Chu Xay oliy ta'lim kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chu Xay oliy ta'lim kolleji
Prezident C. F. Lee

Koordinatalari: 22°22′32.2493925468″N 113°59′11.560592651981″E / 22.375624831263000°N 113.98654460906999475°E / 22.375624831263000; 113.98654460906999475 G O

Chu Xay oliy taʼlim kolleji Gonkongning Tuen Mun shahridagi xususiy diplom beruvchi institut hisoblanadi. Kollej jurnalistika va Xitoy tarixi dasturi asoida oʻitish boʻyich nom qozongan.  Hozirgi vaqtda Chu Xay kolleji Oʻrta maktabdan keyingi taʼlim tizimi toʻgʻrisidagi qarorga (320-sonli) muvofiq tasdiqlangan oʻrta maktab hisoblanadi. Chu Xay oliy taʼlim kolleji British Broadcasting Corporation bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. [1]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejning tarixi 1947-yilda Xitoyning Guanchjou shahridagi Chu Xay universitetiga (私立珠海大學) borib taqaladi.  Xususiy universitetda Xitoy Respublikasining taniqli oʻqituvchilari, moliyachilari va qonun chiqaruvchilari tomonidan asos solingan. Kollej asoschilari Chen Jitan, Huang Lunshu, Li Yangjin, Ven Fangpu va Kong Mou Sum hisoblanishadi. Kollej1949-yildagi Xitoy fuqarolar urushi paytida Guanchjou Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Kollej Gonkongga koʻchirildi. Taʼlim muassasasi Gonkong qonunchiligiga koʻra universitet sifatida tan olinmaganligi sababli oʻzini Chu Xay kolleji (珠海書院) deb oʻzgartirishga majbur boʻldi va nomini oʻzgartiedi.

Koʻp yillar davomida u Xitoy Respublikasi hukumati bilan juda yaqin aloqada boʻldi, chunki kollejlarning koʻplab taʼsischilari va keyingi yuqori lavozimli xodimlari 1949 yilgacha boʻlgan Xitoy Xalq Respublikasi hukumatida sobiq amaldorlar yoki qonunchilar edi. U Xitoy Respublikasi Taʼlim Vazirligida Chu Xay universiteti (珠海大學) nomi bilan roʻyxatga olingan va Xitoy Respublikasi Taʼlim vazirligi nomidan ilmiy darajalar berishga ruxsat berilgan. U Tayvandagi universitetlarga oʻxshash maqom va eʼtirofga ega edi. Kollej, shuningdek, Xitoy Respublikasidan har yili grantlar oldi va Xitoy Respublikasida oliy taʼlim olishni xohlovchi Gonkong talabalari uchun Tayvan universitetiga kirish imtihonlarini boshqarish agenti vazifasini bajardi.

Korpuslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gonkongga koʻchib oʻtgandan soʻng, kollej 大同中學 Dai Tong oʻrta maktabi binosida joylashti va oʻzining birinchi korpusiga ega boʻldi. Biroq, keyinchalik kollej yopildi va Tsuen Vanga shahriga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi.

Tan olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda Chu Xay oliy taʼlim kolleji Gonkongda bakalavr darajasini bera oladigan 17 ta muassasadan biri hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]