Brianna Turner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brianna Turner
Phoenix Mercury
Pozitsiyasi Hujumchi
Liga WNBA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 5-iyul 1996-yil (1996-07-05) (27 yosh)
Pearland, Texas
Millati Amerikalik
Boʻyi 6 ft 3 in (1.91 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Manvel (Manvel, Texas)
Kollej Notre Dame (2014—2019)
WNBA drafti 2019 / Tur: 1 / Tanlash: 11- overall
Atlanta Dream tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2019-hozirgacha
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Brianna Turner (talaffuzi: Brianna Turner; 1996-yil 5-iyulda tugʻilgan) — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (WNBA) Pheonix Mercury va Ayollar Yevrokubogidagi Virtus Bologna jamoasida oʻynagan amerikalik professional basketbolchi. U Indiana shtatining South Bend shahridagi Notre Dame universitetining Notre Dame Fighting Irish ayollar basketbol jamoasida oʻynagan. Turner Texasning Pearland shahrida tugʻilgan[1].

2012-yilgi FIBA U-17 jahon chempionati va 2014-yilgi FIBA Americas Under-18 chempionatida u Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy basketbol jamoasi tarkibida boʻlgan.

Kollej davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turner Indianadagi Notre Dame universitetida Fighting Irish kollej basketboli jamoasida oʻynagan[2]. Turner Notre Dame jamoasini 2017-yilgi NCAA I divizioni ayollar basketboli turnirida 30-3 muntazam mavsum rekordidan soʻng, 1-oʻringa olib chiqqan. Purdue jamoasiga qarshi turnirning ikkinchi bosqichida Turner oʻzining tizzasini sindirib olgan va mavsumdagi faoliyatini yakunlagan. Keyinchalik u xuddi shu jarohat tufayli 2017—2018-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishini eʼlon qilgan. Iltimosi NCAA tomonidan rad etilganidan keyin 2018—2019-yildagi soʻnggi saralash mavsumiga qaytgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

WNBA[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilgi WNBA draftida Turner birinchi bosqichda Atlanta Dream jamoasi tomonidan jamoa tarkibiga tanlangan. Atlanta Dream bilan bir necha oʻyindan soʻng Pheonix Mercury jamoasiga transfer qilingan[4]. U yerda Turner Diana Taurasi va Brittney Grinerni oʻz ichiga olgan tarkibga qoʻshilgan. 2019-yil sentyabr oyida Turner 2019-yilgi All-Rookie Team jamoasiga qoʻshilgan[5].

WNBL[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Turner Avstraliya ayollar milliy basketbol ligasida (WNBL) Adelaida Lightning jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6]. Jamoada u Crystal Langhorne, Stephanie Talbot va Laura Hodges kabilar bilan birga oʻynagan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun belgilangan daqiqalar  RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)
 APG  Har bir oʻyin uchun uzatmalar (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun toʻp olib qoʻyishlar  BPG  Har bir oʻyin uchun Bloklar  PPG  Oʻyin uchun ochko
 TO  Har bir oʻyin uchun aylanmalar  FG%  Gol foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin toʻp tashlash foiz
 Zarba  Karyera ° Liga yetakchisi

WNBA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa GP GS MPG FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG TO PPG
2019 Phoenix Mercury 29 12 15.9 . 538 . 000 .731 4.1 0.5 0.2 0.7 0.6 4.0
2020 Phoenix Mercury 22 22 27.9 .579 . 000 . 643 9.0 1.8 1.1 2.0 1.4 7.2
2021 Phoenix Mercury 32 32 31.1 . 554 . 000 . 717 9.4 1.8 0.8 1.3 1.5 7.8
Faoliyati 3 yil, 1 jamoa 83 66 24.9 . 558 . 000 . 693 7.5 1.3 0.7 1.3 1.2 6.3
Yil Jamoa GP GS MPG FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG TO PPG
2019 Phoenix Mercury 1 1 23.0 . 000 . 000 . 000 4.0 0.0 0.0 1.0 0.0 0.0
2020 Phoenix Mercury 2 2 39.5 .800 . 000 . 250 12.5 4.0 1.0 2.0 2.5 8.5
2021 Phoenix Mercury 11 11 31.5 . 548 . 000 .684 9.9 2.5 1.3 1.9 1.2 8.5
Faoliyati 3 yil, 1 jamoa 14 14 32.0 . 565 . 000 . 609 9.9 2.6 1.1 1.9 1.3 7.9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]