Charlie Harary

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charlie Harary

Charles Harary (1977-yil iyulda tugʻilgan) – amerikalik investor, strategik maslahatchi va professor boʻlib, u ruhlantiruvchi notiq, radio-shou boshlovchisi sifatida shuhrat qozongan. U pravoslav yahudiylardandir.

Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harary Quenns College siyosatshunoslik va kommunikatsiyalar boʻyicha bakalavr darajasini olgan, bu bilim yurtini magna cum laude (ing. with great praise; oʻzb. katta maqtovlar bilan) tamomlagan. Keyinchalik Columbia Law School da qatnashgan[1] va u yerda James Kent Scholar va Harlan Fiske Stone Scholar martabasidagilar safida boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harary Nyu-Yorkda joylashgan RXR Realty koʻchmas mulk kompaniyasining kapital bozorlari boʻyicha katta direktori boʻlgan. Shu kungacha Harary Nyu-Yorkda joylashgan H3 & Company nomli tashabbus kapitali va maslahat firmasiga asos solgan. H3 Capital’dan oldin Harary RXR Realty’da vitse-prezident boʻlgan. Bunga qadar Hrary Paul, Weiss, Rifkind, Wharton & Garrison va David Polk & Wardwell kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlagan.

Harary shaxsiy oʻsish, biznes strategiya va samaradorlik mavzularida nutq soʻzlagan[2]. U TheBlaze Radio Networkda Charlie Harary shousi deb nomlangan haftalik podkastni olib borgan[3]. TheBlaze Radio Network efirga uzatilishidan oldin Charlie Harary shousi shanba kun kechqurunlari WABC da efirga uzatilgan. Harary, shuningdek, Nachum Segal tarmogʻidagi haftalik biznesga yoʻnaltirilgan "The Boardroom" radio koʻrsatuviga mezbonlik qilgan[4]. U, shuningdek, "Unlocking Greatness" podkastini oʻtkazib, u yerda muvaffaqiyatli tadbirkorlar, tafakkurli yetakchilar, oʻzgarishni targʻib qiluvchi agentlari, inluenserlar va ekspertlardan ularning muvaffaqiyatga qanday erishganini tushunish maqsadida intervyular olgan[5].

2015-yilning may oyida Harary #TheAskCharlieShow videosida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob beradigan, biznes olamida shaxsiy oʻsish va samaradorlik masalalariga oid savol-javobga asoslangan shousini ishga tushirgan[6]. U bir nechta nashriyotlar bilan hamkorlik qilgan: Inc.[7], Entrepreneur[8][9][10], Forbes[11][12], US News & World Report[13], Monster.com[14][15], Barcha biznes ekspertlari[16], Tech Republic[17], Daily News[18], va The Intelligence shular jumlasidandir.

Harary menejment va tadbirkorlik boʻyicha klinik professor va Yeshiva universiteti qoshidagi Syms School of Business yashash joyida yordamchi boshqaruvchi va tadbirkor mutaxassis boʻlib faoliyat yuritgan[19].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Nachum Segal Show Staff Bio: Charlie Harary
  2. Mishpacha Magazine Inspired and Inspiring, A Conversation with Charlie Harary (Wayback Machine saytida 2017-11-09 sanasida arxivlangan), January 7, 2013
  3. Kinosian, Mike „Profile: WABC's Charlie Harary“. TALKERS. 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  4. The Boardroom with Charlie Harary
  5. „Unlocking Greatness with Charlie Harary on Apple Podcasts“. iTunes.
  6. „Video: #TheAskCharlieShow: How to Overcome Your Fear of Public Speaking“ (2015-yil 27-iyul).
  7. „10 (More) Leadership Experts Share Their Best Leadership Tip“ (2015-yil 17-fevral).
  8. „5 Rules for Successful Meetings“ (2015-yil 5-yanvar).
  9. „4 Lessons Entrepreneurs Can Take from the Kids Going Back to School“ (2014-yil 18-sentyabr).
  10. „How Thoughtful Leaders Earn Employee Loyalty“ (2014-yil 9-sentyabr).
  11. „盘点2014年度最糟糕的Ceo_商业福布斯中文网“. 2015-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
  12. „Where's Stanley Sandberg to Show Millennial Men They Can Have It All?“. Forbes.
  13. Madell. „4 Ways to Find Work-Life Balance During the Holidays“. U.S. News & World Report (2014-yil 23-dekabr). 2019-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „4 Unexpected Ways to Shine on Your Resume“.
  15. „Working From Home can Benefit the Employer as much as the Employee | Monster.com“. www.monster.com. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Starting a Business Archives“. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  17. „Let it go: Embracing employee freedom in the workplace“ (2014-yil 10-sentyabr).
  18. „Four unexpected ways to shine on your resume“. New York Daily News.
  19. „Baltimore Jewish Life | Where Baltimore Jewish Life Really Happens!“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-mart. January 29, 2013