Bernice Rubens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bernice Rubens
Fayl:Bernice Rubens.jpg
Tavallud sanasi (1923-07-26)26-iyul 1923-yil

Splott, Cardiff, Uels
Vafot sanasi 13-oktabr 2004-yil(2004-10-13) (81 yosh)
Faoliyat Yozuvchi
Til Ingliz tili
Boshlangʻich taʼlim Cardiff qizlar maktabi
Oliy taʼlim Cardiff Universiteti
Janr Roman
Mukofotlari Booker Prize
Turmush oʻrtogʻi Rudi Nassbauer

Bernica Rubens (1923-yil 26-iyul – 2004-yil 13-oktabr) — uelslik romannavis[1]. U 1970-yilda "The Elected Member" asari uchun Buker mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi ayol yozuvchi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bernice Ruth Reuben 1923-yil 26-iyulda Kardiffning Splott shahrida tugʻilgan. Toʻrt farzandning uchinchisi boʻlgan Bernice Eli Reuben va uning rafiqasi Dorothyning farzandi boʻlib, uning qizlik familyasi Cohen. Uning otasi litvalik yahudiy edi va 16 yoshida, 1900-yil Nyu-York shahrida yangi hayot boshlash umidida Yevropani tark etdi. Sohta chipta sotuvchi firibgarlarga aldanganligi uchun u hech qachon Qoʻshma Shtatlarga etib bormagan, uning safari Kardiffdan naryogʻiga oʻtmagan[1]. Shundan keyin u Uelsda qolishga qaror qiladi va u yerda Kardiffga koʻchib kelgan polshalik Dorothy Cohenni uchratadi va u bilan turmush quradi. Bernice oilada toʻrt farzandning biri boʻlgan va ularning oilasi musiqanavis oila boʻlgan. Uning ukalari Harold va Cyril taniqli klassik musiqachilar boʻlib yetishgan. Harold kasalligi tufayli musiqa bilan shugʻullanishni toʻxtatishga majbur boʻldi, ammo Cyril London simfonik orkestrida skripkachi sifatida faoliyat yuritgan[1]. Bernice keyinchalik violangel chalishni oʻrgansa ham, oilasining musiqiy anʼanalariga amal qilmadi. U Qizlar uchun Kardiff oʻrta maktabida va keyinchalik Kardiffdagi Uels universitetida ingliz tili boʻyicha tahsil olgan va 1947-yilda oʻsha yerda bakalavr diplomini olgan[2].

Bernice vino sotuvchisi Rudolf Nassauerga turmushga chiqdi, Rudolf shu bilan birga sheʼr va fantastik asarlar ham yozgan[1]. Ularning Rebecca va Sharon ismli ikki qizi bor edi. Rubens hujjatli filmlar va kino suratga olish bilan shugʻullanishdan oldin,1950-yildan 1955-yilgacha Birminghamdagi gimnaziyada dars berdi. 1960-yilda shoir Jon Silkin Londondagi uyining chordoq qismini va yertoʻlani Devid Merserga ijaraga bergan. Keyinchalik West End va telvideniya dramaturgi, tarixiy romanlar yozuvchi Malcolm Ross-Macdonaldga ijaraga bergan.

Yozuvchi sifatida professional faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubensning birinchi romani „Set On Edge“ 1960-yilda nashr etilgan. 1970-yilda u "The Elected Member" romani uchun Buker mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi ayol yozuvchi hisoblanadi (mukofot taʼsis etilganligining ikkinchi yili)[3]. 2021-yil holatiga koʻra, Rubens hamon Buker mukofotini qoʻlga kiritgan yagona uelslik muallifdir[4].

Moslashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning 1962-yilgi romani „Madame Sousatzka“ asosida 1988-yilda aktrisalar Shabana Azmi va Shirley MacLaine ishtirokida film suratga olingan. Ushbu kitob uning akasi Harold Rubens, bolalarning isteʼdodli pianinochisi va uning oʻqituvchisi Maria Levinskayaning tajribalariga asoslangan boʻlib, u Madam Sousatzka xarakterini ilhomlantirgan. Harold Rubens 1918-yilda Kardiffda tugʻilgan va yetti yoshidan Levinskaya bilan birga oʻqigan.

Uning 1975-yilda yozgan “I Sent a Letter To My Love” romani asosida 1980-yilda Moshe Mizraki tomonidan film (Chère inconnue) suratga olingan va film yulduzlari Simone Signoret va Jean Rochefort.

Uning 1985-yilda chop etilgan “Mr Wakefield's Crusade” romani asosida 1992-yilda BBC tomonidan film suratga olingan va bosh rollarniPeter Capaldi va Michael Maloney oʻynagan.

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Set on Edge (1960)
  • "Madame Sousatzka" (1962)
  • "Mate in Three" (1966)
  • „Chosen People“ (1969)
  • "The Elected Member" (1969) (Fantastik asar uchun Buker mukofoti 1970)
  • "Sunday Best" (1971)
  • "Go Tell the Lemming" (1973)
  • "I Sent a Letter To My Love" (1975)
  • "The Ponsonby Post" (1977)
  • "A Five-Year Sentence" (1978)
  • "Spring Sonata" (1979)
  • "Birds of Passage" (1981)
  • „Brothers“ (1983)
  • "Mr Wakefield's Crusade" (1985)
  • "Our Father" (1987)
  • „Kingdom Come“ (1990)
  • "A Solitary Grief" (1991)
  • „Mother Russia“ (1992)
  • "Autobiopsy" (1993)
  • "Hijack" (1993)
  • "Yesterday in the Back Lane" (1995)
  • "The Waiting Game" (1997)
  • "I, Dreyfus" (1999)
  • "Milwaukee" (2001)
  • "Nine Lives" (2002)
  • "The Sergeants' Tale" (2003)
  • "When I Grow Up" (2005)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Watts. „Bernice Rubens: Booker-winning novelist whose work focused on the more disturbing aspects of human behaviour“. Guardian.co.uk (14-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2012-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "obit" defined multiple times with different content
  2. Anderson. „Bernice Rubens“. Jwa.org. Qaraldi: 1-dekabr 2012-yil.
  3. James Kidd. „A Brief History of The Man Booker Prize | South China Morning Post“. Scmp.com (24-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 9-fevral 2014-yil.
  4. „Books | The Booker Prizes“ (en). thebookerprizes.com.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]