Bjørn Helge Riise

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bjørn Helge Riise
Riise Fulham bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bjørn Helge Semundseth Riise[1]
Tavallud sanasi 21-iyun 1983-yil (1983-06-21) (40 yosh)[2]
Tavallud joyi Ålesund, Norvegiya
Boʻyi 1.74 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hessa
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2003 Aalesund 49 (5)
2003—2005 Standard Liège 17 (0)
2004—2005Brussels (ijara) 31 (2)
2005—2009 Lillestrøm 86 (10)
2009—2012 Fulham 15 (0)
2011Sheffield United (ijara) 13 (1)
2011Portsmouth (ijara) 2 (0)
2012—2015 Lillestrøm 82 (7)
2015—2018 Aalesund 55 (3)
2018 Sogndal 8 (0)
Milliy terma jamoa
2004—2005 Norvegiya U21[3] 16 (5)
2006—2013 Norvegiya[4] 35 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Byorn Xelge Semundset Riise (1983-yil, 21-iyunda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi. Yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Norvegiya terma jamoasi safida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. 2009-yilning iyulidan 2012-yilning avgustigacha APLning Fulham klubida o‘ynagan. „Liverpool“ va „Fulham“ning sobiq futbolchisi

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aalesund[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshida Riise bir qancha klublar, jumladan, Manchester City va Cardiff City klublarida oʻynashni xohlagan. Ammo 2000-yilda Aalesund safida qoʻshilgan. Klubdagi 3 mavsum davomida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Standard Liège[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil yanvar oyida Standard Liège bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Norvegiyalik hamkasbi Ole Martin Årst bilan jamoadosh boʻldi.

Brussels[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Standard Liej“ safida atigi 17 ta o‘yin o‘tkazganidan so‘ng Brusselsga ijaraga berildi.

Lillestrom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riise 2005-yilning yozida Lillestrom bilan Norvegiyaga qaytib keldi va klub bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Lillestrom safidagi debyutini 3-iyul kuni Moldega qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Fulham[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riise 2009-yilda Fulhamda

2009-yil iyul oyida Norvegiya ommaviy axborot vositalari Riise 2 million funt sterling evaziga Fulhamga oʻtishini xabar qilishdi[5][6]. Ammo keyinchalik Riise nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi[7].

Sheffield Unitedga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi mavsumda yangi bosh murabbiy Mark Hughes qoʻl ostida asosiy jamoada oʻynash biroz qiyin boʻldi va 2011-yilning fevraliga kelib Sheffield Unitedga ijaraga oʻtishni afzal koʻrdi[8]. Ingliz futbolidagi birinchi golini „Leeds United“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[9].

Portsmouthga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riise 2011-yil 26-sentyabrda qisqa muddatli ijara asosida Portsmouthga qo‘shildi[10].

Lillestrømga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 28-iyulda Riise Lillestrom qaytdi[11].

Aalesundga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lillestrømda uch yil oʻtgach, faoliyatini boshlagan klub — Aalesund bilan shartnoma imzoladi.

Sogndal[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-avgust kuni Norvegiyaning Sogndal Fotball klubi bilan shartnoma imzoladi.

Riise 2018-yilgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riise Norvegiya terma jamoasi safida ilk bor 2008-yilgi Yevro-2008 saralashida Maltaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan, uchrashuvda Norvegiya terma jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. Riise Norvegiyadagi birinchi golini Bosniya va Gersegovinaga qarshi saralash oʻyinida kiritdi. Norvegiya 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riise sevgilisi Lena Jenssenga 2010-yilning yozida uylangan. Er-xotinning Noah, Filip va Levi ismli uchta o‘g‘li bor.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

10-noyabr, 2018-yil[13]
Mavsum Klub Diviziya Liga Kubok Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
2005 Lillestrøm Tippeligaen 13 0 3 0 16 0
2006 25 1 3 1 28 2
2007 24 3 7 1 31 4
2008 9 0 1 0 10 0
2009 15 6 2 0 17 6
2009—2010 Fulham Angliya Premyer-ligasi 12 0 4 0 16 0
2010—2011 3 0 0 0 3 0
2011—2012 0 0 0 0 0 0
2010—2011 Sheffield United The Championship 13 1 0 0 13 1
2011—2012 Portsmouth 2 0 0 0 2 0
2012 Lillestrøm Tippeligaen 11 2 0 0 11 2
2013 29 5 6 1 35 6
2014 27 0 1 0 28 0
2015 15 0 0 0 15 0
2015 Aalesund 13 0 0 0 13 0
2016 24 2 3 0 27 2
2017 Eliteserien 16 1 1 0 17 1
2018 OBOS-ligaen 4 0 1 0 5 0
2018 Sogndal 5 0 0 0 5 0
Jami faoliyati 268 21 31 3 299 24

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

T/r Sana Joy Raqib Natija Musobaqa Gol lar soni
1 2007-yil 17-oktyabr Koshevo stadioni, Sarayevo, Bosniya va Gersegovina  Bosniya va Gersegovina 2—0 UEFA Yevro-2008 saralashi 1

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bjørn Helge Semundseth Riise“ (no). Football Association of Norway. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Bjørn Helge Riise: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  3. „Bjørn Helge Semundseth Riise“ (no). Football Association of Norway. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  4. „Bjørn Helge Riise“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 13-avgust.
  5. Bjørn Helge Riise klar for Fulham VG.no (norvegcha)
  6. Fulham sign Bjørn Helge Riise (Wayback Machine saytida 2012-06-03 sanasida arxivlangan) Goal.com
  7. „Riise's brother makes Fulham move“. BBC Sport (2009-yil 22-iyul). Qaraldi: 2009-yil 22-iyul.
  8. „Blades sign Norwegian“. Sheffield United F.C. (2011-yil 15-fevral). 2011-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-fevral.
  9. „Leeds win was massive“. football.co.uk (2011-yil 22-mart). Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  10. „Portsmouth sign Fulham midfielder Bjorn Helge Riise on loan“. BBC (2011-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 26-sentyabr.
  11. Bjørn Helge Riise klar for LSK NRK.no (norvegcha)
  12. „Norway graft earns Sarajevo success“. uefa.com (2007-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 24-aprel.
  13. „Bjørn Helge Riise“ (no). altomfotball.no. TV 2. Qaraldi: 2013-yil 22-mart.
  14. McNulty, Phil. „Atletico Madrid 2–1 Fulham“. BBC Sport (2010-yil 12-may). Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.