Burak Sevinch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burak Sevinch

Burak Sevinch, 2019-yildagi TEMA Vakfı kechasida
Tavalludi 27-oktyabr 1985[1]
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Yıldız Texnik Universuteti (tashlagan)
Kasbi Aktyor, Qo'shiqchi
Mukofotlari Turkiya yoshlar mukofoti,Oltin kapalak mukofoti

Burak Sevinch-(1985-yil 27-oktabrda tugʻilgan, Zonguldak ) - turk aktyori va musiqachisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burak Sevinch 1985-yil 27-oktyabrda Turkiyaning Qora dengiz mintaqasidagi Zonguldak shahrida tug'ilgan. U Ud cholg'usi ijrochisi Özjan Sevinchning o'g'li hisoblanadi.

Boshlang'ich va o'rta maktabni Zonguldakda tamomlagandan so'ng, Sevinch oliy ta'lim olish uchun Istanbulga ko'chib ketadi va Yulduz Texnik Universiteti Dizayn fakultetining musiqa va sahna san'at bo'limiga o'qishga kiradi, lekin, ikkinchi kursda universitetni tark etdi. Bir intervyusida, "Hamma joyda Yulduz Texnika Universitetini tamomlaganim aytiladi, lekin YTUni ikkinchi kursda tashlab ketdim. Men San'at va dizayn fakultetining "Musiqa ansambllari" bo'limida o'qirdim" deb javob bergan. [2]

Aktyorlik bilan bir qatorda musiqaga ham qiziqqan aktyor 11 yoshida otasining tavsiyasi bilan Turk Mumtoz Musiqa Assotsiatsiyasida Qonun cholg‘u asbobi bo'yicha saboq ola boshlaydi. [3] 6 oylik mashg‘ulotdan so‘ng Sevinch skripka, ud, qonun va gitara kabi cholg‘u asboblarida chalishni o'rgandi va 1997-yili Zonguldak San’at Musiqa uyushmasida kontsert berishni boshladi. U bir muddat Behzat Gerçeker rahbarligidagi Enbe orkestrida musiqachi sifatida ham professional faoliyat yuritadi. [4] Aktyorlik va musiqachilikdan tashqari duradgorlikka ham qiziqqan Sevinch o'z intervyularidan birida “Bir necha yillardan beri duradgorlikka juda qiziqaman, yog‘och bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘raman. Uyimdagi ko'p narsalar o'zimniki. Bu men uchun terapiya. “Men soatlab hech narsani o‘ylamay ishlay olaman”, deydi u. [5] Yoshligidan g'avvoslikka qiziqqan Sevinch 5 yil davomida g'avvoslik bo'yicha ta'lim olgan. Uzoq muddatli mashg'ulotlardan so'ng u 7 yildan ortiq professional ravishda g'avvoslik bilan shug'ullanadi. [6] Basketbol, voleybol, gandbol kabi sport turlariga ham qiziqadi. [7]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-2016: Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

U ilk aktyorlik faoliyatini 2011-yilda rejissyor Ahmet Katiksiz iltimosiga ko‘ra, “ Otam uchun” serialidagi “Alpay” obrazi bilan boshlagan. [8] Serial tugagallangandan so‘ng 2012-yilda “Yo‘l Ayrimi” serialida “Yusuf” obrazini ijro etadi. Keyin u "Salom Hayot" (2013-yil) va "Yolg'on Dunyo " (2013-yil) kabi teleseriallarda epizotik rollarni ijro etadi. Xuddi shu yili u Pana Film tomonidan ishlab chiqarilgan "Men uni juda sevdim" (2013-yil) teleserialida suratga tusha boshladi. Mehmet Aslantug', Idil Fırat va Birce Akalay kabi aktyorlar ishtirok etgan serialda Mehmet Aslantug'ning haydovchisi "Hasan Bey" rolini o'ynadi. Serialning 15-qismida suratga tushganidan so‘ng, u Po‘lat Alemdarning qo‘riqchisi “Timur Emir” obrazi bilan o‘sha prodyuserlik kompaniyasining boshqa bir seriali “Qashqirlar makoni : Pistirma ” (2013-yil) ga o‘tkazildi. [9] Bir intervyusida shu roli uchun bir yil ichida 16 kilogramm tashlaganini aytgan Sevinch, “Rol uchun Wing Chun deb nomlangan jangovar sport turini o'rgandim. Chunki Necati Shashmaz mendan shunday narsani talab qilgan edi. Bu mudofaa sporti, lekin bu juda qiyin sport. Siz raqibingizga eng qisqa yo'l bilan hujum qilishni o'rganasiz. Men ushbu sport bilan jismoniy tayyorgarligimni saqlab qoldim. Men shakarni hayotimdan olib tashlab, bir yilda 16 kilogrammni tashladim." degan edi. [10] Serialda 3 fasl suratga tushganidan so‘ng, ssenariy bo‘yicha o‘lib serial bilan xayrlashdi. Keyingi davrda “Uylangan va gʻazablangan” (2015-yil), “Oltinsoylar ” (2016-yil) seriallarida va “Qaytib kelsa menikidir” (2016-yil) filmlarida suratga tushdi.

2017- yildan hozirgi kungacha: So'z, Dog',Qirmizi xona va boshqa loyihalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda “Dog'” serialida “Jem Yenilmez” rolini ijro etgan.

Burak Sevinch 2017-2019-yillar oralig'ida "Va'da<i id="mwUQ">"</i> serialidagi "Fethi Kulaksiz" obrazi bilan bir qancha muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Serialda askar rolini o'ynagan Sevinch, tayyorgarlik jarayonida nafaqadagi maxsus kuchlar tomonidan ikki hafta davomida og'ir lagerda sheriklari bilan harbiy ta'lim oladi. Yagona tartib-intizom, salomlashish, qo'riqlash tartib-qoidalari, murojaat qilish uslubi, qurolni olib yurish va ishlatish tamoyillaridan tashqari, u yaqin himoya va jangovar tayyorgarlikdan ham o'rganadi. [11] Sevinch ssenariyga ko'ra, serial uchinchi faslining oxirlarida vafot etadi, serial bilan xayrlashdi. [12] Shundan so'ng, 2019-yil aprel oyida Melis Sezen bilan "<i>Dog'</i>' teleserialida birinchi bosh rolini ijro etadi. [13] 9-qismdan so'ng bekor qilingan serialda aktyor “Jem Yenilmez” obrazini ijro etgan. 2020-yil boshida u birinchi teatrdagi faoliyatini "Izmir Qizlari" nomli musiqiy filmda rol ijro etish bilan boshlaydi, filmda u Gokche Bahadir bilan bosh rolni o'ynadi. Myuziklning premyerasi 2020-yil 24-yanvarda bo‘lib o‘tdi. [14] [15] Sevinch musiqiy filmdagi aktyorlik va vokal ijrosi bilan katta olqishlarga sazovor bo'ldi. 2020-yil 11-may kuni butun dunyo boʻylab sodir boʻlayotgan COVID-19 pandemiyasi va Turkiyada koʻrilayotgan chora-tadbirlar tufayli myuzikl bir qancha vaqtga toʻxtatildi.

U 2020-yil 14-fevralda Algi Eke va Nur Sürer ishtirokida ekranlarga chiqqan romantik komediyada “Gökhan Hanjiog‘lu” rolini ijro etadi. [16] O'sha yili u TV8 telekanalida namoyish etilgan va psixiatr Gulseren Budayıcıog'luning "Medalyon ichida" romani asosida suratga olingan "Qirmizi xona" serialida Binnur Kaya, Tulin O'zen va Merich Aral bilan bosh rollarni ijro etib, serialdagi “Doktor Deniz Saner” obraziga hayot baxsh etadi. [17] Serialning 30-qismida suratga tushganidan so‘ng u o‘z iltimosiga ko‘ra loyihani tark etgan. [18]

Hozirgi vaqtda Sevinch Turk adabiyoti tarixidagi mashhur shoir Hoji Bayram Veli hayotini hikoya qiluvchi "Ishq sayohati" teleserialidagi " Hoji Bayram Veli " obrazini gavdalantirmoqda. . [19]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 1-avgustida Zonguldak Kapuz plyajida u Istanbul shahar teatri aktrisasi va yoga boʻyicha oʻqituvchi Shirin Rehber bilan turmush qurdi. [20] Er-xotin 2021-yil may oyidagi sud majlisida ajrashishdi. [21]

Burak Sevinch 2020-yil aprel oyida mast holda mashina haydab ketayotib, avtohalokatga uchradi. Aktyor qoni tarkibida 1,28 promil spirt borligi aniqlangach, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan. Prokuratura “Yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirish” jinoyati uchun 6 yilgacha qamoq jazosini talab qilib, ayblov e’lon qildi. [22] Istanbul mahkamasida sudya huzuriga kelgan Sevinch sud majlisida voqea sodir bo‘lgan kuni spirtli ichimlik ichib, mashina boshqarganini tan oldi. Sud Sevinchni jinoyat bayoni va ayblanuvchining aybiga iqror bo‘lganligi sababli 2 oy 15 kun muddatga ozodlikdan mahrum qildi. [22]

Xayriya ishlaridagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burak Sevinch ko'plab ijtimoiy xayriya loyihalarida ishtirok etgan. U 2018-yilda "Zuhal musiqa va saratonsiz hayot" uyushmasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan “You Press a Note” ijtimoiy xayriya loyihasida ishtirok etdi. Loyiha doirasida barcha yosh guruhlar uchun ritm mahorat darslari tashkil etildi. Sevinch ritm maktablarida saraton bilan xastalangan bolalarga ritm darslari berdi, shuningdek, ko'plab mashhur bilan birga Bulent Ortachgilning "Men bilan o'ynaysanmi?" qo'shig'ini kuyladi. Loyihadan olingan barcha daromadlar  saraton kasalligi bilan xastalangan bolalarni davolash uchun "Saratonsiz hayot" uyushmasiga topshirildi. [23]

U 2020-yil yanvar oyida "Butunjahon insonlarga yordam assotsiatsiyasi" boshchiligida amalga oshirilgan "Zulmatni sindirish/Bir narsa deyish" loyihasida ishtirok etdi. Sevinch Turkiyada kundan-kunga ortib borayotgan bolalarga nisbatan zo'ravonliklarning oldini olish va bolalarda ogohlikni oshirish maqsadida tayyorlangan "Zulmatni sindirish" nomli qisqa metrajli filmda Şevval Sam, Belchim Bilgin va Engin Altan Düzyatan kabi aktyorlar bilan birga rol ijro etdi. [24] Bundan tashqari, 2016-, 2018- va 2019-yillarda u NTV telekanalida TEMA fondi tomonidan tashkillashtirilgan “Umid baxsh etadigan qo‘shiqlar” nomli maxsus ko‘rsatuvda ko‘p marotaba ixtiyoriy ravishda qo'shiq kuylagan va bolalarning tabiatdan ta’lim olishiga xizmat qilgan. [25]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sinema
Yıl Yapım Rol Notlar
2016 Dönerse Senindir Arda Ardan Yardımcı oyuncu
2017 Mahalle Cafer
2020 Nasipse Olur Gökhan Hancıoğlu Başrol oyuncusu
2022 Soygun Oyunu: Büyük Vurgun Ali Toprak
2023 Murat Göğebakan: Kalbim Yaralı Murat Göğebakan
Roza Ferdi
2024 Hatıran Yeter Adem
Beyaz Eşya Nihat
Televizyon
Yıl Yapım Rol Notlar
2011 Babam İçin Alpay Yardımcı oyuncu
2012 Yol Ayrımı Yusuf
2013 Merhaba Hayat Onur Konuk oyuncu
Yalan Dünya -
Ben Onu Çok Sevdim Hasan Yardımcı oyuncu
2013-2015 Kurtlar Vadisi Pusu Timur Emir
2015-2016 Evli ve Öfkeli Cihan
2016 Altınsoylar Oğuz Katran
2017-2019 <i id="mwARA">Söz</i> Fethi Kulaksız (Avcı) Başrol oyuncusu
2019 <i id="mwARc">Leke</i> Cem Yenilmez
2020-2021 Kırmızı Oda Dr. Deniz Saner
2022 <i id="mwASQ">Aşkın Yolculuğu:</i><br id="mwASU"><br><i id="mwASY">Hacı Bayram-ı Veli</i> Numan bin Ahmed /

Hacı Bayram-ı Veli
İçimizdeki Ateş Doğan Yener
2023-günümüz Hudutsuz Sevda Fikret Leto
İnternet dizi ve filmleri
Yıl Yapım Rol Notlar
2021-2022 Bonkis Onur Başrol oyuncusu
2022 Sadece Arkadaşız Emre Konuk oyuncu
2023 1973: Biltmore Oteli Cinayeti Bahadır Demir Başrol oyuncusu

Teatrdagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr
Yil O'yin Rol Eslatmalar
2020 Izmir qizlari Ediz Bosh rol

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Taqdirlash marosimi Turkum Loyiha Xulosa
2019 5. Turkiya yoshlar mukofotlari Teleserialdagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor <i id="mwAXc">Va'da</i> Nominatsiya
10. KTU Media mukofotlari Ikkinchi plandagi eng mashhur aktyor Nominatsiya
Eng yaxshi teleseriallar juftligi (Action & Fethi) Nominatsiya
2020 46. Pantene Oltin Kapalak mukofotlari Eng yaxshi aktyor Dog' Nominatsiya
Eng yaxshi serial juftligi (Yasemin va Cem) Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Burak Sevinç: “Oyuncu aslında seyircidir”“ (Türkçe). ranini.tv. 16 mayıs 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 mayıs 2021.
  3. „“Müzik de oyunculuk da derya deniz”“ (Türkçe). Milliyet. 26 ocak 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 mayıs 2021.
  4. „“Müzik de oyunculuk da derya deniz”“ (Türkçe). Milliyet. 26 ocak 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  5. „Kırmızı Oda'nın terapisti Deniz içini döktü“ (Türkçe). Cumhuriyet. 28 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  6. „'Oldukça zor oldu'“ (Türkçe). hthayat.haberturk.com. 1 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 mayıs 2021.
  7. „Burak Sevinc“ (İngilizce). neslihanyaprak. 25 mayıs 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  8. „Burak Sevinç: “Oyuncu aslında seyircidir”“ (Türkçe). ranini.tv. 16 mayıs 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 nisan 2021.
  9. „İki dizi arasında transfer!“ (Türkçe). Milliyet. 20 mayıs 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  10. „Necati Şaşmaz çok şeker bir adam“ (Türkçe). Sabah. 16 eylül 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  11. „'Söz' dizisi oyuncuları askeri eğitim aldı“ (Türkçe). NTV. 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 temmuz 2021.
  12. „Burak Sevinç, Söz dizisine veda etti“. Sözcü. 16 nisan 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 nisan 2021.
  13. „Melis Sezen ve Burak Sevinç: Aşktan kaçılmaz!“ (Türkçe). Posta. 2 temmuz 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 nisan 2021.
  14. code.company. „'İzmir'in Kızları' prömiyer yaptı!“ (Türkçe). Gecce. 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 nisan 2021.
  15. „'İzmir'in Kızları' başlıyor“ (Türkçe). Hürriyet. 17 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 nisan 2021.
  16. „Nasipse Olur filmi konusu ve oyuncuları“ (Türkçe). hthayat.haberturk.com. 2 ocak 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 nisan 2021.
  17. „Kırmızı Oda oyuncuları kimler?“ (Türkçe). hthayat.haberturk.com. 21 ocak 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 mayıs 2021.
  18. „Kırmızı Oda'da yaprak dökümü: İki başrol oyuncusu diziden ayrıldı“ (Türkçe). T24. 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 mayıs 2021.
  19. „Burak Sevinç ile Almila Ada'nın başrolündeki Hacı Bayram-ı Veli dizisi geliyor“ (Türkçe). aksam.com.tr. 25 mayıs 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  20. „Müzikal gibi düğün | Oya Doğan | GAZETE VATAN“. www.gazetevatan.com. 22 ağustos 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 nisan 2021.
  21. „Burak Sevinç 6 yıllık evliliğini tek celsede bitirdi - AyaklıGazete“ (Türkçe). 17 mayıs 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 mayıs 2021.
  22. 22,0 22,1 „Oyuncu Burak Sevinç'e hapis cezası! Burak Sevinç alkolün dozunu kaçırıp...“ (Türkçe). CNN Türk. 14 nisan 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 mayıs 2021.
  23. „Kanserli çocuklar için anlamlı proje“ (Türkçe). Milliyet. 11 aralık 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  24. „Karanlığı Arala!“ (tr-TR) (17 nisan 2020). 22 eylül 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.
  25. „Ünlüler Sezen Aksu şarkılarını çocuklar ve doğa için söyledi“ (Türkçe). NTV. 29 nisan 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 mayıs 2021.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]