Beauxbatons

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Potter kitoblarida tasvirlangan Beauxbâtons sehgarlik maktabining gerbi: „Har biri uchida uchta yulduz tasvirlangan oltin tayoqchalar“.

Beauxbatons Sehr akademiyasi (fransuzchadan tarjimasi – „chiroyli tayoqchalar“) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling tomonidan yaratilgan Harry Potter xayoliy olamidagi fransuz sehrgarlik maktabi.

Maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Harry Potter va Alanga kubogi"da, Beauxbatons talabalari Uch sehrgar turnirida ishtirok etish uchun Hogwartsga kelishadi. Ular qanotli Palomino otlari bogʻlangan aravada kelishgan[1]. Beauxbatons janubiy Fransiyadagi Pireney togʻlarida joylashgan, muz haykallari va oʻrmon nimflari bilan toʻla maktab-internat sifatida tasvirlangan[2]. Beauxbatonsda fransuz oʻquvchilari soni koʻp, ammo ispan, portugal, golland, lyuksemburg va belgiyalik talabalar ham bor[3]. Kitobdagi ushbu maktab delegatsiyasiga ushbu maktab direktori, yarim dev ayol Olympe Maxime boshchilik qiladi: tana oʻlchamlariga qaramay, u chiroyli va nafis ayol edi[1].

Oʻquvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beauxbatons oʻquvchilar Sharqiy Yevropadagi Durmstrang maktabining jiddiy va qoʻpol oʻquvchilarining aksi sifatida, asosan goʻzal uzun sochli qizlar va jozibali oʻgʻil bolalar sifatida tasvirlangan[1]. Shuningdek yana bir oʻrinda ikki maktabni solishtirishimiz mumkin:Beauxbatonlar aravasi yorqin rangli va chiroyli, Durmstrang talabalari kelayotgan kema umuman aksi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Flotmann 2014.
  2. Oziewicz 2010.
  3. „Pottermore - Beauxbatons Academy of Magic“. Qaraldi: 2016-yil 7-avgust. .