Barion asimmetriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barion asimmetriyasi — olamning koʻzga koʻrinadigan qismida materiyaning antimateriyadan ustunlik qilishi. Ushbu faktni standart model bilan ham, umumiy nisbiylik nazariyasi bilan ham tushuntirishning imkoni yoʻq. Shu sababli ushbu hodisa kosmologiyadagi hal qilinmagan muammolardan biri hisoblanadi[1][2].

1967-yili A.D.Saxarov chop etgan maqolada barion asimmetriyasi mavjud boʻlishi uchun zarur boʻlgan bir qancha shartlar keltirilgan:

  • olam va antiolam oʻrtasidagi asimmetriya, buni ilmiy tilda C- va CP-simmetriyaning buzilishi deb ataladi;
  • barion zaryadi saqlanish qonunining buzilishi[3];
  • olam shakllanishining dastlabki bosqichlarida termodinamik muvozanatning buzilishi

Olam asimmetriyasining oʻlchovi sifatida quyidagi kattalik ishlatiladi:

bu yerda , va  — barionlar, antibarionlar va reliksion fotonlarning konsentratsiyalari. Ushbu fotonlarning konsentratsiyasi bizga maʼlum, yaʼni haroratga mos kelgan konsentratsiyasi . Barion zaryadi konsentratsiyasi galaktikadagi koʻrinadigan materiya massasi tufayli chegaralangan: . U holda, tartibida boʻladi. Olamning adiabatik kengayishida kattalik vaqtga kuchsiz bogʻliq.

Olam ko`zga ko`rinadigan qismining izometrik tasviri. Ushbu tasvir orqali yorug`lik nuri (qizil chiziq), qanday qilib 13 milliard yil ichida 28 milliard yorug`lik yiliga teng bo`lgan masofani (zarg`aldoq chiziq) bosib o`tishi mumkinligini ko`rish mumkin. (Matematik hisob kitoblar)

Barion asimmetriyasining vujudga kelishi mexanizmini quyidagicha tushuntirish mumkin. Buyuk birlashish nazariyasiga binoan, tabiatda leptokvarklar (X) — barion zaryadi saqlanmagan holda roʻy beradigan oʻzaro taʼsirda qatnashadigan zarralar mavjud. Vektor leptokvarklarning massasi , skalyar leptokvarklarning massalari esa tartibida boʻladi. C- va CP- invariantlikning buzilishi, shuningdek, leptokvarklarning parchalanishida barion zaryadining saqlanmasligi tufayli kvarklar (q) va leptonlar (l), antikvark () hamda antileptonlar () ga nisbatan koʻproq hosil boʻladi. Materiyaning zaryad simmetriyasiga ega qismi, koinot rivojlanishining keyingi bosqichlarida foton, neytrino va antineytrinoga parchalanib ketadi. Natijada faqatgina asimmetrik qism qoladi[4][3].


Tasavvur qilaylik, bitta leptokvark (X) bor boʻlsin. Ushbu leptokvark ikkita antikvarkka yoki kvark va leptonga parchalanishi mumkin. Ushbu zarralarning parsial kengliklari mos holda va boʻlsin. U holda X zarraning parchalanishida hosil boʻladigan barion zaryad quyidagiga teng boʻladi:

bu yerda - parchalanishning umumiy kengligi.

yoki sxema boʻyicha parchalanadigan antileptokvark uchun esa:

CPT — invariantlikka binoan, .

Biroq, C- va CP-invariantlikning saqlanmasligi tufayli, . Shu sababli, mikroskopik asimmetriya:

Makroskopik asimmetriya esa tartibida boʻladi.

bu yerda  — barcha zarralarning erkinlik darajalari,  — makroskopik faktor boʻlib, ushbu faktor leptokvarklarning parchalanishiga simmetrik plazmaning taʼsirini hisobga oladi.

Biz koʻrib chiqayotgan hol uchun:

bu yerda , (GeV — Plank massasi). da leptokvarklarning parchalanishi nosimmetrik boʻladi va shu sababli ortiqcha barion zaryadi keyingi davrgacha saqlanib qoladi. boʻlganda esa, parchalanish jarayonidagi termodinamik muvozanatning saqlanishi barion zaryadining kamayishiga olib keladi[5][6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Барионная асимметрия Вселенной — статья из Физической энциклопедии
  • Баріонна асиметрія Всесвіту // Астрономічний енциклопедичний словник / За загальною редакцією І. А. Климишина та А. О. Корсунь. — Львів, 2003. — С. 50. — ISBN 966-613-263-X. (укр.)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. А. Д. Сахаров. Нарушение СР-инвариантности, С-асимметрия и барионная асимметрия вселенной. Академия Наук СССР, 1967.  [1]
  2. „Where has all the antimatter gone?“. CERN/LHCb (2008). 2020-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  3. 3,0 3,1 Борис Штерн, Валерий Рубаков Астрофизика. Троицкий вариант. — М., АСТ, 2020. — с. 67-80
  4. „Сахаров и космология Валерий Рубаков, Борис Штерн «Троицкий вариант» № 10(79), 24 мая 2011 года Последующее развитие“. 2016-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-noyabr.
  5. Hooman Davoudiasl, David E. Morrissey, Kris Sigurdson, and Sean Tulin. Unified Origin for Baryonic Visible Matter and Antibaryonic Dark Matter(ingl.) // Phys. Rev. Lett.. — 2010. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  6. David Voss. The X factor(ingl.) // Physics. — 2010.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]