Boris Xudoyorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Xudoyorov
Tavalludi 1898-yil
Vafoti 1973-yil
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi fotomuxbir

Boris Pavlovich Xudoyorov (1898-yil, Toshkent – 1973-yil, Moskva) – fotomuxbir, RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boris Pavlovich 1918–1920-yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan.

1924-yildan boshlab oʻzining fotosuratlarini „Fizkultura i sport“, „Sovetskoye foto“ jurnallarida nashr etgan. Boris 1926-yildan „Unionfoto“ agentligida fotomuxbir boʻlib faoliyat yutitgan va 1929-yildan „Spartak“ zavodining fototoʻgaragiga homiylik qilgan. 1930–1931-yillarda „Oktyabr“ ijodiy guruhi aʼzosi edi. Guruh rahbarlari A. Rodchenko va B. Ignatovich boʻlgan[1].

Xudoyorov 1931-yildan „Soyuzfoto“ agentligining sport mavzulariga ixtisoslashgan fotomuxbiri edi. Shuningdek, „mamlakatni sanoatlashtirish va kollektivlashtirishning fotoxronikasini“ yaratdi. 1932-yilda 1-mayni nishonlash paytida P-5 samolyotida Qizil maydonni, Metrostroy dizaynini, Mehnat saroyini, Sverdlovsk maydonini suratga oldi. Xuddi shu yili Nijniy Novgorod viloyatidagi Nijniy Novgorod avtomobil zavodi, Sormovo, Viksinskiy zavodi, port va boshqa ob’ektlarni suratga oldi.

Boris 1933-yildan „Izvestiya“ gazetasida, 1930-yillarning oʻrtalaridan „Komsomolskaya pravda“ gazetasida muxbir boʻlib ishladi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida „Komsomolskaya pravda“ gazetasining fotomuxbiri boʻlgan va shu vaqt ichida 3000 ga yaqin suratga olgan. Suratlarning aksariyati sovet jurnalistikasi va fotografiyasining oltin fondiga kiritilgan.

Fotomuxbir Boris SSSR Jurnalistlar uyushmasi Markaziy fotokomissiyasi byurosi va Butunittifoq koʻrgazmalari tashkiliy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

1968-yilda Pavlovichning jurnalistik faoliyatning 40 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazma boʻlib oʻtdi (Moskva, Jurnalistlar markaziy uyi).

Xudoyorovning fotosuratlari bugungi kungacha namoyish etib kelinmoqda[2].

Boris Moskvadagi Vagankovskoye qabristoniga dafn etilgan (16-uchastka).

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotomuxbir Pavlovich Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Борис Кудояров“. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  2. „Лицо Блокады — Борис Кудояров“. Росфото. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral. [sayt ishlamaydi]