Bariton-saksafon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bariton-saksafon
Turi

qamishdan yasalgan yogʻoch nafasli
Oʻxshash asboblar

Goboy, Klarnet

Bariton saksofonsaksafon oilasiga mansub bo‘lib, eng yirik musiqa asboblardan biri sanaladi. U kontrabas va subkontrabas saksafonlaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘pincha akademik musiqa, jazda, asosan marsh harbiy musiqasida qo‘llaniladi.

Bu musiqa asbobi 1846-yilda Adolf Saks tomonidan kashf qilingan.

Ovoz va sozlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bariton-saksofoni qalin, shovqinli tovushga ega. Uning diapazoni taxminan 2,5 oktava[1], sozlanishi - mi-bemol. Yuqori pardalarda cholg‘u siqilgan tovush chiqaradi, eng yuqori sifatli esa o‘rta va pastki pardalarda sodir bo‘ladi. Orkestr va ansambllarda, qoidaga ko‘ra, u bas qismlarini ijrosi uchun ishlatiladi, lekin bu musiqa cholg‘usi yakkaxon ijroga mo‘ljallangan, shu bois baʼzi saksofonchilar uni boshqa musiqa asboblaridan afzal ko‘rishadi[2].

Bariton saksafon bir necha qismlardan iborat:

  • rastrub;
  • ramka;
  • eska.

Og‘iz bo‘shlig‘i eskaga o‘rnatiladi, unga ligature yordamida tilcha biriktiriladi. Mazkur musiqa asbob odatiy tugmalardan tashqari, eng past notalarni chalish uchun biroz ochiladigan maxsus katta tugmalar ham mavjud[1]. Sirtida bosh barmog‘i va asbobning og‘irligini qo‘llab-quvvatlaydigan kamar halqasi mavjud.

Ijro etish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mumtoz musiqada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bariton-saksafon orkestr va saksafon kvartetidagi standart asbobdir.

Bariton-saksafonining qismlari qayd etilgan mashhur kompozisiyalar:

  • Richard Strauss - Uy simfoniyasi ;
  • Bela Bartok - „Yog‘och shahzoda" baleti;
  • Charlz Ives - 4-simfoniya;
  • Jorj Gershwin - Bluz uslubidagi Rapsodiya
  • Karlxaynts Stokxauzen - „Gruppen ;
  • Filipp Glass - Saksafon kvarteti va kamera orkestri uchun konsert.

Jazz musiqasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya armiyasi orkestridagi bariton saksofonchisi

Bariton-saksafon odatda jazda mashhur bo‘lib, u katta guruhning standart tarkibida mavjud (1940-yillarga qadar bas-saksafondan ham faol foydalanilgan). Bariton-saksafonini asosiy asbob sifatida ishlatgan jaz pionerlardan biri Dyuk Ellingtonning katta guruh aʼzosi Garri Kirni edi. Eng mashhur jaz bariton-saksofonchisi Gerri Mulligan bo‘lgan.

Mashhur bariton-saksofonchilar:

  • Jon Serman ;
  • Sesil Payn ;
  • Pepper Adams ;
  • Skott Robinson ;
  • Jeyms Karter ;
  • Sergey Xalov ;
  • Jo Temperli ;
  • Ronni Kuber .

Rossiyalik bariton-saksofonchilari orasida jaz kamera orkestrining yakkaxoni O.Lundstrem Roman Sekachev, Leningrad guruhidan Aleksey Kanev,Aleksandr Metlov va Yelena Filippovalar bor .

Nigeriyalik musiqachi Fela Kuti guruhida ikki bariton-saksafonchi ijro etadi.

Leo Pellegrino Too Many Zooz musiqiy guruhida bariton-saksafonida chaladi, bu o‘z uslubini "Brass house " (eksperimental jaz) deb nomlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Строение Баритон-саксофона“ (ru). nervmusic.ru. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-mart.
  2. „Виды саксофонов“ (ru). jazz.ru. 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]