Bas Dost

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Bas Dost (niderlandcha: Bas Dost; 31-may, 1989-yil, Deventer, Gollandiya) — gollandiyalik futbolchi, „Utrext“ hujumchisi hisolanadi. U Gollandiya terma jamoasida ham faoliyat olib borgan[1].

Bas Dost Futbol
Umumiy ma'lumotlari
Tug`ilgan

31 maya 1989(1989-05-31) (33 goda)

  • Deventer, Overeyssel, Niderlandiya
Fuqaroligi
  • Niderlandi
Bo`yi

196 cm

Vazni

86 kg

Pozitsiyasi Hujumchi
Klub haqida ma'lumotlari
Klub

Flag Niderlandov Utrext

Raqam

28

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bas Dost Germanicus klubining bolalar jamoasida futbol o‘ynay boshladi. Bir necha mavsumdan soʻng u oʻsha paytda Gollandiya birinchi divizionida oʻynagan „Emmen“ akademiyasiga oʻtdi.

„Emmen“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dost akademiyada oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi va 2007-2008-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Emmen bilan professional shartnoma imzolagan. U mavsumni zaxira oʻyinchisi sifatida boshlagan boʻlsa-da, asta-sekin maydonga tez-tez kirib kela boshladi. Dost „Emmen“ uchun birinchi golini 2008-yilning 8-fevralida „Fortuna Sittard“ga qarshi Birinchi divizion o‘yinida kiritdi. Keyinchalik u „Vendam“ga qarshi mahalliy derbida ham xet-trik qayd etdi, „Emmen“ 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[2].

„Gerakl“ jamoasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning yozida Dost 300 000 yevro evaziga Gollandiya Premer-ligasining " Herakles " klubiga oʻtgan. 2009-2010-yilgi mavsumda u 34 oʻyinda 14 ta gol urgan va bu katta klublar eʼtiborini tortgan. Hujumchiga „Ayaks“ va „Tvente“ klublari qiziqish bildirishgan. Natijada, Dost oʻz agenti Srinjoy fon Chakravartining maslahati bilan „Xerenven“ga koʻchib oʻtdi.

„Herenven“ jamoasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dost klub bilan 2010-yil 18-mayda 3,1 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma imzolagan[3]. Hujumchi yangi jamoasidagi debyutini 7-avgust kuni PSV bilan oʻyinda oʻtkazgan va oʻyinda „Xerenven“ 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan. Ikki hafta oʻtgach, 21-avgust kuni u NAC darvozasiga ikkita gol urgan. 2010-2011- yilgi mavsum yakuniga koʻra, Doʻst 32 oʻyinda 13 ta gol urgan. 2011-2012-yilgi mavsumda u ADO Den Xaagga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan va 10-dekabr kuni „Excelsior“ga qarshi oʻyinda jamoasining barcha beshta golini urgan. Mavsum yakunida Dost 32 ta gol bilan Premer-divizionning eng yaxshi toʻpurari unvonini qoʻlga kiritgan

„Volfsburg“ jamoasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 1-iyunida Dost Germaniyaning „Volfsburg“ klubiga oʻtayotgani maʼlum boʻldi. Hujumchi 5 yillik shartnoma imzolagan[4].

„Utrext“ jamoasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning yozida u Gollandiyaning „Utrext“ klubiga oʻtib, klub bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagan[5].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Volfsburg“
  • Germaniya kubogi sohibi: 2014-2015
  • Germaniya Superkubogi sohibi: 2015-yil
„Sport“
  • Portugaliya kubogi gʻolibi: 2018-2019
  • Portugaliya Liga kubogi (2): 2017-2018, 2018-2019
„Bryugge“
  • Belgiya chempioni: 2020-2021
  • Belgiya Superkubogi sohibi: 2021-yil

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gollandiya oliy divizionidagi eng yaxshi toʻpurar: 2011-2012
  • Portugaliya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2016-2017

Ishlash statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubog Yevropa kubogi Boshqa Jami
O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol
Emmen 2007-2008 23 6 1 0 24 6
Jami 23 6 1 0 24 6
Xerakles 2008-2009 27 3 1 0 28 3
2009-2010 34 14 3 1 2 1 39 16
Jami 61 17 4 1 2 1 67 19
Xerenven 2010-2011 32 13 2 1 34 14
2011-2012 34 32 5 6 39 38
Jami 66 45 7 7 73 52
Volfsburg 2012-2013 28 8 5 4 33 12
2013-2014 13 4 2 1 15 5
2014-2015 21 16 6 2 9 2 36 20
2015-2016 22 8 2 1 6 1 1 0 31 10
2016-2017 1 0 1 1 2 1
Jami 85 36 16 9 15 3 1 0 117 48
Sporting

(Lissabon)
2016-2017 31 34 4 1 6 1 41 36
2017-2018 30 27 8 3 11 4 49 34
2018-2019 22 15 9 7 4 1 35 23
2019-2020 1 0 0 0 0 0 1 0 2 0
Jami 84 76 21 11 21 6 1 0 127 93
Ayntraxt

(Frankfurt)
2019-2020 24 8 2 2 4 0 30 10
2020-2021 12 4 1 1 13 5
Jami 36 12 3 3 4 0 43 15
Bryugge 2020-2021 19 9 1 1 2 0 22 10
2021-2022 26 12 5 2 3 0 1 0 35 14
Jami 45 21 6 3 5 0 1 0 57 24
Utrext 2022-2023 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0
Jami 400 213 58 34 45 9 5 1 508 257

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dost stopt als international.“ (nl). vi.nl. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
  2. „Voetbal International — Bas Dost“. 2009-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-fevral.
  3. „AD Eredivisie — Bas Dost naar sc Heerenveen“. 2010-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-fevral.
  4. „VfL Wolfsburg verpflichtet niederländischen Stürmer bis 2017“. 2014-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-iyun.
  5. „Stootkracht en ervaring: Bas Dost versterkt FC Utrecht.“ (nl). fcutrecht.nl. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.