Burcu Alıcı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burcu Alıcı
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 14-yanvar 2001-yil (2001-01-14) (23 yosh)
Gaziantep, Turkiya
Vazni 55 kg (121 lb)
Sport
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya

Duygu Alıcı (2001-yil 14-yanvarda tugʻilgan) – 55 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan turkiyalik ogʻir atletikachi[1].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alıcı oʻn ikki yoshida oʻrta maktabda sanʼat ustozining daldasi bilan ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan[2].

Oʻz mamlakatida bir qancha musobaqalarda gʻolib chiqqan, jumladan, maktablararo chempionatda birinchi oʻrin, U15 va U17 divizionlarida birinchi oʻrinlar va 55 vazn toifasida „Clean & Jerk“ musobaqasida yoshlar rekordini yangilagan. Bosniya va Gertsegovinada chempion[2]. 2022-yilda ogʻir atletika boʻyicha Turkiya chempionatida 55 kg toifasida ishtirok etgan va dast koʻtarishda 80 kg, siltab koʻtarishda esa 105 kg lik natijani qayd etgan[3].

2024-yil Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida 55 kg vazn toifasidagi dast koʻtarishda 85 kg va siltab koʻtarishda 105 kg natija bilan ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. 55 kg vazn toifasida dast koʻtarishda 85 kg bilan oʻzining rekordini yangilagan[4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duygu Alici 2001-yil 14-yanvarda Turkiyaning Gaziantep shahrida tugʻilgan[5][2]. Uning egizai Duygu va ikki yoshli singlisi Züleyxa bor, u ham ogʻir atletika bilan shugʻullanadi[2].

Alıcı Istanbul taraqqiyot universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetining Sport menejmenti talabasiref name="besyo"/>[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Burcu Alıcı'dan Bulgaristan'da iki bronz madalya!“ (tr) (2024-yil 14-fevral). Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 İnal, Feride Pelin.. „Halterci üç kız kardeşin gözü dünya şampiyonluğunda“ (tr) (2019-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  3. „Milli Haltercilerimiz Duygu Alıcı ve Burcu Alıcı Trt Spor Yıldız'da“ (tr). BESYO (2023-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
  4. „Burcu Alıcı'nın madalya coşkusu: "Çok çalıştım, çok emek verdim"“ (tr) (2024-yil 13-fevral). Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
  5. „European Weightlifting Championships 2024 Start Lists“. Weightlifting House. Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  6. „İGÜ’lü haltercilerin "Türkiye Şampiyonluğu" başarısı“ (tr). İstanbul Gelişim Üniversitesi. Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.