda Islanders jamoasi himoyachi David Tanabe evaziga Pheonix Coyotesga transfer qilgan. 2006—2007-yilda Scatchard mavsumning soʻnggi 32 oʻyinida kontuziya boʻlganligi tufayli maydonga tusha olmagan va 45 oʻyinda 8 ochko toʻplagan.

2007-yil 15-noyabrda Scatchard Nashville Predators jamoasining AHLdagi filiali Milwaukee Admirals bilan sinov shartnomasiga imzo chekkan.

Keyinchalik Scatchard miya chayqalishi bilan bogʻliq muammolar tufayli taʼtilga chiqqan[3]. 2009—2010-yilgi mavsum oldidan u Vancouver Canucksning mashgʻulot yigʻiniga taklif qilingan[3]. Doimiy mavsum boshlanganidan koʻp oʻtmay, Scatchard Predators tashkiloti bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

2010-yil 3-avgustda yana erkin agent boʻlgan Scatchard St. Louis Blues bilan bir yillik shartnoma imzolagan[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1991—1992 Salmon Arm Selects BCMML 65 98 100 198 167
1992—1993 Kimberley Dynamiters RMJHL 51 20 23 43 61
1993—1994 Portland Winter Hawks WHL 47 9 11 20 46 10 2 1 3 4
1994—1995 Portland Winter Hawks WHL 71 20 30 50 148 8 0 3 3 21
1995—1996 Portland Winter Hawks WHL 59 19 28 47 146 7 1 8 9 14
1995—1996 Syracuse Crunch AHL 1 0 0 0 0 15 2 5 7 29
1996—1997 Syracuse Crunch AHL 26 8 7 15 65
1997—1998 Vancouver Canucks NHL 76 13 11 24 165
1998—1999 Vancouver Canucks NHL 82 13 13 26 140
1999—2000 Vancouver Canucks NHL 21 0 4 4 24
1999—2000 New York Islanders NHL 44 12 14 26 93
2000—2001 New York Islanders NHL 81 21 24 45 114
2001—2002 New York Islanders NHL 80 12 15 27 111 7 1 1 2 22
2002—2003 New York Islanders NHL 81 27 18 45 108 5 1 0 1 6
2003—2004 New York Islanders NHL 61 9 16 25 78 5 0 1 1 6
2005—2006 Boston Bruins NHL 16 4 6 10 28
2005—2006 Phoenix Coyotes NHL 47 11 12 23 84
2006—2007 Phoenix Coyotes NHL 46 3 5 8 72
2007—2008 Hartford Wolf Pack AHL 3 0 1 1 0
2007—2008 Milwaukee Admirals AHL 8 1 2 3 14
2009—2010 Milwaukee Admirals AHL 36 20 10 30 59 3 0 0 0 2
2009—2010 Nashville Predators NHL 16 3 2 5 17
2010—2011 Peoria Rivermen AHL 41 7 11 18 50
2010—2011 St. Louis Blues NHL 8 0 1 1 6
NHLdagi ochkolari yigʻindisi 659 128 141 269 1040 17 2 2 4 34

NHLdagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa GP G A P +/- PIM
2001—2002 NYI 7 1 1 2 -2 22
2002—2003 NYI 5 1 0 1 -3 6
2003—2004 NYI 5 0 1 1 -3 6
Faoliyatidagi umumiy ochkolari - 17 2 2 4 -8 34

AHLdagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa GP G A P +/- PIM
1995—1996 Syracuse 15 2 5 7 -- 29
2009—2010 Milwaukee 3 0 0 0 0 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Twitter.com: Dave Scatchard August 22nd, 2011.
  2. Wickett, Martha. „Concussion ends NHL career for Dave Scatchard“. Salmon Arm Observer (2011-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Canucks, Flames pare rosters“. Canadian Broadcasting Corporation (2009-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.
  4. „Pair of veterans in Rivermen's mix“. pjstar.com (2010-yil 3-avgust). Qaraldi: 2010-yil 4-avgust.