Chayonlar so‘qmog‘i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chayonlar so‘qmog‘i
Muallif(lar) Nabijon Xoshimov
Mamlakat O‘zbekiston
Til O‘zbekcha
Nashriyot "O‘zbekiston" NMIU
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2018-yil
Sahifalar soni 448-bet Qalin muqova.

Chayonlar so‘qmog‘i — Nabijon Xoshimovning asari bo‘lib mazkur asarda mustaqil O‘zbekiston respublikasiga tahdid solgan ichki va tashqi g‘animlarning faoliyati, hayotda adashib yurgan ba’zi yoshlarning ayanchli qismati bayot etilgan.[1]

Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik hamda umumiy dushmanga qarshi hamjihatlik bilan olib borgan kurashlari, yoshlar o‘rtasidagi ona-Vatan va sevimli yorga bo‘lgan samimiy muhabbat tuyg‘ulari badiiy bo‘yoqlar hamda sarguzashtli voqealar tarzida qiziqarli bayon etilgan. Uni mutolaa qilar ekansiz, o‘zingizni asar qahramonlari bilan birga yurtimizning maftunkor tabiatini, qolaversa, O‘zbekiston sarhadlaridagi ko‘rkam tog‘lardan ufurayotgan zira hidlarini his etasiz. Afsuski, yaqin o‘tmishda bu go‘zallik zamirida mamlakatimiz va qo‘shni hamdo‘stlik davlatlarining barqarorligi uchun umumiy xavf bo‘lgani yodingizga tushadi. Hozirgi tinch va osoyishta kunlarga yetishish, mustaqillikni asrash yurtdoshlarimiz uchun oson kechmagani, balki vatan xoinlari va dushmanlari bilan murosasiz kurash olib borilganiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Asar O‘zbekiston ozodlikka erishgach, endigina taraqqiyot sari dadil qadam tashlayotgan davrda bo‘lib o‘tgan real tarixiy voqealarga asoslangan bo‘lib, u muallifning badiiy to‘qimalari bilan yanada boyitilgan.

Asardan parcha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Normurod adashganligi

uchun hukumatimizdan avf qilishlarini so‘rab ariza yozgan. – Ha, hozir unga o‘xshagan qancha yigitlarimiz adashib, aldanib yurishibdi, nechtasi hali oq-qorani tanimay, hayot lazzatini totimay juvonmarg bo‘lib ketishayapti, – dedi inspektor xo‘rsinib. – Eng yomoni, bu vahhobiylik oqimi ularning miyalarini zaharlab, "zombi"ga aylantirib, o‘z vatanlariga qarshi, hatto qurol ko‘tarib kelishlarini uyushtirmoqda. Normurod Rahmatilla degan hamqishlog‘i haqida menga gapirib beruvdi. Qarang, o‘zi tuppa-tuzuk yigit, bir ziyoli odamning farzandi ekan. Vahhobiylik ta’siriga kirib, uyidan qochib ketibdi. U hozir umuman islomga zid bo‘gan kallakesarlik va qaroqchilik bilan shug‘ullanarkan. Bu bilan islom armiyasining g‘aznasini boyitmoqchi emish, muttaham. – Mening eshitishimcha, jang maydonidagi islom lashkarlarining har biriga kuniga 500 dollardan pul to‘lashayotganmish, ya’ni yoshlarni pul bilan aldashmoqda. – Lekin qanaqa deng, qalbaki pul bilan. Ana ishonmasangiz, Normuroddan so‘rang. – Qalbaki bo‘lmaganida ham koshki bu pullar halol bo‘lsa. – dedi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Chayonlar so‘qmog‘i“. Respublika yigʻma elektron katalogi. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr. [sayt ishlamaydi]