Cirilo Saucedo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cirilo Saucedo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cirilo Saucedo Nájera
Tavallud sanasi 5-yanvar 1982-yil (1982-01-05) (42 yosh)
Tavallud joyi Acámbaro, Guanajuato, Mexico[1]
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tijuana Reserves U-20 (Menejer)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2004 León 26 (0)
2004—2006 Dorados de Sinaloa 67 (0)
2006 Veracruz 3 (0)
2006—2011 Tigres UANL 101 (0)
2008—2009 → Indios de Ciudad Juárez (ijara) 33 (0)
2011—2015 Tijuana 141 (0)
2015—2016 Monarcas Morelia 14 (0)
2016—2017 → Juárez (ijara) 27 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2015 Meksika 2 (0)
Boshqargan klublari
2021- Tijuana Reserves and Academy
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Cirilo Saucedo Nájera (talaffuzi: Cirilo Sacedo Najera; 1982-yil 5-yanvarda Mexikoda tugʻilgan) — meksikalik futbolchi va darvozabon. U Meksika terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cirilo Saucedo „Leon“ futbol klubida oʻynab, mashhurlikka erishdi. U jamoaning uchinchi darvozaboni edi, lekin asta-sekin klubning birinchi jamoasidan joy olgan. 2004-yilda u „Dorados“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2004-yil 15-avgustda u klub safida  „América“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Birinchi mavsumda u jamoa safida 17 ta oʻyin oʻtkazib, 32 ta gol oʻtkazib yuborgan. Keyingi mavsumda Cirilo Saucedo „Veracruz“ futbol klubiga oʻtgan. Mashgʻulotlarda Cirilo Saucedo yelkasidan jarohat olgani sababli jamoa safida atigi 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

2007-yilda Cirilo Saucedo hujumchi Sebastian Gonsalez oʻrniga „UANL Tigres“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. „UANL Tigres“ futbol klubi tarkibida uch mavsum davomida Cirilo Saucedo asosiy darvozabon boʻlgan. 2008-yil 24-avgustda „Toluca“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.

2011-yilda Cirilo Saucedo „Tijuana“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. 24-iyul kuni „Atlético Morelia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2012-yil Aperutra mavsumida Cirilo Saucedo „Tijuana“ futbol klubi bilan chempion boʻlgan. 2015-yilning yozida Cirilo Saucedo „Atlético Morelia“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-iyul kuni „Cruz Azul“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2016-yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Juárez“ futbol klubiga  ijaraga oʻtgan. 17-iyul kuni „Mineros de Zacatecas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan. Ijara muddati tugagach, Cirilo Saucedo erkin agentga aylangan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 31-yanvarda Cirilo Saucedo Meksika terma jamoasi safida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cirilo Saucedoning onasi AQSh fuqarosi boʻlgani tufayli Saucedo Amerika futbol jamoasida oʻynash huquqiga ega. 2013-yilda u Meksika terma jamoasining oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan[4].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Santos Laguna Meksika bayrogʻi Meksika 2001—2002
Club León Meksika bayrogʻi Meksika 2002—2004
Dorados de Sinaloa Meksika bayrogʻi Meksika 2004—2006
Tiburones Rojos de Veracruz Meksika bayrogʻi Meksika 2006
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2007—2008
Club de Fútbol Indios Meksika bayrogʻi Meksika 2008—2009
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2009—2011
Club Tijuana Meksika bayrogʻi Meksika 2011—2015
Monarcas Morelia Meksika bayrogʻi Meksika 2015—2016
Fútbol Club Juárez Meksika bayrogʻi Meksika 2016—2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cirilo Saucedo“. 2013-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
  2. „Индиос VS. Толука 1:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 24-avgust). 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  3. „Мексика VS. Дания 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 31-yanvar). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.
  4. Gomez, Eric „Tijuana goalkeeper Cirilo Saucedo: U.S. Soccer has been in touch with my agent – Yahoo! Sports“. Sports.yahoo.com. 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-avgust.