Bug‘ra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bugʻra — erkak tuya. Og‘ir yuk koʻtaradigan, bichilgan tuya. U yag‘mo qabilasining totemi hisoblangan. Qarluq-Qoraxonlar hoqonlari „bugʻra“ unvoni bilan ulugʻlangan. Xorun Bugʻraxon, Muhammad ibn Yusuf Bugʻraxon, Ibrohim ibn Nasr Bugʻraxon va boshqalar. Bu unvon asosan Satuk Bug‘ra Qoraxon (930-955) davridan boshlab koʻproq uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • N. B. Rabgʻuziy. Qisasi Rabgʻuziy.
  • Mahmud Koshgʻariy. Devonu lugʻotit turk. 1-jild.