Barbara Hund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barbara Xund (1959-yil 10-oktyabrda Darmshtadtda tugʻilgan) Germaniyada tugʻilgan shveysariyalik ayol shaxmatchi, FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega. U Juliane va Gerhard Hundning qizi va Fridrix Hund va Ingeborg Seynchening nevarasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barbara Hunt 1959-yil 10-oktyabrda Germaniyaning Dashmart shahrida tugʻilgan.

U ayollar oʻrtasida Germaniyaning birinchi xalqaro grossmeysteriga aylandi (1982). Barbaraning asl mutaxassisligi matematik, lekin oilaviy shaxmatga boʻlgan qiziqish uni shaxmat grossmeyteri darajasigacha olib chiqdi. Barbara Hunt qizlar (1975 — 1978) va ayollar (1978, 1982) oʻrtasida Germaniya chempionatida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Germaniya terma jamoasi tarkibida u 6 ta olimpiadada (1978—1988), Shveysariya nufuzi uchun esa jami 7 ta (1992-1994, 2000-2008 ) shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan.

Barbara Hunt

Hund 2015-yilda
Mamlakat

Olmoniya bayrogʻi Germaniya

Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya
Tugʻilishi 10 October 1959 (1959-10-10) (yoshi 64)
Darmstadt, Germaniya
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2095 (dekabr 2021-yil)[1]
Yuqori reytingi 2370 (yanvar 1987-yil)[2]

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barbara Hunt 1993-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Shveysariya chempionatida gʻolib boʻldi.

U 32-shaxmat olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Gʻarbiy Germaniya ayollar jamoasi safida oʻynadi.

Barbara Hunt 1981 va 1984-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida mintaqalararo shaxmat oʻyinlari bosqichga chiqdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hundning oilasi shaxmat anʼanalariga sodiqligi bilan mashhur. Ular oilaviy shaxmat ustalari hisoblanadilar. Jumladan, otasi Gerxard (1932-yilda tugʻilgan) — xalqaro shaxmat ustasi; onasi Juliana (1928-yili tugʻilgan) — ayollar (1975) va erkaklar (1981) oʻrtasida FIDE xalqaro ustasi, shaxmat boʻyicha Germaniya chempionatlari gʻolibi (1964-1967, 1979-1982), ikkita shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi. Barbara Hundning opasi Izabel Hunt (1962-yil tugʻilgan) qizlar (1979, 1980) va ayollar (1980) oʻrtasida Germaniya chempioni, 9-Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi (1980) hisoblanadi.

  1. „Rating Progress Chart: Hund, Barbara“. FIDE.com. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  2. „FIDE rating history: Hund, Barbara“. OlimpBase.org. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.