Buxgolts ekspeditsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buxgols ekspeditsiyasidan yoʻnaltirildi)

Buxgolts ekspeditsiyasi — Turkistonga josuslik maqsadida yuborilgan harbiy ekspeditsiya. Petr I ning 1714-yil 22-may farmoni bilan tuzilgan. 1715-yil Tobolskdan chiqib, Irtish daryosining yuqori oqimi boʻylab yoʻl olgan 60 kema va 3 ming kishidan iborat ekspeditsiyaga rus ofitseri I. D. Buxgolts rahbarlik qilgan. Uning maqsadi Irtish daryosi boʻyiga qalʼa qurish, Amudaryodagi oltin sochmalarni tekshirish va daryoning dengizga quyiladigan yerini aniqlash va tadqiq etishdan iborat boʻlgan. Ekspeditsiya 1715-yil oktabrda Yamishevo koʻliga yetib borib, uning qirgʻogʻida qalʼa qurishga kirishgan.

1716-yil fevralda 10 ming kishilik qalmoqlar qoʻshini Buxgolts ekspeditsiyasi ga qoʻqqisdan hujum qilgan. Uch oylik qamal va qalʼada yuqumli kasallik tarqalganidan soʻng, Buxgolts omon qolgan qoʻshini (700 kishi) bilan 1716-yil oxirida Tobolskka qaytib ketgan.