Benjamin Teidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Benjamin Teidi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Benjamin Opeyemi Teidi
Tavallud sanasi 5-may 1994-yil (1994-05-05) (29 yosh)
Tavallud joyi Lagos, Nigeria
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Batumi
Raqami 3
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012–2013 Gagra 29 (2)
2013–2014 Guria 9 (0)
2014–2015 Algeti 15 (2)
2014–2015 Imereti 15 (4)
2015–2018 Merani 81 (4)
2018 Liepaja 5 (0)
2019– Dinamo Batumi 130 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 3-dekabr uchun)

Benjamin Teidi (1994-yil 5-may, Lagos) – nigeriyalik professional futbolchi, Gruziyaning „Batumi Dinamo“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

U Batumi „Dinamo“ jamoasi bilan Gruziya oliy ligasi va Superkubogi gʻolibi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benjamin Teidi professional faoliyatini 18 yoshida Gruziya ikkinchi divizioni vakili Gagrada boshlagan. 2015-yilda Teidi Merani Martvili jamoasiga qoʻshildi va u yerda keyingi toʻrt mavsum davomida qoldi. 2016-yilning 22-noyabrida u Kutaisi „Torpedo“siga qarshi Gruziya kubogi finalida toʻliq 90 daqiqa oʻynagan[1].

2019-yil mavsum boshida Teidi Erovnuli Ligaga koʻtarilgan Dinamo Batumi bilan shartnoma imzolagan[2]. Keyingi toʻrt yil davomida tarkibda barqaror oʻyinchilardan biri boʻlgan Teidi „Dinamo“ klubining chempionlik unvonini qoʻlga kiritishiga katta hissa qoʻshdi[3], mamlakat kubogini koʻtardi va uch marta kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

2022-yilgi mavsumdan soʻng Tel-Avivning „Hapoel“ klubiga koʻchib oʻtishi kerak boʻlganida, Teidi „Dinamo“ muxlislariga hayrlashuv xati yozdi[4], garchi ikki oydan keyin u kutilmaganda klubga qaytdi[5].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 6 December 2023[6]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Batumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Erovnuli Liga gʻolibi (2): 2021, 2023
  • Erovnuli Liga 2-oʻrinchisi (3): 2019, 2020, 2022
  • Gruziya kubogi sohibi (1): 2023
  • Gruziya Superkubogi sohibi (1): 2022
  • Gruziya Superkubogi sohibi (1): 2023

Merani Martvili[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gruziya kubogi sohibi (1): 2016 yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]