Darcy Blake

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darcy Blake
2011-yil Blake Uels safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Darcy James Blake
Tavallud sanasi 13-dekabr 1988-yil (1988-12-13) (35 yosh)
Tavallud joyi New Tredegar, Wales
Boʻyi 1.78m[1]
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2005 Cardiff City akademiyasi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005-2012 Cardiff City 90 (0)
2009 Plymouth Argyle (ijara) 7 (0)
2012-2014 Crystal Palace 10 (0)
2014 Newport County 8 (0)
Milliy terma jamoa
2004-2005 Uels U17 5 (1)
2005-2006 Uels U19 6 (0)
2006-2009 Uels U21 14 (0)
2010-2012 Uels 14 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Darcy James Blake (1988-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — Uelslik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida u Uels terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 14 marta maydonga tushgan, bir marta gol urgan.

U 2006-yilda 17-yoshida professional debyut qilishdan oldin Kardiff Sitida yosh futbolchi sifatida faoliyatini boshlagan. 2009-10 yilgi mavsumda u „Plimut Argyle“da ijara asosida oʻynaydi.

2012-yilda u " Kristal Pelas "ga 350 ming funt sterling evaziga transfer qilindi, biroq u oʻnta oʻyinda maydonga tushib, klub tomonidan qoʻyib yuborildi. Blake oʻz faoliyati davomida bir qator sobiq murabbiylar, jumladan Deyv Jons, Malki Makkay va Kris Koulmandan oʻzining jismoniy holati bilan bogʻliq holda tanqidga uchradi.[2] Keyinchalik u 25 yoshida professional faoliyatini tugatib, mahalliy havaskor jamoalarda oʻynab, qisqa vaqt oʻtgandan soʻng u regbiga oʻynashni boshladi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Tredegarda tugʻilgan Blake Filipstaunda oʻsgan. Oʻsmirlik chogʻida Blake Blekvud umumtaʼlim maktabida oʻqigan va bokschi Neytan Kleverli bilan bolalikdan doʻst boʻlgan.[3][4]

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kardiff Siti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blake toʻqqiz yoshida mahalliy yoshlar jamoasi Jubilee Thistlega qoʻshildi va u yerda hujumchi sifatida oʻynadi. 10 yoshida Blake „Kardiff Siti“dagi yoshlar akademiyasiga qoʻshild.[5] U klubdagi birinchi professional shartnomasini 2006-yilda akademiya bitiruvchisi Kris Gunter bilan uch yillik shartnoma bilan imzoladi.[6] Blake oʻzining professional debyutini 2006-yilning 17-aprelida Futbol Ligasi chempionatida Kru Aleksandraga qarshi maydonga tushdi.[7]

2008-09 yilgi mavsum boshida Blake Liga kubogi oʻyinida Miltonga qarshi oʻyinning dastlabki 20 daqiqasida almashtirilgandan keyin uzoq muddatli jarohat oldi.[8]

Plymouth Argyle[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 28-avgustda Blake Chempionshipning klubi Plymouth Argyle bilan 2010-yilning yanvarigacha ijaraga oldi.[9] Sheffild Uensdeyga qarshi uchrashuvda debyut qildi.[10] Jamoa safidagi beshinchi oʻyinida u professional faoliyatida birinchi marta 2009-yil 24-oktyabrda Ipsvich Taunga qarshi oʻyinda (1:1) Jonatan Uoltersga nisbatan qoʻpollik ishlatganidan soʻng qizil kartochka oldi.[11]

Blake oʻzining Plymouthdagi mavsum faoliyatidagi burilish nuqtasi deb taʼkidlab oʻtdi.[12] Koʻchib oʻtishidan oldin Kardiff murabbiyi Jones Blake dietasi va undan keyingi jismoniy tayyorgarlik darajasini tanqid qilgan.[13]

Kardiffga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blake 2011-yil Kardiff Sitida safida

Crystal Palace[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shartnomasi mavsum oxirida tugashi kerak boʻlgan Blakeni keyingi yozda tekin transferga qoʻymaslik uchun Kardiff jamoasi Kristal Pelasga uni 350 000 funt sterlinga transfer qildi.[14]

Newport County[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 20-martida Blake Newport County erkin agent sifatida qoʻshildi.[15]

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blake 2006-yilda murabbiy Brayan Flinn tomonidan ilk bor 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga chaqirildi. 2009-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash guruhida birinchi oʻrinni egallagan jamoaning bir qismi edi.[16]

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida, mavsum va musobaqalardagi oʻyinlari va gollari
Klub Mavsum League National Cup League Cup Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Cardiff City 2005-06 Championship 1 0 0 0 0 0 1 0
2006-07 10 0 0 0 1 0 2 0 13 0
2007-08 8 0 3 0 1 0 1 0 13 0
2008-09 7 0 1 0 1 0 9 0
2009-10 18 0 3 0 0 0 3 0 24 0
2010-11 26 0 2 0 0 0 2 0 30 0
2011-12 20 0 1 0 5 0 2 0 28 0
Jami 90 0 10 0 8 0 10 0 118 0
Plymouth Argyle (loan) 2009-10 Championship 7 0 0 0 0 0 7 0
Crystal Palace 2012-13 Championship 10 0 0 0 1 0 0 0 11 0
2013-14 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 10 0 0 0 1 0 0 0 11 0
Newport County 2013-14 League Two 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0
Faoliyatidagi jami natija 115 0 10 0 9 0 10 0 144 0

Terma jamoadagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinlar Sana Joy Raqib Hisob Natija Maqomi
1 2011-yil 10-avgust „Kardiff Siti“ stadioni, Kardiff, Uels  Avstraliya 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi[17]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kardiff Siti

  • Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2011-12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Blair Wood.. „Pilgrims Progress Behind Revival of Darcy“ (2010-yil 20-may). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  2. Phil Blanche. „The Darcy Blake interview: Former Cardiff City defender on being criticised by Malky Mackay and resurrecting his career at Newport County“. WalesOnline (2014-yil 21-mart). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  3. Terry Phillips. „How former Cardiff City star Darcy Blake fell out of love with football and became a rugby player!“. Wales Online (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
  4. Terry Phillips. „Premier Bid Is There for Bluebirds, Says Former Star Darcy“. South Wales Echo (2012-yil 21-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  5. Gordon Sparks. „The 'what could have been career' of former Plymouth Argyle loanee Darcy Blake“. Plymouth Live (2018-yil 17-mart). Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  6. Terry Phillips. „Blake and Gunter join the paid ranks at Cardiff“. South Wales Echo (2006-yil 8-noyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  7. „Crewe 1–1 Cardiff“. BBC Sport (2006-yil 17-aprel). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
  8. Terry Phillips. „Hard-Working Blake Aiming to Stand Tall in City Cause; Darcy Putting in the Gym Work to Sort out Posture“. South Wales Echo (2008-yil 30-avgust). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  9. „Welcome Mr Darcy“. Plymouth Argyle F.C. (2009-yil 28-avgust). 2009-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-avgust.
  10. „Plymouth 1–3 Sheff Wed“. BBC Sport (2009-yil 29-avgust). Qaraldi: 2008-yil 31-avgust.
  11. „Plymouth 1–1 Ipswich Town“. BBC Sport (2009-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 27-oktyabr.
  12. Terry Phillips. „It's Shirty Response by Rooney for Blake“. South Wales Echo (2011-yil 17-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  13. Chris Wathan. „Darcy is Ready for Big Chance“. South Wales Echo (2010-yil 7-avgust). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  14. Terry Phillips. „Premier Bid Is There for Bluebirds, Says Former Star Darcy“. South Wales Echo (2012-yil 21-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  15. Michael Pearlman. „Double signing for County including Wales man Darcy Blake“. South Wales Argus (2014-yil 21-mart). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  16. Gordon Sparks. „The 'what could have been career' of former Plymouth Argyle loanee Darcy Blake“. Plymouth Live (2018-yil 17-mart). Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  17. „Wales 1–2 Australia“. BBC Sport (2011-yil 10-avgust). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]