Daniel Bohl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Bohl
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-iyun 1994-yil (1994-06-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Einöd, Germaniya
Boʻyi 1.72 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FK Pirmasens
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SpVgg Einöd
0000-2010 1. FC Saarbrücken
2010—2013 1. FSV Mainz 05
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 1. FSV Mainz 05 II 119 (7)
2017—2019 Hallescher FC 22 (1)
2019 Energie Cottbus 15 (1)
2019—2020 Chemnitzer FC 21 (1)
2020- FK Pirmasens 40 (2)
Milliy terma jamoa
2010 Germaniya U16 1 (0)
2010 Germaniya U17 1 (0)
2011—2012 Germaniya U18 8 (1)
2012—2013 Germaniya U19 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-fevral 2022-yil uchun)

Daniel Bohl (talaffuzi: Deniyel Bol; 9-iyun 1994-yilda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, FK Pirmasens jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bohl Einöd qishlogʻida tugʻilgan va mahalliy SpVgg Einödning yosh toifadagi jamoasida boshlagan[2]. Shuningdek, Zweibrückendagi Hofenfels-gimnaziyasida tahsil olgan. Oʻsmirlik davrida 1. FC Saarbrücken bilan shartnoma tuzdi. Molshder bilan uch yil oʻtgach, Bohl bir nechta Bundesliga jamoalarining eʼtiborini tortdi. Soʻngra 1.FSV Mainz 05 bilan imzolashni tanladi[3] Klubda U17 darajasida boshlangan va 22 oʻyinda 5 ta gol urgan. Keyingi yili esa U19 jamoasiga koʻtarilgan.

2011—2012-yilgi mavsumda 24 ta oʻyinda 5 ta gol urdi, biroq U19 jamoasidagi kelasi mavsumida (2012—2013) ancha yaxshi oʻynadi. 20 ta oʻyinda 5 ta gol urdi, shu jumladan, 2013-yil 21-aprel kuni Eintracht Frankfurt klubiga qarshi oʻyinda dublini toʻqqiz daqiqa ichida urdi[4]. Mavsum soʻnggi toʻrtta oʻyinida toʻrtta gol qayd etdi. Süd/Südwest klubida 6-oʻrinni egalladi.

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012—2013-yilgi mavsum yakunida Bohl Mainz zaxira jamoasiga koʻtarildi. 1. FSV Mainz 05 II mintaqaviy ligada oʻynardi[5]. Jamoadagi debyutibu 2013-yilning 27-iyulida, TSG 1899 Hoffenhaym II ga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻtkazdi. Uchrashuvda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi hamda golli uzatmani ham qayd etdi[6]. Mainz Südwest guruhida birinchi oʻrinni egalladi va 2014—2015-yilgi 3. Liga mavsumiga yoʻllanma oldi.

Bohl oʻzining professional debyutini 3.Liga doirasidagi Arminiya Bielefeldga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2014-yil 26-iyulda kechgan bahsda jamoa 2:1 hisobida magʻlub boʻldi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bohl Germaniya milliy yoshlar terma jamoasida bir necha bor oʻynagan. 2010-yilning may oyida ilk bor U16 terma jamoasida Daniya U16 bilan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi[3]. Noyabr oyida Misr U17 jamoasiga qarshi bahsda ham ishtirok etdi.

Bosh murabbiy Christian Ziege ostida Bohl 2011- va 2012-yillarda Germaniya U18 terma jamoasida sakkizta oʻyin oʻtkazdi. 2011-yilning 12-dekabrida Petah Tikva shahrida Isroil U18 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻzining ilk terma jamoadagi golini kiritdi.

Shuningdek, Bohl Germaniya U19 terma jamoasida 9 uchrashuvda maydonga tushgan. 2013-yilgi UEFA U19 chempionati saralash bosqichida Germaniya terma jamoasiga kiritilgan[8] va shulardan toʻrttasida maydonga tushgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Schröder, Torben. „Einöder Daniel Bohl bestritt zweites Länderspiel in der U-17 Nationalmannschaft“ (olmoncha). Sol.de (17-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. Otto, Ulrike. „Daniel Bohl aus Einöd spielt mit der B-Jugend von Mainz 05 in der Bundesliga“ (olmoncha). sol.de (23-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 Otto, Ulrike. „Daniel Bohl aus Einöd spielt mit der B-Jugend von Mainz 05 in der Bundesliga“ (olmoncha). sol.de (23-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. „A-Junioren: Werder Bremen Verteidigt Rang Zwei“ (olmoncha). German Football Association (21-aprel 2013-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.
  5. Schröder, Torben. „Oberes Tabellendrittel im Blick“ (olmoncha). FuPa (3-iyul 2013-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2016-yil.
  6. Eisenhuth, Peter. „Nach dem Zittern fielen die Tore“ (olmoncha). Rhein-Zeitung (12-avgust 2013-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2016-yil.
  7. Dietel, Carsten. „Diesmal noch Lehrgeld gezahlt“ (olmoncha). FuPa (27-iyul 2014-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2016-yil.
  8. „U 19-JUNIOREN MÜSSEN SIEGEN UND HOFFEN AUF SCHÜTZENHILFE“ (olmoncha). German Football Association. Qaraldi: 26-yanvar 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]